34
Komplekslik.
Xizmatlarni taqdim etish turistlarning normal xayot kechirish uchun
qo‗shimcha xizmatlar (maishiy, aloqa, savdo va h.k.) olish imkonini ta‘minlash lozim.
Xizmat ko‗rsatuvchi xodimlarning ahloqi. Xizmat ko‗rsatuvchi xodimlar xulq
atvorning ahloqiy normalariga rioya qilish lozim. Iste‘molchiga xizmat ko‗rsatish
xodimning xushmuomila, do‗stona va kommunikabellik munosabatlari kafolatlanishi
lozim.
Qulaylik.
Turistik xizmatlar iste‘molchilar uchun yaratilgan qo‗lay sharoitlarda
taqdim etilishi lozim.
Estetiklik turistik tashkilotlar xududi, turistik maqsadlarda foydalaniladigan
ob‘ektlar, binolarning ko‗rkamligi dizaynining mukammalligi. Xizmat ko‗rsatuvchi
binolar intererining ko‗rkamligi, hamda xizmat ko‗rsatuvchi xodimning tashqi ko‗rinishi
va muomala madaniyati estetik talablarga javob berish lozim.
Erganomiklik xizmat ko‗rsatish davomiylik turistik va ekskursion marshrutlarning
murakkabligi, turistlarga taqdim etiladigan asbob-anjomlar, foydalaniladigan transport
vositalari, mebel va h.k. turistlarning fiziologik va psixologik imkoniyatlariga muvofiq
kelishi lozim. Xizmatlarni loyihalashda turistlarga xizmat ko‗rsatish sifatini nazorat qilish
usullarini inobatga olish lozim.
Sifat nazoratini loyihalash o‘z ichiga
:
xizmatlar tavsifining xatolarini tuzatish usullarini aniqlash,
nazorat qilinayotgan tavsiflarni baholash usullarini aniqlash,
nazorat usullari: vizual (marshrutlar va ob‘ektlarni ko‗zdan kechirish); analitik
(hujjatlar tahlili); ijtimoiy (turistlar so‗rovi) va h.k.
Xizmatni loyihalashning yakunlovchi bosqichi bo‗lib, loyihani tahlil qilish va
buning natijasida xatolarni topish va bartaraf etish hisoblanadi.
Turistlarga xizmat ko‗rsatish jarayoni va loyihalangan turistik xizmatlar hujjatlarini
turistik tashkilot rahbari buyurtmachi bilan kelishgan holda tasdiqlaydi. Loyihada
o‗zgarishlar faqat buyurtmachi bilan kelishilgan holda va faqat asoslangan hollardagina
tur tashkilot rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
Dostları ilə paylaş: