Buyuk geografik kashfiyotlar
davridagi marshrutlarga 1490-1504 yillardagi
Xristofor Kolumb, Amerigo Vespuchchi, Vasko da Gama, Jeyms Kuk, David
Livingiston, Afanasiy Nikitiy, D.Tasman, Mikluxo Maklay, D.Dikson va boshqa
sayyohlar ochgan marshrutlar kiradi.
Yangi zamonaviy marshrutlar
Yevropada va Amerikada dastlabki avtomobillar,
poyezdlar va samolyotlar, bug‗ bilan suzadigan kemalar ixtiro qilingan 17-18 asrlar
to‗g‗ri keladi.
O„zgartirilgan marshrutlarni
inson o‗zi uchun qulaylik, sharoit yaratadigan
geografik relf shakllari o‗zgarganidan keyin o‗zgartiradi. Albatta, yangi yo‗l oldingisiga
(eskisiga) qaraganda o‗zining xavfsizligi, qulayligi, harakatlar uchun ko‗plab sharoitlar,
imkoniyatlar mavjudligi bilan ajralib turadi.
O‗zgartirilgan marshrutlar ko‗pincha davlatlar o‗rtasidagi siyosiy, iqtisodiy
me‘yorlarning buzilishidan kelib chiqadi. Xudi shuningdek, davlat ichidagi marshrutlar
yangi shaharlar qurilishi, boy tabiiy mineral resurslarning ochilishi bilan bog‗liq bo‗ladi.
Sanoat ob‘ektlarining markazlashuvi, arxeologik topilmalar va tabiat qo‗riqxonalarining
tashkil qilinishi ham ko‗pincha yangi marshrutlarning kelib chiqishiga sabab bo‗ladi.
O„zgarmaydigan marshrutlar
– barcha yo‗llar Rimga olib boradi shiorida
bo‗ladi va asosan dunyoning qadimiy – tarixiy obidalari, diniy rahnomalar dafn etilgan
joylar, tabiatning noyob haykallari joylashgan manzillar bilan bog‗liq bo‗ladi.
Masalan, Misrdagi piramidalar, Xitoy, Hindiston, Tailanddagi qadimiy, toshdan
qurilgan ibodatxonalar, Makka, Madina, Quddus, Buxoro, Samarqand, Xiva, Vatikan
kabi shaharlarga, tabiat haykallari, Niagara sharsharasiga, g‗orlar, buloqlar, tog‗larga
boriladigan marshrutlar o‗zgarmaydi. Shaharlar, davlatlar o‗rtasidagi temir yo‗l, havo
yo‗li, avtomobil yo‗llari marshrutlari ham deyarli o‗zgarmaydi. «Buyuk Xitoy devori»
bo‗ylab o‗tgan marshrut ham bu devor to yo‗qolib ketguncha harakatda bo‗ladi,
o‗zgarmaydi.
Dostları ilə paylaş: |