O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi urganch davlat universiteti «turizm» kafedrasi bekjanov d


Turoperatorlar sotish byurolarining asosiy ishlab chiqarish vazifalari



Yüklə 5,08 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə84/123
tarix14.12.2023
ölçüsü5,08 Kb.
#177539
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   123
turizm operatorlik xizmatini tashkillashtirishning asoslari

Turoperatorlar sotish byurolarining asosiy ishlab chiqarish vazifalari: 

axborot-ma‘lumot stendlari, og‗zaki xabarlar, yozma ma‘lumotlar yordamida 
tashrif buyuruvchilarga ma‘lumot yetkazish; 

xorijga turistik sayohatlar bilan bog‗liq boshqa istalgan malumotlarni berish; 

tashrif buyuruvchilardan turni bron qilish talabnomalarini firma tomonidan 
o‗rnatilgan shaklda qabul qilish; 

bron qilish uchun talabnoma bergan tashrif buyuruvchilardan xorijiy vizalarini 
rasmiylashtirish uchun pasportlarni qabul qilish, ularning amal qilish muddatlarini 
tekshirish; 

mijozlarni turni sotib olish va sotish shartlari, shuningdek, «Xorijga turistik 
safarlar umumiy shartlari» bilan tanishtirish; 

belgilangan muddatlarda mijozdan turning avans yoki to‗liq qiymati 
to‗lovini qabul qilish; 

turistik safar mobaynida uning sug‗urtasi masalasini kelishib olish; 

mijozga xorij vizasi qo‗yilgan pasport va zarur turistik hujjatlarni 
berish, unga safar xususiyatlari haqidagi eslatma berilgan holda sayohat tafsilotlari 
haqida xabardor qilish; 

sotilgan turda bo‗lishi mumkin bo‗lgan o‗zgarishlar to‗g‗risida mijozga 
tezda yetkazilishi va shu masalani u bilan kelishib olish lozim; 

mijoz tomonidan bo‗ladigan o‗zgarishlar haqidagi arizasini qabul qilish 
va tegishli chora-tadbirlarni qabul qilish; 

turistlar uchun, ularning talabnomalari asosida, qo‗shimcha haq to‗lash 
evaziga avtotransport buyurtma berish; 


106 

boshqa shaharlik turistlar uchun xorij chiqish punktida mehmonxona 
bron qilishda yordam ko‗rsatish; 

mijozlardan shikoyatlar qabul qilish. 
Kontragentlik tarmog„i.
Turoperatorlarning xorijga turistik yo‗llanmalarni 
sotishda vositachilardan (subagentlardan) foydalanish mijozlarni jalb qilishning eng 
tarqalgan va samarali usullari hisoblanadi. Turoperator va turagent hamkorligi ikkala 
tomonga ham sezilarli foyda keltiradi. Quyidagilar turoperatorga keng va tarmoqli 
turagentlik tizimiga ega bo‗lishni ta‘minlaydi: 

turistik safarlar sotish hajmini ko‗paytirish; 

yangi bozorlarga, shu jumladan, chiqish turizmining mahalliy bozorlariga 
chiqish; 

personal ta‘minaminlash uchun, binolarni ijaraga olish va ularni jihozlash uchun 
qilinadigan harajatlarni kamaytirish. 
Faol harakat qilayotgan turagent - turoperator agentligining tarmoq mohiyatidir. 
Turagentning asosiy sifatlari ishonchlilik va haqqoniylik, sotishning turli samarali 
shakllaridan foydalana olish, kirishimlilik, personallarning kommunikabelliligi va 
xodimlarning yoqimliligi hisoblanadi. Turoperatorlar o‗z turagentliklari bilan doimo ish 
olib borishlari kerak -turistik safarlar sharoitlarini o‗rganish, moliyaviy ishlarni olib 
borish, bitimlar tuzishning huquqiy asoslarini o‗rganish, sug‗urta qilish bo‗yicha o‗quv 
seminarlarini olib borishlari lozim. Ko‗pgina turoperatorlar mavsum boshida yoki oxirida 
o‗z agentlari uchun reklama qilinayotgan turlar yo‗nalishlari bo‗yicha RAM-turlar deb 
ataladigan tanishtiruv safarlarini o‗z hisobidan tashkil qiladilar. 
Turoperatorning turagent bilan hamkorligi, albatta, agentlik bitimi shakliga ega 
bo‗lgan shartnoma bilan rasmiylashtiriladi. Unda quyidagi asosiy shartlar kelishib 
olinadi: 

agent o‗z zimmasiga oladigan sotish hajmi. Ko‗p hollarda agent mijozlardan 
talabnomalar tushganda va bo‗sh joylar mavjud bo‗lganda turoperator katalogi 
bo‗yicha turlarni joriy bron qilish va sotish huquqini oladi. Ba‘zida kelishilgan 
shartlar asosida agent zimmasiga oladigan sotish joylarining qat‘iy kvotasi 
belgilanishi mumkin; 

turning turoperator reklama qilayotgan narxidan yuqori bo‗lmasligi lozim 
bo‗lgan narx; 

turoperator va turagent orasidagi hisob-kitoblar tartibi va muddatlari; 

turagentning komission mukofoti miqdori. Komissionlarni olish tartibi. U har bir 
sotilgan tur uchun kelishilgan foiz yoki belgilangan summa ko‗rinishida 
belgilanishi mumkin. Odatda, turagent faolligini rag‗batlantirish maqsadida 
rejadagidan oshiqcha sotilgan turlar uchun bonus yoki komission ajratmalar 
foizlarining oshishi ko‗rinishiga ega bo‗lgan mukofot to‗lovlarini joriy qilishi 
mumkin. Ko‗pincha, turoperatorlar o‗z turagentlarini o‗z turlaridan biriga bepul 
turistik yo‗llanma bilan ham rag‗batlantiradilar; 

mijozlar talabnomalarini rasmiylashtirish shakli, tartibi va sotib olingan turlar 
bo‗yicha to‗lovlarni amalga oshirish; 

sotiladigan turlar reklamasida turagent va turoperator qatnashishining xossalari; 

oldindan to‗lov amalga oshirilgan turning mijoz tomonidan rad etilishida bekor 
qilish, yo‗nalishni o‗zgartirish tartibi, o‗z vaqtida qilinmagan annulyatsiya uchun 
sanksiyalar harakteri; 


107 

agentlik bitimida turoperator va turagentning bir-biri oldida va mijoz oldidagi 
javobgarliklari masalalari muhim ahamiyatga ega. Masalan, turoperator 
yo‗nalish, dasturlar, xizmat ko‗rsatish shartlariga rioya qilinishi uchun, Initsiativ 
turoperator esa tashuvlar va xorijiy vizalarni rasmiylashtirish uchun javob 
beradilar. Turagent turistik safarlar sharoitlari to‗g‗risida mijozlarga to‗liq va 
to‗g‗ri ma‘lumot yetkazilishi, ular uchun joylarning to‗g‗ri va o‗z vaqtida bron 
qilinishi, tur bo‗yicha to‗lovlarning to‗liq amalga oshirilishi, shuningdek, tur 
annulyatsiyasi yoki uni o‗zgartirish shartlariga rioya qilinishi uchun 
javobgarlikni o‗z zimmasiga oladi. 
Ko‗p hollarda joriy bron qilish shartlari asosida turagent turoperator tomonidan 
rejalashtirilgan turlarning sotilishi uchun hech qanday tijoriy majburiyatlarni o‗z 
zimmasiga olmaydi. Bu holda barcha xavf turoperator zimmasida bo‗ladi. Agar majburiy 
sotishlar kvotasi joriy etilmagan bo‗lsa, turagent faolligi faqat uning o‗zining moddiy 
manfaatdorligi bilan taqiqlanadi (qancha ko‗p tur sotsa, shuncha ko‗p foyda oladi). 
Turagentlar uchun qo‗shimcha rag‗batlantirish bo‗lib, ko‗p hollarda komissionlarning 
o‗sib borish shartlari xizmat qiladi. Masalan, turagent birinchi sotilgan 10 ta yo‗llanma 
uchun 5% miqdorida komissionga ega bo‗lsa, keyingi sotilgan 20 ta yo‗llanma uchun 
komission miqdori 7% ga oshadi. Agar 30 ta yo‗llanma sotilgan bo‗lsa, keyingi har bir 
sotilgan tur uchun komissiya miqdori tur qiymatining 10% ni tashkil etadi. 
Agentlik bitimini imzolashdan oldin uning qatnashchilari o‗z hamkorlarining 
ishonchliligiga ishonch hosil qilishlari uchun, ularni o‗rganishlari kerak. Amaliyot shuni 
ko‗rsatadiki, turagent, o‗z subagentlaridan yoki bevosita mijozlarning o‗zidan pulni 
yig‗ib olib, g‗oyib bo‗lishi mumkin bo‗lgan "soxta" turoperatorga uchrab qolishi 
mumkin. Yoki aksincha, turagent turoperatorning yuqori imidjidan foydalanib, o‗z 
mijozlaridan pulni yig‗ib oladilar va g‗oyib bo‗ladilar va shu bilan birga ularni 
turoperator bilan o‗zlari muhokama qilib olishlariga majbur qiladilar. 
Shunday hollarni oldini olish maqsadida agentlik bitimining har bir qatnashchisi 
zarur chora-tadbirlar qabul qilishi lozim. Hamkor turistik korxonaning mazkur faoliyat 
bilan shug‗ullanish uchun litsenziyasining mavjudligini tekshirish zarur. Shuningdek, 
tijorat xavfi sug‗urtasi masalasini ham kun tartibiga qo‗yish mumkin. Shartnomaning 
aniq shartlarini va sug‗urtasining ushbu ko‗rinishi bo‗yicha sug‗urta qoplamasi summasi 
individual holda kelishiladi, chunki bu firma ishlaydigan mamlakat, sotishlar hajmi kabi 
omillarga bog‗liq bo‗lishi mumkin. Har qanday holda ham professional mas‘uliyatlarni 
sug‗urta qilish nafaqat firmaning o‗ziga foydali, balki turfirma ishonchliligining yana bir 
dalili bo‗lib xizmat qiladi. 
Xalqaro va mamlakatimiz qonunchiligi jiddiy ravishda turoperator va turagentning 
iste‘molchilar oldidagi majburiyatlari uchun kafolat beradilar va tartibga solib turadilar. 
Turoperator va turagentlarni sertifikatsiyalashning yangi shartlari nomlari keltirilgan 
tashkilotlarning turistlar oldidagi majburiyatlari va javobgarliklarining aniq ajratilishini 
nazarda tutadi. 
Turmahsulotning vositachi tashkilotlar orqali sotish tizimi sotish kanallari deb 
ataladi. 
Ba‘zi bunday firmalar nisbatan kichik turoperatorlar tomonidan yaratilgan va 
sotish uchun taklif etilgan inklyuziv va pekidj turlarni sotishga maxsuslashgan bo‗ladilar. 
Odatda ulgurji-turoperatorlar kichik dilerlardan tashkil topgan o‗z tarmoqlarini 
shakllantiradilar. Turlarni sotish bo‗yicha kichik mahalliy agentliklar qancha ko‗p bo‗lsa, 
potensial turistga tur haqida ma‘lumot yetkazish va turmahsulotning samarali sotilishini 


108 
tashkil qilish imkoniyatlari shunchalik ko‗p bo‗ladi. Xalqaro statistika ma‘lumotlariga 
ko‗ra, turmahsulotlarning 80% dan ortig‗ini aynan kichik agentliklar sotadilar 
Harakteri bo‗yicha turistik firmalar 

Yüklə 5,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   123




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin