Patologik anatomiyasi.
O‘tkir serozli pielonefritda buyrak to‘q qizil rangda,
kattalashgandi, taranglashgandi, buyrak yonidagi yog‘ to‘qimasi shishgan bo‘ladi.
Mikroskopik ko‘rinishi buyrakning miya qavati oraliq to‘qimasida asosan qon
tomirlar bo‘ylab joylashgan leykotsitlar, plazmotsitlar va ko‘p yadroli
hujayralardan tashkil topgan ko‘p yallig‘lanish infiltratlaridan vujudga keladi.
Infiltratlar kanalchalarga yaqin joylashib, ularning epiteliylari yupqalashgan,
bo‘shlig‘i esa fibrin ivindisi, leykotsitlar, eritrotsitlar, hujayralar bo‘lakchalari
(fragmenti) bilan to‘lgan bo‘ladi. Kalavalarga zararlanish simptomlari keyinroq
(yiringlash jarayoni rivojlanganda) qo‘shiladi. O‘tkir pielonefrit serozli
yallig‘lanishdan yiringliga o‘tganda yallig‘lanish infiltratlaridan yiringchalar
vujudga kelib, mayda ko‘p abssesslar nafaqat buyrakning miya moddasida hosil
bo‘ladi, balki uning po‘stloq moddasida apostematoz pielonefrit ham rivojlanadi.
Buyrakning
po‘stloq qavatidan piramidalardagi so‘rg‘ichlargacha
yallig‘lanish infiltratlari kulrang–sarg‘ish yo‘llarga o‘xshab tarqaladi, ba’zan bunda
nekroz va buyrak so‘rg‘ichlarining tortilishi kuzatiladi. Buyrak to‘qimasini
mikroskopik tekshirganda oraliq to‘qimalarda, buyrak kanalchalarida hamda
kalavalarda leykotsitlar infiltratsiyasi topiladi, bu joylarga bakteriyalar florasi va
yiring perivaskulyar mayda abssesslar ochilganda – ikkilamchi bo‘lib tushadi.
Buyrakning po‘stloq qavatida mayda yiringchalar paydo qilganda yoki katta
qon tomiri septik embol bilan berkilib qolganda buyrak karbunkuli rivojlanib,
uning yuzasidan bo‘rtib chiqadi va miya qavatigacha ichkariga tarqaladi.
YAllig‘lanish o‘choqlari bitganda ularning fibroz to‘qima bilan almashishi sodir
bo‘lib, bular buyrak yuzasida tortilgan chandiqlar hosil bo‘lishiga olib keladi (6.1
– rasm), undan parda qiyinlik bilan olinadi. Buyrak to‘qimasi kesilganda xilma–
xil ko‘rinishga ega bo‘ladi.
6.1–rasm. YAllig‘lanish o‘choqida fibroz to‘qimaning rivojlanishi natijasida buyrak
yuzasidagi paydo bo‘lgan chandiqli tortishmalar.
|