88
chaman gullaydi. Keling, bugungi mashg‘ulotda, xuddi shunday gullagan
daraxtlarning novdasini biz ham tayyorlashni o‘rganamiz. Biz sizlar bilan gullagan
shaftoli novdasini yasaymiz. Kerakli ashyolar oldingizdagi stolga qo‘yilgan.
Novdani oldimizga qo‘yib, pushti rangdagi g‘ijim qog‘ozdan kvadrat shaklini
qirqib olamiz.
Uni ikkiga, so‘ng to‘rtga buklaymiz, natijada kichik kvadratchalar
hosil bo‘ladi. Buklangan kvadratchaning
bir uchini ushlab turib, ochiq uchlarini
qaychi bilan yarim doira tarzida qirqib olamiz, buklangan kog‘ozni ochamiz.
O‘rtasiga barmog‘imizni qo‘yib tursak gul bargining cheti qayrilib qoladi. Chuqur
joyining orqasiga ozgina yelim surtiladi. So‘ngra novdaga yelimlanadi.
Gullarni
yelimlashdan oldin tarbiyachi bolalarga shaftoli guli novdada qanday
joylashganligini eslatib, tabiiy holiga o‘xshatib, ketma-ket yelimlash kerakligi
uqtiriladi. Gul yaprog‘ini qirqa olmagan bolalarga
yakka holda yordam
ko‘rsatiladi. Mashg‘ulot davomida bolalarning yaxshi ishlari rag‘batlantirilib
boriladi.
Tayyor novdalarni solib qo‘yish uchun xar bir stolga, bolalarning o‘zlari
yasagan guldonlar qo‘yib chiqiladi. Bolalar gullagan novdani guldonlarga solib
qo‘yadilar.
Tarbiyachi: bolalar‚ qarang, siz yasagan
gullab turgan shaftoli
novdachalaringiz xonamizni yana ham chiroyli qilib yubordi.
Bolalarni o‘z ishlari natijasidan zavqlanishga o‘rgatib boriladi. Shu tariqa
mashg‘ulot yakunlanadi.
Dostları ilə paylaş: