Xasanova Sh. T bolalarni sahnalashtirish va ijodiy faoliyatga o’rgatish



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə56/92
tarix14.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#177824
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   92
Болаларни саҳналаштириш ва ижодий фаолиятга ўргатиш ўқув қўлланма

 
 
 
 
 
 
 
Qum va alebastrdan applikatsiya. 
Qum elab olinadi, ozgina bint yoki 
marli, ta’svir yoki ertak asosida, tabiat manzarasi, PVA yelimi, qora kopirovka, 
kalka qog‘oz, qora flamaster, akvarel’ buyog‘i yoki guash, mo‘y qalam qora 
qalam, eski gazeta kerak bo‘ladi.
 
Bajarish yo‘li. 
Tabiat manzarasi yoki ertak asosidagi tasvir oq qog‘ozga 
kalka yordamida tushirib olinadi. Uning ustidan flamasterda tasvir tarhi chiziladi.
So‘ngra tushirib olingan tasvirga PVA yelimi surtiladi, doka yoki elakda elangan 
qum tezda tasvir ustiga sepiladi. Qurigach bo‘yash ishi boshlanadi. Birinchi rang 
qurib bo‘lgach, ikkinchisiga o‘tiladi, quritib uchinchi ranga o‘tiladi. Shu tariqa 
bo‘yash ishi tugatiladi. Qumdan bajarilgan ish rangsiz lakda laklanmaydi.
 


131 
Quyidagi tavsiya qilinayotgan applikatsiya ishlarini bajarish murakkab emas. 
Ularni yasash uchun ijodkorlik qobiliyati, mahorat va ehtiyotkorlik talab qilinadi. 
Hususan qum va alebastr orqali bajariladigan applikatsiya ishini bajarish uchun 
elangan qum va alebastr‚ ikki qavatli doka, ertak asosidagi rangli kitobcha, kalka 
qog‘oz, PVA yelimi, qora flomaster, qora qalam, akvarel bo‘yoq, bostirib olish 
uchun eski gazeta kerak bo‘ladi. Avvalo‚ qum yoki alebasterni elakchada elab 
olinadi. Ular yirik tosh va boshqa narsalardan xoli bo‘lishi kerak. So‘ngra ertak 
qahramonlari tasvirlari tanlab olinadi. Tanlangan tasvirni kalka, ya’ni xitoy qog‘ozi 
orqali qora qalam yordamida tushirib oling. Oq qog‘ozga yoki rangli fonga 
tushirib, ustidan qora flomaster yordamida yurgizib chiqiladi. Unga PVA yelimini 
tasvir ustiga chiqarib yubormay, tezlikda surtib chiqish kerak. Yelim surtilmay 
qolgan joyi qolmasin. Chunki alebastr yoki qum sepilganda yopishmay qolishi 
mumkin. Elangan qum yoki alebastrni ikki qavatli dokaga ikki qoshiqcha solib 
yelim surtilgan tasvir ustiga sepiladi. Bu ishni bajarib bo‘lgach, qum yoki 
alebastrning ustini eski gazeta bilan bostirib olinadi. So‘ng gazetani olib, tasvirni 
sekin ko‘tarib qumli idishga silkitiladi. Yopishgan qum tasvir ustida qoladi, 
yopishmagani idishgan tushadi. So‘ngra ikki soat quritish uchun vaqt kerak 
bo‘ladi. Qum yoki alebastr yaxshilab qurigach, bo‘yash ishlari bajariladi. Bo‘yosh 
uchun akvarel bo‘yog‘i yoki guash kerak bo‘ladi. Bitta rangni bo‘yab bo‘lgach, 
quritib turib ikkinchi rangga o‘tiladi. Chunki quritmay ketma-ket davom ettirilsa
chaplanib ketishi mumkin. Qum va alebasterda bajarilgan ishlar rangsiz lakda 
laklanmaydi. Quyida qum va alebasterdan bajarilgan applikatsiya ishi berilgan: 


132 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin