Xasanova Sh. T bolalarni sahnalashtirish va ijodiy faoliyatga o’rgatish



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə71/92
tarix14.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#177824
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   92
Болаларни саҳналаштириш ва ижодий фаолиятга ўргатиш ўқув қўлланма

Gilam to‘qish jarayoni. 
Gilam to‘qish uchun bizga turli rangdagi jun 
ip, ilgak, doka surp, yoki bo‘z mato kerak bo‘ladi. Ishni ipni tayyorlab olishdan 
boshlaymiz. Buning uchun ipni 6 santimetrli qilib taxlab klyonkaga o‘raymiz. 
O‘raganda ikki uchi ochiq qoladi. Klyonka cheti yelimlanib qo‘yiladi. Xar- xil 
iplardan shunday o‘ramlar tayyorlanib olinadi. Endi gilam uchun tasvir 
tanlang.Tasvir katak qog‘ozga chiziladi, chunki to‘qishda kataklarni oson sanash 
mumkin. Masalan «Ot» tasviri olindi. Tasvirdagi rangiga qarab ip olasiz. Ipni 
ikkiga buklab olib uni tasvirni shu joyidagi katakka qo‘yasiz ilgakni o‘tkazib, 
chiqarib bormasdan unga boyagi ipni ilasiz va sekin tortasiz, yarmi o‘tgandan 
so‘ng to‘xtatib. ipni uch tomonini berk tomonini ichiga kirgazasiz va tortasiz ip 
ilgaksimon bo‘lib qoladi va 3santimetrli patli gilam bo‘lib to‘qiladi. Ipni ikki 


161 
buklashda bir xillikka e’tibor bering, har–xil bo‘lib qolsa gilamni ustki qismi tekis
bo‘lmay qoladi. 
 
 
Dastgohda to‘qish. 
Dastgoxda gilam to‘qish 
uchun bizga jun ip, taroq, kichik qaychi kerak bo‘ladi. 
Ishni dastgox tayyorlashdan boshlaymiz. 
Dastgoxni eni, uzunligi ixtiyoriy sizga qanday 
kattalikda gilam kerak bo‘lsa shunday dastgox 
tayyorlaysiz. 
Tasvirda 
dastgoxning 
ko‘rinishi 
berilgan. Dastgoxning ikki tomoniga ip tortilib rangli 
iplar shu iplar orasidan tasvirga mos qilib o‘tkaziladi. 
Gilamni ikki uch tomonini ilgakda avvalgi gilam 
to‘qish singari to‘qib qo‘yiladi.
 
Qaychi yordamida gilam usti tekislanadi. Taroqdan esa 
asos ipidan rangli ip o‘tayotganda zichlashtirish uchun foydalanib borasiz. 
Gazlama ip va boshqa noto‘qima materiallarni qayta ishlash.
Paxta xalq ho‘jaligi va sanoat uchun qimmat baho hom ashyodir. Paxtadan 
gazlama, ip, arqon, baliq tutish uchun to‘r, bolalar o‘yinchoqlari va odamlar uchun 
kerakli boshqa juda ko‘p narsalar tayyorlanadi. Paxta chigitidan paxta yog‘i, 
kunjara, o‘g‘it va boshqalar olinadi. Paxtadan tayyorlanadigan gazlamalarning 
quydagi hillari bor: satin - qalin gazlama, o‘ng tomoni silliq bir oz yaltiraydi, 
teskari tomoni yaltiramaydi chit satinga qaraganda bir oz iplari ingichkaroq va 


162 
yumshoq. Doka chitga qaraganda yumshoqroq va yirik to‘qilgan, doka yorug‘lik 
o‘tkazadi, chit yesa o‘tkazmaydi. Sintetik gazlamadan olingan gazlamalar: shoyi, 
krep, trikotaj, villur va hokazo. Jundan olinadigan gazlamalar, jun, drap. Ipakdan, 
atlas, shoyi, adras, beqasam. Noto‘qima gazlamalar: bo‘z, brezent, kanop, drap. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin