Болаларни саҳналаштириш ва ижодий фаолиятга ўргатиш ўқув қўлланма
Gazlama ustida applikatsiya. Gazlamadan va qog‘ozdan qilingan
applikatsiya ishlari bir biridan farq qiladi.
Gazlama parchalarini fon xizmatini
o‘tovchi materialarga tikib naqsh yaratilgan. Gazlamadan yasalgan applikatsiya
bilan kiyim bosh, uy-ro‘zg‘or predmetlarni bezatilgan. Gazlamadan applikatsiya
bir necha xil usulda bajariladi: gazlamaga ishlanadigan applikatsiyani cheti qo‘lda
halqa choki orqali tikiladi‚ applikatsiya qilinadigan gazlama orasiga selofan qo‘yib
dazmollanadi‚ gazlamani cheti mashinada zig-zag qilinadi. Quyida gazlamada
ishlangan applikatsiya ishlari berilgan:
Qo‘l choklari bilan tanishish va shu bilan bir vaqtda tikishga tayyorlanish
tayyorgarlik davri hisoblanadi.
Qo‘g‘irchoklar uchun ko‘rpa-to‘shak va ularga jildlar tikish. Maktabgacha ta’lim muassasalarida gazlama, mato bilan ishlash keng qo‘llaniladi.
Bolalar
sevib
o‘ynaydigan «qo‘g‘irchoqni uxlatamiz», «qo‘g‘irchoqni
kiyintiramiz» kabi mashg‘ulotlar uchun kerak bo‘ladigan qo‘llanmalarni
tarbiyachilar o‘z qo‘llari bilan tikadilar buning uchun qo‘g‘irchoq karovatining
o‘lchami olinadi va shunga mos qilib ko‘rpa to‘shak bichiladi.
-to‘shak bo‘yi – 46sm‚ eni – 26sm;
-yostik bo‘yi – 18sm‚ eni – 16sm;
-ko‘rpa bo‘yi – 50sm‚ eni – 45sm;
Ko‘rpa‚ yostiq jiltlari shu o‘lchamga mos qilib bichiladi va tikiladi. Ko‘rpa
to‘shak uchun chit, satin, atlas kabi gazlamala ishlatiladi, ular mashinada tikiladi
va ichiga paxta solinib qavib chiqiladi. Jiltlar esa oq surp, chitdan bichiladi va
chetlariga lentalar qo‘yib tikiladi.
163
-ko‘rpa jilti bo‘yi – 51sm‚ eni – 45sm;
-choyshab bo‘yi – 50sm‚ eni – 45sm;
-yostik jilti bo‘yi – 19sm‚ eni – 17sm o‘lchamga bo‘linadi.