O‘zbekiston respublikasi hududini o‘simliklar karantinidagi zararli organizmlardan himoya qilish va o‘simliklar karantini sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tish tartibi to‘G‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida


-bob. Arizani ko‘rib chiqish va karantin ruxsatnomasini berish yoki karantin ruxsatnomasini



Yüklə 0,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/63
tarix14.12.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#177868
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   63
65-сон 29.01.2018. pdf

3-bob. Arizani ko‘rib chiqish va karantin ruxsatnomasini berish yoki karantin ruxsatnomasini
berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilish
Oldingi
 tahrirga qarang.


19.02.2022, 13:11
65-сон 29.01.2018. O‘zbekiston Respublikasi hududini o‘simliklar karantinidagi zararli organizmlardan himoya qilish va O‘simliklar karantini sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tish tartibi …
https://lex.uz/docs/-3540097
59/78
11. Karantin ruxsatnomasini olish uchun yuridik va jismoniy shaxslar (keyingi o‘rinlarda ariza
beruvchilar deb ataladi) Agentlikka quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
(11-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-
dekabrdagi 752-sonli 
qarori
 tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.12.2021-y., 09/21/752/1166-
son)
karantin ruxsatnomasini berish to‘g‘risida mazkur Nizomning 
2-ilovasiga 
muvofiq shakl
bo‘yicha ariza;
karantin ruxsatnomasini berish to‘g‘risidagi arizani ko‘rib chiqish uchun yig‘im to‘langanligini
tasdiqlovchi bank hujjati.
Ariza beruvchidan ushbu bandda nazarda tutilmagan hujjatlarning taqdim etilishini talab
qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
12. Ariza Agentlikka ariza beruvchilar tomonidan bevosita, pochta aloqasi vositalari orqali yoki
elektron shaklda, ular olinganligi haqidagi xabarnoma bilan birga taqdim etiladi. Elektron shaklda
taqdim etilgan ariza ariza beruvchining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-dekabrdagi 752-sonli 
qarori
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.12.2021-y., 09/21/752/1166-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
13. Karantin ruxsatnomasini olish uchun Agentlikka taqdim etilgan hujjatlar ro‘yxat bo‘yicha
qabul qilinadi, ro‘yxat Agentlik tomonidan hujjatlar qabul qilingan sana to‘g‘risida belgi qo‘yilgan
holda darhol ariza beruvchiga topshiriladi (yuboriladi).
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-dekabrdagi 752-sonli 
qarori
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.12.2021-y., 09/21/752/1166-son)
14. Ariza beruvchilar tomonidan taqdim etilgan ariza barcha hollarda, toki vakolatli organ
ularning ishonchsizligini isbotlamagungacha ishonchli hisoblanadi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
15. Ariza ko‘rib chiqilganligi uchun qonun hujjatlarida belgilangan bazaviy hisoblash
miqdorining bir barobari miqdorida yig‘im undiriladi.
(15-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-
dekabrdagi 1046-sonli 
qarori 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y.,
09/19/1046/4242-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Ariza ko‘rib chiqilganligi uchun yig‘im summasi Agentlikning hisob raqamiga o‘tkaziladi. Ariza
beruvchi berilgan arizasidan voz kechgan yoki ariza ko‘rib chiqilgandan so‘ng karantin
ruxsatnomasini berish rad etilgan taqdirda to‘langan yig‘im summasi qaytarilmaydi.
(15-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-
dekabrdagi 752-sonli 
qarori
 tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.12.2021-y., 09/21/752/1166-
son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
16. Agentlik arizani ko‘rib chiqishda karantin ruxsatnomasini berishi uchun boshqa vakolatli
organlar tomonidan beriladigan ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni olishi talab qilingan
hollarda, ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni berish soddalashtirilgan tartibda “bir darcha”
orqali amalga oshiriladi, bunda Agentlik mazkur hujjatlarni yuridik va jismoniy shaxslarning
ishtirokisiz mustaqil ravishda oladi.
(16-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-dekabrdagi 752-sonli 
qarori
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.12.2021-y., 09/21/752/1166-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
17. Karantin ruxsatnomasini berish yoki berishni rad etish to‘g‘risidagi qaror ariza beruvchilar
tomonidan ariza Agentlikka kelib tushgan kundan boshlab besh ish kuni davomida qabul qilinadi
va bu haqidagi tegishli hujjatni ariza beruvchilarga berish (yuborish) yoki bunday hujjatni berish rad
etilganligi to‘g‘risida Agentlik uni yozma shaklda, shu jumladan axborot tizimi orqali elektron
shaklda xabardor qilishi shart.
(17-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-dekabrdagi 752-sonli 
qarori
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.12.2021-y., 09/21/752/1166-son)


19.02.2022, 13:11
65-сон 29.01.2018. O‘zbekiston Respublikasi hududini o‘simliklar karantinidagi zararli organizmlardan himoya qilish va O‘simliklar karantini sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tish tartibi …
https://lex.uz/docs/-3540097
60/78
18. Karantin ruxsatnomasi maxsus raqamlangan, himoyalangan holatda mazkur Nizomga 
3-
ilovaga 
muvofiq shaklda rasmiylashtiriladi.
Karantin ruxsatnomasi berilgan kundan boshlab 30 kungacha amal qiladi.
19. Quyidagilar karantin ruxsatnomasini berishni rad etish uchun asos hisoblanadi:
karantin ruxsatnomasi berilishi uchun zarur bo‘lgan hujjatlarning ariza beruvchilar tomonidan
to‘liq bo‘lmagan hajmda taqdim etilganligi;
ariza beruvchilarning ruxsat berishga doir talablar va shartlarga muvofiq emasligi;
ariza beruvchilar tomonidan taqdim etilgan arizada noto‘g‘ri yoki buzib ko‘rsatilgan
ma’lumotlarning mavjudligi;
o‘rganishlar, tadqiqotlar, tekshirishlar yoki boshqa ilmiy va texnik baholashlarning yakunlari
bo‘yicha asoslantirilgan salbiy xulosa olinganligi.
Ushbu bandda nazarda tutilmagan boshqa holatlarda karantin ruxsatnomasi berishni rad
etishga yo‘l qo‘yilmaydi.
20. Karantin ruxsatnomasini berishning rad etilganligi haqidagi xabarnoma ariza beruvchiga
yozma shaklda, rad etish sabablari, qonun hujjatlarining aniq normalari va ariza beruvchi
ko‘rsatilgan sabablarni bartaraf etib, takroran ko‘rib chiqish uchun hujjatlarni taqdim etishi mumkin
bo‘lgan muddat ko‘rsatilgan holda yuboriladi (topshiriladi). Ariza beruvchi rad etish sabablarini
bartaraf etib va hujjatlarni takroran ko‘rib chiqish uchun taqdim etishi mumkin bo‘lgan muddat
ruxsatnomani berish rad etilganligi haqidagi yozma xabarnoma olingan kundan e’tiboran o‘n ish
kunidan kam bo‘lmasligi kerak.
Oldingi
 tahrirga qarang.
21. Ariza beruvchi karantin ruxsatnomasini berishni rad etish uchun asos bo‘lgan sabablarni
belgilangan muddatda bartaraf etgan taqdirda, hujjatlar takroran ko‘rib chiqish, ruxsatnoma berish
yoki uni berishni rad etish ariza beruvchidan rad etish sabablari bartaraf etilganligini tasdiqlovchi
tegishli hujjatlar olingan kundan e’tiboran besh ish kuni ichida Agentlik tomonidan takroran ko‘rib
chiqiladi. Ariza takroran ko‘rib chiqilganligi uchun yig‘im undirilmaydi.
(21-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-dekabrdagi 752-sonli 
qarori
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.12.2021-y., 09/21/752/1166-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
22. Hujjatlarni takroran ko‘rib chiqishda ariza beruvchiga ilgari yozma xabarnomada bayon
qilinmagan rad etish sabablarining Agentlik tomonidan keltirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi, ilgari
ko‘rsatilgan sabablar bartaraf etilganligini tasdiqlovchi hujjatlar bilan bog‘liq rad etish sabablarining
keltirilishi bundan mustasno.
(22-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-dekabrdagi 752-sonli 
qarori
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.12.2021-y., 09/21/752/1166-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
23. Karantin ruxsatnomasini berish rad etilganligi haqidagi xabarnomada ko‘rsatilgan muddat
o‘tgandan keyin ariza beruvchi tomonidan topshirilgan ariza yangidan topshirilgan hisoblanadi va
Agentlik tomonidan umumiy asoslarda ko‘rib chiqiladi.
(23-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-dekabrdagi 752-sonli 
qarori
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.12.2021-y., 09/21/752/1166-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
24. Ariza beruvchi karantin ruxsatnomasini berishning rad etilganligi, shuningdek Agentlik
mansabdor (vakolatli) shaxsining harakati (harakatsizligi) yuzasidan belgilangan tartibda shikoyat
qilish huquqiga ega.
(24-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-dekabrdagi 752-sonli 
qarori
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.12.2021-y., 09/21/752/1166-son)

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   63




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin