Oshqozon osti bezi Oshqozon osti bezi (pancreas)
cho‘zinchoq kulrang pushti
rang li a’zo bo‘lib, oshqozonning orqasida I–II bel umurtqala-
ri sohasida ko‘ndalang yotadi (115-rasm). Uning uzunligi 12–15
sm, og‘irligi katta yoshdagi odamlarda o‘rtacha 80 g bo‘ladi. Uni
tashqi tomondan yupqa biriktiruv chi to‘qimali kapsula qoplagan
bo‘lib, undan bez bo‘lakchalari ko‘rinib turadi. Qorinparda uni
old va qisman pastki yuzalarini qoplaydi. Oshqozon osti bezining
uch: boshchasi, tanasi va dumi tafovut qilinadi. Oshqozon osti be-
zining boshchasi
yassi shaklda bo‘lib, I–III
bel umurtqalari so-
hasida o‘n ikki barmoq ichakning botiq yuzasiga birikib turadi. U
orqa yuzasi bilan pastki kavak venaning ustida yotsa, oldingi yuza-
sini ko‘ndalang chambar ichak kesib o‘tadi. Oshqozon osti bezi-
ning tanasi
uch qirrali shaklda bo‘lib, I bel umurtqasining oldi-
da o‘ngdan chapga qarab yo‘nalib, taloq darvozasigacha boruvchi
bezning dum qismiga o‘tib ketadi. Osh qozon osti bezi tanasida ol-
dingi ustki, orqa va oldingi pastki yuzalar tafovut qilinadi. Oldin-
gi ustki yuza orqa yuzadan yuqori qirra
, oldingi ustki yuza oldingi
pastki yuzadan oldingi qirra va oldingi pastki yuza orqa yuzadan
pastki qirra vositasida ajralib turadi. Oshqozon osti bezining dumi
chapga va yuqoriga taloq darvozasiga yo‘nalgan bo‘ladi. Oshqo-
zon osti bezi faoliyat jihatidan aralash, tuzilishi jihatidan murak-
kab alveolyar-naysimon bez hisoblanadi. Uning tashqi sekretsiya
qismini oshqozon osti bezi bo‘lakchalari tashkil qiladi. Bo‘lak-
chalarning naychalari qo‘shilishidan hosil bo‘lgan oshqozon os-
ti bezining chiqaruv nayi
, uning dumidan boshlanib, bezning ta-
nasi va boshida chapdan o‘ngga qarab o‘tib umumiy o‘t yo‘li bi-
lan qo‘shiladi va o‘n ikki barmoq ichakning katta so‘rg‘ichiga
ochiladi. Oshqozon osti bezi nayining ochilish sohasida qisuvchi
mushak
joylashgan. Oshqozon osti bezining boshi sohasida ho-
sil bo‘lgan qo‘shimcha naycha o‘n ikki barmoq ichakning kichik
so‘rg‘ichiga ochiladi. Oshqozon osti bezining ichki sekretsiya qis-
237
mi, uning bo‘lakchalari o‘rtasida joylashgan alohida epiteliy hu-
jayralaridan tashkil topgan pankreatik orolchalardan iborat.