Anatomiya 2014. indd


SIYDIK VA TANOSIL A’ZOLAR TIZIMI



Yüklə 3,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə232/431
tarix14.12.2023
ölçüsü3,69 Mb.
#178072
1   ...   228   229   230   231   232   233   234   235   ...   431
anatomiya fiziologiya va patologiya

SIYDIK VA TANOSIL A’ZOLAR TIZIMI
Siydik va tanosil a’zolar tizimi
 
odamda tuzilishi va vazifasi 
xilma-xil, lekin rivojlanish nuqtayi nazaridan bir-biriga bog‘liq 
ikki: siydik ajratish va tanosil a’zolari tizimini o‘z ichiga oladi. 
Ularning chiqaruv nayi erkaklarda bitta umumiy – siydik chiqa-


269
ruv nayini hosil qilsa, ayollarda alohida bo‘lib, qin dahliziga ochi-
ladi. Siydik a’zolari tizimi qondan siydik ajratuvchi (buyrak), siy-
dikni buyrakdan olib ketuv chi (buyrak kosachalari, buyrak jomi, 
siydik nayi), siydikni to‘plov chi (qovuq) va organizmdan chiqa-
rib yuboruvchi (siydik chiqaruv nayi)dan iborat.
 
Buyrak
Buyrak
(ren)
 
bel sohasida umurtqa pog‘onasining ikki yon 
tomonida qorin bo‘shlig‘ining orqa devorida qorinpardaning or-
qasida joylashgan juft a’zo (132-rasm). U loviyasimon shaklga, 
to‘q qizil rangga ega. Katta yoshdagi odamda buyrakning uzun-
ligi 10–12 sm, kengligi 5–6 sm, qalinligi 4 sm, og‘irligi 120–
200 g bo‘ladi. Katta odam buyragining yuzasi silliq. Unda qava-
riq oldingi yuzasi, yassi orqa yuzasi, yuqorigi uchi,
 
pastki uchi,
 
qavariq lateral chekkasi,
 
botiq medial chekkasi tafovut qilina-
di. Medial chekkasining o‘rtasida oldingi va orqa yuzalari bilan 
chegaralangan botiqlik, buyrak darvozasi
 
joylashgan. Bu yerdan 
buyrak ichiga arteriya va nervlar kiradi, undan esa siydik nayi, 
vena va limfa tomirlari chiqadi. Buyrak darvozasi ichkariga bo-
tib kirgan buyrak bo‘shlig‘iga
 
o‘tib ketadi.
Buyraklarning yuqori uchlari bir-biriga yaqin joylashsa, past-
ki uchlari uzoqroq turadi. Chap buyrak o‘ngiga nisbatan yuqori-
roq turadi.
Chap buyrakning yuqori uchi XI ko‘krak umurtqasining o‘rta-
sida, pastki uchi III bel umurtqasining yuqori chekkasi sohasi-
da turadi. O‘ng buyrakning yuqori uchi XI ko‘krak umurtqasi-
ning pastki chekkasi sohasida, pastki uchi esa III bel umurtqa ta-
nasining o‘rta sohasida turadi. XII qovurg‘a chap buyrakning or-
qa yuzasining o‘rtasidan, o‘ng buyrakning esa yuqori uchidan ke-
sib o‘tadi.
Buyrakning orqa yuzasi uning pardalari bi-
lan diafragmaga, belning kvadrat mushagi, qo-
rinning ko‘ndalang mushagi va katta bel mu-

Yüklə 3,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   228   229   230   231   232   233   234   235   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin