Anatomiya 2014. indd



Yüklə 3,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə243/431
tarix14.12.2023
ölçüsü3,69 Mb.
#178072
1   ...   239   240   241   242   243   244   245   246   ...   431
anatomiya fiziologiya va patologiya

Prostata
(prostata,
 
139-rasm) toq silliq mushak va bez qism-
laridan iborat a’zo bo‘lib, sperma tarkibiga kiruvchi suyuqlik 
ish lab chiqaradi. U qovuq ostida joylashib, siydik chiqaruv nayi-
ning bosh lang‘ich qismini o‘z ichiga oladi. Bez oldindan orqa-
ga biroz yassilashgan kashtan yong‘og‘iga o‘xshash. Prostatada 
139-rasm. Prostata, urug‘ pufakchasi.
1–urug‘ olib ketuvchi nay kengaymasi; 2–urug‘
pufakchasi; 3–urug‘ olib ketuvchi nayning oxirgi
qismi; 4–chiqaruv nayi; 5–urug‘ otuvchi nay; 
6–urug‘ tepachasi; 7–erkaklar siydik chiqarish 
nayi; 8–siydik chiqarish nayining qirrasi;
9–prostata bezi sohasidagi bachadoncha;
10–urug‘ otuvchi nay teshigi; 11–prostata;
12–urug‘ olib ketuvchi nay.


286
yuqo riga siydik qopining tubiga, urug‘ pufakchalari va urug‘ olib 
ketuvchi nayga qaragan prostataning tubi,
 
pastga qaragan pros-
tataning cho‘qissi
 
tafovut qilinadi. Bezning cho‘qqisi siydik-ta-
nosil diafragmasida yotadi. Bezning oldingi yuzasi
 
qov simfizi-
ga qaragan bo‘lib, undan bo‘sh kletchatka va uni ichida joylash-
gan vena chigali vositasida ajralib turadi. Orqa yuza si
 
to‘g‘ri 
ichak ampulasiga tegib, undan biriktiruv chi to‘qimali qatlam bi-
lan ajralib turadi. Bezni to‘g‘ri ichakka tegib turgani uchun uni 
tirik odamda to‘g‘ri ichakning oldingi devori orqali paypaslab 
ko‘rish mumkin. 
Prostataning kengligi 4 sm, uzunligi 3 sm, qalinligi 2 sm, og‘ir-
ligi 20–25 g. Uning ikki: o‘ng
 
va chap bo‘laklari bo‘lib, ular o‘zaro 
oldingi yuza sidan o‘tgan uncha chuqur bo‘lmagan egat vositasida 
ajralib turadi. Prostata asosining orqa yuzasida siydik chiqarish nayi 
bilan urug‘ otuv chi nay o‘rtasida bo‘rtib chiqqan qismi prostataning 
toraygan qismi
 
yoki o‘rta bo‘lagi deyiladi.
Uning bu qismi keksa odamlarda kattalashib ketib, siydik 
chiqarish nayini berkitib qo‘yishi mumkin. Prostata tashqi tomon-
dan prostataning g‘ilofi

Yüklə 3,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   239   240   241   242   243   244   245   246   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin