83
latda umurtqa pog‘onasi bosh, ko‘krak qafasi va qorin bo‘shlig‘i
a’zolari uchun tayanch vazifasini bajaradi. Umurtqa pog‘onasiga
tushayot gan og‘irlik kuchi yuqoridan pastga qarab ortib borgani
uchun, uni hosil qiluvchi umurtqalarning o‘lchami ham pastga
tomon kattalashib boradi.
Katta yoshdagi odam umurtqa pog‘onasining
uzunligi er-
kaklarda 60–75 sm, ayollarda 60–65 sm bo‘ladi. Eng keng o‘lcha-
mi (11–12 sm) dumg‘aza suyagi asosida. Katta yoshdagi odam-
ning umurtqa pog‘onasi to‘g‘ri bo‘lmay fiziologik egriliklar hosil
qiladi. Unda ikki xil egrilik: oldinga qarab yo‘nalgan
egrilik lor-
doz va orqaga qarab yo‘nalgan egrilik kifoz bo‘ladi. Mo‘tadil ho-
latda bo‘yin hamda bel lordozi, ko‘krak va dumg‘aza kifozi ta-
fovut qilinadi.
Yangi tug‘ilgan chaqaloqning umurtqa pog‘onasining egri-
liklari yaxshi bilinmaydi. Bola hayotining 3-oyida
bola boshini
tuta bosh laganda bo‘yin lordozi paydo bo‘ladi. Bola o‘tira bosh-
lagach (6-oy), ko‘krak kifozi hosil bo‘ladi. Birinchi yilning oxiri-
da bola turib,
yura boshlagach, orqa mushaklari ta’sirida bel lor-
dozi hosil bo‘ladi.
Yosh ulg‘aygan sari suyaklarning va umurtqalararo disklar ning
kich rayishi hisobiga umurtqa pog‘onasining uzunligi 5
sm gacha
kamayadi.
Umurtqa pog‘onasining harakati har taraflama bo‘lib, bu ha-
rakat ayrim umurtqalar o‘rtasidagi harakatlarning yig‘indisi dan
iborat. Umurtqa pog‘onasini frontal o‘q atrofida oldinga bu kish
va orqaga yozish mumkin. Sagittal o‘q atrofida o‘ng
va chap to-
monga uzoq lashishi va yaqinlashishi asosan bel qismida bo‘la-
di. Bo‘ylama o‘q atrofida burama va aylanma harakatlar qi lish
mum kin.
Dostları ilə paylaş: