17
ni uchun amalga osha di. Har bir qiz hujayrada xromosomalar so-
ni ona hujayra yadrosiga nisbatan (46) ikki marta kam – 23 ta
bo‘ladi. Bu hujayralarda xromosomalar soni nafaqat ikki marta
kamayadi, balki ularda xromosomalardagi genlarning joylashishi
ham o‘zgaradi. Shuning uchun yangi organizm nafaqat ota-ona
belgilarini yig‘indisini, balki xususiy alomatlarni ham o‘zida mu-
jassamlashtiradi.
Amitoz organizmni barcha to‘qimalarida uchraydi. Bu bo‘li-
nish yad rochani ingichkalashib bo‘linishidan boshlanadi. Avval
yadro ikki qism ga bo‘linadi, so‘ngra sitoplazma.
Dostları ilə paylaş: