―neft va gazni qayta ishlash texnologiyasi‖. 1 qism 5321300 – ―neft va neft-gazni qayta ishlash texnologiyasi‖ bakalavr ta‘lim yo‗nalishi uchun darslik



Yüklə 15,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/312
tarix14.12.2023
ölçüsü15,32 Mb.
#178130
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   312
Neft va gazni qayta ishlash texnologiyasi 1-qism

 
 
 
 
 


23 
I-bob. NEFT VA GAZ SANOATINI RIVOJLANISHI, NEFTNING 
ASOSIY XOSSALARI
1.1. Respublikamizdagi neft-gazni qayta ishlash texnologiyalari to‗g‗risida 
umumiy ma‘lumotlar
Respublikamizning neft-gaz sanoati xalq xo‗jaligining asosiy zvenosi 
bo‗lib, muhim energetika bazasi hisoblanadi. Respublikamiz mustaqil 
bo‗lgandan keyin neft-gaz sanoatini rivojlantirishga katta ahamiyat berildi. 
Ilgarigi o‗z holicha ish yurituvchi Respublikamiz hududida faoliyat ko‗rsatgan 
neft va gazni qidirish, qazib olish, tashish va ularni qayta ishlash bilan 
shug‗ullangan korxonalar yurtimizda tuzilgan ―Sredazneftgazprom‖ ishlab 
chiqarish birlashmasiga va shu tashkilot orqali sobiq SSSR davlatining 
―Neftgazprom‖ vazirligiga bo‗y sungan. Respublikamiz mutaqillikka 
erishgandan so‗ng, neft va gaz sohasida faoliyat ko‗rsatuvchi barcha korxonalar 
Respublikamizda tuzilgan yagona tarmoq - ―Uzbekneftgaz‖ milliy xolding 
korporatsiyasiga birlashtirilgan.
Bu korxonalar uchun xomashyo: neft, gaz kondensati va tabiiy gaz 
hisoblanadi. Gaz kondensatining kimyoviy tarkibi neftning kimyoviy tarkibiga 
o‗xshash bo‗lib, faqat qaynashning kritik harorati bilan farqlanadi (gaz 
kondensati neftga qaraganda birmuncha yengil hisoblanadi). Shu sababli, gaz 
kondensati va neftlar bir xil qurilmalarda qayta ishlanadi. 
Neft va gaz kondensatini qayta ishlash ikki xil yo‗nalishda amalga 
oshiriladi. Birinchisi yoqilg‗i-yoqilg‗i yo‗nalishi. Bunda neft va gaz 
kondensatini atmosfera bosimining 360
0
C gacha qizdirilib, ulardan benzin, 
kerosin va dizel yoqilg‗isi fraksiyalari ajratib olinadi, qolgan og‗ir qismlari-
mazutni katalitik kreking, termik kreking yoki gidrokreking qurilmalariga 
berilib, qo‗shimcha ravishda benzin, kerosin va dizel yoqilg‗isi olinadi. 
Ikkinchi yo‗nalish-yoqilg‗i-moylar olish yo‗nalishidir. Bu yo‗nalishda 
neft va gazkondensatidan yengil fraksiyalar olingandan so‗ng, qoldiq qismi 
mazutni vakuum ostida ishlovchi qurilmalarda turli fraksiyalarga ajratiladi va 


24 
ulardan har xil neft moylari olinadi. 
Oltiariq neftni qayta ishlash zavodi 1906-yilda ilk bor ishga tushirilgan. 
O‗sha vaqtda bu korxonada neft maxsus kublarda haydalar edi. 1917 yilda 
barcha qublar texnologik qurilmalarga almashtirilgan. Keyinchalik texnologik 
qurilmalar takomillashtirilgan. 1950-60-yillarda eski qurilmalar zamonaviy 
texnologik qurilmalar bilan almashtirilgan. Hozir zavodda 7-ta texnologik 
qurilma mavjud bo‗lib, zavod yoqilgi-yoqilg‗i yo‗nalishi bilan ishlaydi. Bu 
yerda og‗ir qoldiq-mazut termik kreking qurilmasiga berilib, yengil fraksiyalar 
va termik qoldiq olinadi. 
Farg‗ona neftni qayta ishlash zavodi 1959 yilda ishga tushirilgan. Zavod 
yoqilg‗i-moy yo‗nalishida ishlaydi. Yengil fraksiyalar ajratib olingandan so‗ng, 
og‗ir qoldiq mazut vakuum sharoitida ishlaydigan qurilmalarda har xil 
fraksiyalarga ajratiladi. Har qaysi fraksiya alohida-alohida tozalanib, ulardan 
turli xil moylar olinadi. Hozir vaqtda zavodda 30 dan ortiq texnologik qurilmalar 
ishlab turibdi. 
Zavodda ilk bor yiliga 600 ming tonna neftni haydaydigan AVT qurilmasi 
ishga tushirilgan, keyinchalik yana bir nechta AVT qurilmalari foydalanishga 
topshirilgan. 1965-68 yillarda yiliga 300 va 600 ming tonna benzinni riforming 
etuvchi qurilmalar ishga tushirilgan. 
Zavodda Markaziy Osiyoda yagona moy ishlab chiqaruvchi blok qurilgan. 
Yiliga 500 t turli xildagi moylar tayyorlanadi. Respublikamiz xalq xo‗jaligi
tarmoqlari zarur moy mahsulotlari bilan to‗la ta‘minlanadi. 
Katalitik riforming qurilmalarida АП-56, АП-64 markali alyumoplatina 
katalizatorlari ishtirokida benzinni oktan soni ko‗tarilar edi. Ushbu korxona 
1995-97 yillarda LCh 35/11-600 qurilmasi fransiyaning ―Prokataliz‖ firmasi 
bilan hamkorlikda qaytadan ta‘mirlanib rekonstruksiya qilingan. 
LCh 35/11-600 
qurilmasidagi alyumoplatina katalizatorini o‗rniga, tarkibiga reniy va boshka 
metallar qo‗shilgan 
Н-582 va Н-482 markali katalizatorlar joylangan. 
Qurilmaning gidrotozalash blokiga ya‘ni, benzinni oltingugurtli birikmalardan 
tozalash uchun alyumokobal‘t-molibden katalizatori o‗rniga НК-306 katalizatori 


25 
joylashtirilgan. Buning natijasi o‗laroq zavod antidetanator sifatida 
qo‗llaniladigan tarkibiga qo‗rg‗oshin tetraetil (QTE) (rus tilida tetraetilsvinets -
TES)dan voz kechildi va turli xil oktan soni yuqori bo‗lgan ekologik toza 
avtomobil benzinlarini ishlab chiqarish imkoniyatiga ega bo‗lindi. 
Zavodda dizel yoqilg‗isini gidrochistka qiladigan qurilma yo‗q edi. 1997-
99 yillarda Yaponiyaning ―Mitsui end Ko, LTD‖ va ―Toyo Injiniring 
Korporeyshin‖ firmalari bilan hamkorlikda yangi qurilma ishga tushirildi. Hozir 
zavod kam oltingugurtli ekologik toza dizel yoqilg‗isi ishlab chiqmoqda. 
Buxoro shahrining yaqinidagi Qarovulbozor shaharchasida 1995-97 
yillarda yiliga 2,5 mln.t gaz-kondensatini qayta ishlaydigan zavod qurildi va 
ishga tushirildi. Bu zavodning texnologik qismini Fransiyaning ―TEKNIP‖ 
firmasi qurib bergan. 
Zavodda gaz kondensatidan benzin, kerosin, dizel yoqilg‗isini haydab 
olish qurilmasi, benzinni katalitik riforming etuvchi, kerosin fraksiyasini 
merkaptanlardan 
tozalovchi, 
dizelyoqilg‗isi 
fraksiyasini 
oltingugurt 
birikmalaridan tozalovchi texnologik qurilmalar va bu texnologik qurilmalarni 
chiqindilarini qayta ishlovchi, shu qatorda bir nechta yordamchi qurilmalar 
mavjud. Bu qurilmalar eng yangi zamonaviy texnologiyalar bilan ta‘minlangan.
Zavod yuqori sifatli mahsulot ishlab chiqarishga mo‗ljallangan bo‗lib, 
tarkibiga QTE qo‗shilmagan benzin, sifatli kerosin va kam oltingugurtli dizel 
yoqilg‗isi tayyorlaydi.
Hozirgi kunda yuqoridagi zavodlarda dunyo standartlariga javob beruvchi 
neft mahsulotlari ishlab chiqarilmokda. Bu zavodlar Respublikamiz xalq 
xo‗jaligini hamma tarmoqlarini neft mahsulotlari bilan to‗la ta‘minlamoqda.

Yüklə 15,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   312




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin