Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti m. M. Tashxodjayev, M. G. Umarxodjayeva


 Intellektual yoshlar salohiyatini yuksaltirishga qaratilgan



Yüklə 3,39 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə86/116
tarix14.12.2023
ölçüsü3,39 Mb.
#178173
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   116
ARM Корпоратив маданият вёрстка булди 1

10.2. Intellektual yoshlar salohiyatini yuksaltirishga qaratilgan 
davlat siyosati 
 
Jahonning rivojlangan mamlakatlari tajribalaridan ma’lumki, 
mamlakat taraqqiyotini ta’minlashda intellektual salohiyatning o‘rni 
alohida ahamiyatga ega. Shuning uchun ham O‘zbekiston mustaqil-
likka erishgan kunlardanoq intellektual salohiyatni oshirishning 
muhim qismi bo‘lgan kadrlar tayyorlash siyosatiga alohida e’tibor 
qaratdi. Ayniqsa, ilm-fan sohasini isloh qilish taraqqiyotimiz uchun 
muhim 
ahamiyatga 
ega. 
Bugungi 
kunda 
ilm-fan 
sohasida 
erishilayotgan ulkan kashfiyotlar va ularning ishlab chiqarishga keng 
miqyosda joriy qilinishi olimlarning ijtimoiy va iqtisodiy hayotdagi 
rolini kuchaytirib yubordi.
Xususan, jamiyat taraqqiyotiga ilmiy-texnika inqilobi o‘z ta’sirini 
ko‘rsata boshlagan dastlabki yillardan jamiyatning intellektual 
salohiyati, uning asosi bo‘lgan kadrlar tayyorlash muammolari yanada 
dolzarblashdi, shu bois u ko‘plab tadqiqotlar obyekti bo‘lib kelmoqda. 
O‘zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotida ilm fanning rolini 
oshirish, innovatsion rivojlantirish, ilmiy kadrlarni qayta tayyorlash 
davlat 
siyosatining 
ustuvor 
yo‘nalishiga 
aylandi. 
Mamlakat 
taraqqiyotini mustahkamlash, istiqbolini belgilashda ilmiy-tadqiqot 
ishlarini samarali tashkil etish, fan, ta’lim va ishlab chiqarish 
hamkorligini ta’minlash bugunning dolzarb masalalaridan biri 
hisoblanadi. Ilm-fan iqtisodiyotning barcha tarmoqlari taraqqiyotida 
katta o‘rin tutadi.
Har qanday davlat bu yo‘lda, avvalo, olimlarga suyanadi. Bugungi 
kunda mamlakatimiz aholisining katta qismini yoshlar tashkil 
etayotganligi hech kimga sir emas. Shu sabab olimlar orasida yoshlar 
ko‘pchilikni tashkil etadi. Mustaqillik yillarida yoshlar intellektual 
salohiyatini yuksaltirish, yosh olimlar sonini yanada ko‘paytirish, 
Yoshlar ilmiy-tadqiqot ishlari olib borishlari uchun keng imkoniyatlar 
yaratish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. 
Mirziyoyev 2016-yil 30-dekabrda bir guruh ilmiy jamoatchilik 
vakillari, akademiklar, professor-olimlar bilan uchrashdi. Uchrashuvda 
respublikamiz ilm fani, ta’lim tizimining bugungi holati va ertangi 
kelajagi bilan bog‘liq bir qator masalalar ko‘tarildi. 


171 
Mamlakatda fundamental va akademik fanni rivojlantirish sohasiga 
yosh istiqbolli kadrlarni yanada ko‘proq jalb etish borasida bir qator 
vazifalar belgilandi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Preziden-
tining 2017-yil 16-fevralda “Oliy ta’limdan keyingi ta’lim tizimini 
yanada rivojlantirish to‘g‘risida”gi PF-4958 sonli Farmoniga ko‘ra, 
mustaqillik yillarida uzluksiz ta’limning noyob tizimi yaratildi, ilmiy-
tadqiqot faoliyati, oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar 
tayyorlash va attestatsiyadan o‘tkazish samaradorligini oshirishga, 
mamlakatning ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyotida ilm-fanning rolini 
kuchaytirishga yo‘naltirilgan salmoqli ishlar amalga oshirildi.
Oliy ta’lim va fan integratsiyasini kengaytirish, yuqori malakali 
mutaxassislar tayyorlashda akademik ilmiy kadrlar salohiyatidan 
foydalanish samaradorligini rivojlantirish, ularning OTM o‘quv 
jarayonidagi ishtirokini ta’minlash, iqtidorli yoshlarni ilmiy tadqiqot 
va innovatsion faoliyatga keng jalb etish maqsadida O‘zbekiston 
Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va O‘zbekiston 
Respublikasi Fanlar akademiyasi bilan hamkorlikda o‘quv-ilmiy 
kompleks va markazlar faoliyatini tashkil etish modeli yaratildi. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 17-fevraldagi 
“Fanlar akademiyasi faoliyati, ilmiy tadqiqot ishlarini tashkil etish, 
boshqarish va moliyalashtirishni yanada takomillashtirish chora-
tadbirlari to‘g‘risida”gi 2789-sonli qarori, 2017-yil 5-iyuldagi 
“Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O‘zbekiston 
yoshlar ittifoqi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi PF-5106 
sonli Farmoni va 2017-yil 27-iyuldagi “Oliy ma’lumotli mutaxassislar 
tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining 
ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-
3151-sonli Qarori kabi normativ-huquqiy hujjatlarning qabul qilinishi 
va ijtimoiy hayotga tatbiq etilishi bu borada muhim qadam bo‘ldi. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-noyabrdagi 
“O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligini tashkil 
etish to‘g‘risida”gi PF-5264-sonli farmoniga muvofiq, Fan va 
texnologiyalar 
qo‘mitasi 
tugatilib, 
O‘zbekiston Respublikasi 
Innovatsion rivojlanish vazirligining tashkil topishi, O‘zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 19-iyuldagi “Yoshlarni 
ilm-fan sohasiga jalb qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-
tadbirlari to‘risida”gi 559-sonli Qarori mamlakatimiz ilm-fani sohasida 


172 
yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan inqirozli vaziyatning oldini olish 
maqsadida qo‘yilgan dadil qadam bo‘ldi. Unda ilm-fan nufuzini 
yanada oshirish, ilmiy texnologik salohiyatni yuksaltirishda akademik 
ilm-fanning rolini kuchaytirish, mavjud ilmiy maktablar an’analarini 
davom ettirish va yangi maktablar yaratilishini ta’minlash maqsadiga 
qaratildi.
Qarorda yoshlarni ilm-fan sohasiga ommaviy tarzda jalb qilishga 
yo‘naltirilgan yaxlit tizim – O‘zR FA tarkibida “Yosh akademiklar” 
klubini tashkil etish vazifasi belgilab qo‘yilgan. “Yosh akademiklar” 
klubining asosiy vazifasi bo‘lajak a’zolarini maxsus sinovlar asosida 
saralab olish. Albatta, ilm-fanni yosh, iqtidorli, malakali kadrlar bilan 
ta’minlash, xodimlarning bilimdonlik darajasini oshirish, ularning 
qobiliyatlarini ro‘yobga chiqarish uchun barcha sharoitlarni yaratish, 
ilmiy jarayonni jadallashtirish bilimga asoslangan iqtisodiyot modeli 
hisoblanib, bu jarayonning samaradorligini ta’minlashda yangicha 
yondashuvlarni izlab topishni taqozo etadi. Shu bilan birga, mamla-
katni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga oid ishlar oliy o‘quv yurtidan 
keyingi ta’lim tizimi sharoitida orttirilgan tajribaning mohiyatini qator 
xorijiy mamlakatlarning mazkur sohadagi ilg‘or amaliyotini hisobga 
olgan holda qayta anglash zarurligini taqozo etmoqda. 
Hozirgi sharoitda ilmiy kadrlar tayyorlash jarayonini tobora jadal 
rivojlantirish va sifatini oshirish, iqtidorli yoshlarni ilm-fanga keng 
jalb qilish, oliy ta’lim va ilmiy muassasalarning ilmiy salohiyatini 
mustahkamlash, undan respublikaning innovatsion rivojlanishida sa-
marali foydalanish masalalari alohida ahamiyat kasb etadi.

Yüklə 3,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin