Bank ikki ish kuni o‘tganidan keyin mijoz hisobvarag'i kreditida noto‘g ‘ri
yozuvlar borligini aniqlasa, mijoz kechiktipilgan har
bir kun uchun hisobvaraq
kreditidagi umumiy summaning bank xizmat ko'rsatish to'g'risidagi shartnomada
ko'zda tutilgan foizi miqdorida bankka jarim a to'laydi. Bu jarima begonalar
mablag'laridan o 'z manfaatlari yo'lida foydalanganliklari uchun undiriladi.
Bank mijozlari hisobvaraqlarining ahvoli to'g'risidagi yozma ma'lumotlarini
faqat hisobvaraq egalariga nisbatan yuqori turuvchi tashkilotlarning, shuningdek, sud
va soliq organlarining yozma talabiga ko'ra berishi mumkin. Mijoz shaxsiy
hisobvaraqlaridan ko'chirmasini yo'qotib qo'ygan taqdirda,
uning dublikati mijoz
arizasiga ko'ra bank rahbari yoki uning muovini tomonidan beriladigan yozma
ruxsatnoma asosida berilishi mumkin. Mijoz o 'z arizasida ko'chirm a yo'qolishi
sabablarini ko'rsatishi, arizaga korxona rahbari va bosh buxgalteri imzosi qo'yilgan
bo'lishi lozim.
Shaxsiy hisobvaraqlardan ko'chirma dublikatlari nusxa usulida olinadi va
ko'chirma dublikatiga mijozga xizmat ko'rsatuvchi buxgalter, bosh buxgalter yoki
uning muovini imzo chekadi, bank muhri bosiladi, shuningdek, "200_yil
"___ "__________ da ko'chirm a dublikati berildi" degan yozuv yozib qo'yiladi.
Ko'chirmalar mijozlarga berilgandan yoki jo'natilgandan keyin buxgalter
shaxsiy hisobvaraqlami ulaming raqamlari ortib borishi tartibida, ular ichida esa -
sanalar bo'yicha saralaydi. Oy tugaganidan keyin ular xuddi shu tartibda balans
hisobvaraqlari hamda ko'zda tutilmagan holatlar hisobvaraqlari bo'yicha tikiladi va
keyingi oyning 20-kunidan kechiktirmay ro'yxat bo'yicha joriy apxivga topshiriladi.
Shuningdek, yordamchi kitobning boshqa materiallari ham bo'lib, ular ko'zda
tutilmagan holatlar bo'yicha hisobvaraqlar uchun ochilgan kartotekalarda saqlanuvchi
hujjatlardan tashkil topadi. Masalan: To'lov muddatini kutayotgan hujjatlar nomli 1-
sonli kartotekadagi to'lov talabnomalari; o 'z vaqtida to'lanmagan hisob hujjatlari deb
nomlanuvchi 2-sonli kartotekadagi to'lov talabnomasi; to'lov
topshiriqnomasi;
inkasso topshirqnomalari kabi hujjatlar ham tafsiliy hisob uchun asosiy materiallar
bulib hisoblanadi. Bu hujjatlar harakati bo'yicha ham hisobvaraqlar ochilib, ular
ko'zda tutilmagan holatlar bo'yicha hisobvaraqlar deb ataladi. Ular alohida sanalar va
hisobvaraq raqamlari bo'yicha tikilib, keyingi oyning 20-sanasigacha bankning joriy
arxiviga topshiriladi.
Shunday qilib, Banklarda analitik hisob yuritishda yordamchi kitob, ya'ni,
m ablag'lar va moddiy boyliklar bo'yicha hisob-kitoblaming har bir turi yuzasidan
alohida ma'lumotlar olish imkoniyatlarini o'rganish mumkin. Bu o 'z navbatida,
banklarda buxgalteriya hisobi ob’ektlari bo'yicha ma'lumotlari ning ob’ektivligini va
ulami tegishli hujjatlarda rasmiylashtirishning mukammalligini ta'minlashga keng
sharoitlar yaratadi.
Dostları ilə paylaş: