Ijro hujjatlari asosida qo'yilgan pul vositalarini undirish bo'yicha inkasso
topshiriqnomalari bank tomonidan ijro hujjatining asl nusxasi yoki uning dublikati
ilova qilingan holda qabul qilinadi. Undirib olishni vaqtincha yoki to'liq to'xtatib
qo'yish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi va undirib olish
to'xtatilgan hujjat inkasso talabnomasini qo'ygan shaxsga qaytarilishi shart.
Inkasso topshiriqnomasi
bankka taqdim qilinganda, agar to'lovchi va mablag'
oluvchiga bitta bankda xizmat ko'rsatilganda - to 'rtta nusxada tuzilib, birinchi,
ikkinchi va uchinchi nusxalari ijro uchun bankda qoldirilishi, to'rtinchi nusxa qabul
qilish sanasini ko'rsatgan holda buxgalter tomonidan imzolanib
va unga biriktirilgan
bankning muhri bilan tasdiqlanib mablag' oluvchiga qaytarilishi lozim. Agar bir
shahar ichida hisob-kitoblar qilishda inkasso topshiriqnomalari bevosita to'lovchining
bankiga uch nusxada taqdim qilinishi mumkin, bunda, birinchi va ikkinchi nusxalar
ijro xujjatlari ilova qilingan holda ijro uchun bankda qoldirilishi va uchinchi nusxa
qabul qilish sanasini ko'rsatgan holda buxgalter
tomonidan imzolanib va unga
biriktirilgan bankning muhri bilan tasdiqlanib mablag' oluvchiga qaytariladi.
Maboda, boshqa shaharlar bilan hisob-kitoblar qilishda inkasso topshiriqnomalari
faqat xizmat ko'rsatuvchi bankka uch nusxada taqdim qilinadi, bunda, birinchi va
ikkinchi nusxalari ijro hujjatlari bilan birga pochta orqali to'lovchining bankiga
buxgalteming imzosi qo'yilib va unga biriktirilgan bankning muhri
bilan tasdiqlanib,
hujjatlami qabul qilish sanasi ko'rsatilgan holda jo'natilishi hamda uchinchi nusxa
qabul qilish sanasini ko'rsatgan holda buxgalter tomonidan imzolanib, unga
biriktirilgan bankning muhri bilan tasdiqlangan holda mablag' oluvchiga qaytariladi.
To'lovchining bankida inkasso talabnomalarini bajarish quyidagi tartibda
bajariladi: agar to'lovchi va mablag' oluvchiga bitta bankda xizmat ko'rsatilsa, unda,
inkasso topshiriqnomasining birinchi nusxasi bankning kunlik xujjatlar yig'masiga,
ikkinchi nusxasi ijro hujjatlari ilova qilingan holda shaxsiy hisobvarag'idan
ko'chirm a bilan birga to'lovchiga, uchinchi nusxasi shaxsiy hisobvarag'idan
ko'chirm a bilan birgalikda mablag' oluvchiga qaytariladi. Agar inkasso talabnomalari
bir shahar ichidagi hisob-kitoblar bo'lsa, birinchi nusxasi bankning kunlik hujjatlar
yig'm asiga
tikish uchun, ikkinchi nusxasi ijro xujjatlari ilova qilingan holda shaxsiy
hisobvarag'idan ko'chirm a bilan birga to'lovchiga berilishi lozim. Aksariya hollarda
boshqa shaharlar bilan hisob-kitoblarda, birinchi nusxasi bankning kunlik xujjatlar
yig'm asiga,
ikkinchi
nusxasi
ijro hujjatlari
ilova qilingan holda shaxsiy
hisobvarag'idan ko'chirm a bilan birga to'lovchiga beriladi. Shuningdek, bir shahar
ichidagi yoki boshqa shaharlar bilan hisob-kitoblarda to'langan elektron to'lov
tizimida qabul qilingan elektron inkasso topshiriqnomasi mablag'
oluvchining
bankida ikki nusxada qog'ozga chiqarilib, birinchi nusxasi bankning kunlik hujjatlar
yig'm asiga tikilishi, boshqa nusxasi mablag' oluvchining shaxsiy hisobvarag'idan
ko'chirm aga ilova qilinishi lozim. Agar to'lovchining hisobvarag'ida mablag'
bo'lmaganda, inkasso topshiriqnomasi 2-sonli kartotekaga joylashtiriladi va qonun
hujjatlari bo'yicha belgilangan tartibda to'lanab boriladi.
Inkasso talabnomasi
bankning aybi bilan bajarilmagan taqdirda, bank qonunchilikda ko'zda tutilgan
asoslar va miqdorlarda jarim alar to'lashlari mumkin.