Mijozlardan naqd pul mablag1 larini qabul qilishda
quyidagi maxsus hujjat
shakllaridan foydalaniladi: 0402001-naqd pul qo‘yish e'lonnomasi, 0482008-kassa
kirim orderi, 0402004-kvitantsiyalardan. 0402001-naqd pul qo'yish e'lonnomasi uch
qismdan iborat bo'lib, naqd pul qo'yish e'loni, kvitantsiya va order bo'ladi. Naqd pul
qo'yish e'loni kunlik kassa hujjatlariga tikiladi, kvitantsiya naqd pul topshirgan
mijozga va order operatsion xodimlarga beriladi. Buxgalteriya xodimi maxsus
e'lonning har uchala qismining to 'g 'ri to'ldirilganligini tekshirib, unga imzo qo'yadi
va uning summasini kirim kassa jumalida qayd etadi. Imzolangan e’lon bo'yicha
kassir mijozdan naqd pullami qabul qilishi va kvitantsiyaga o 'z
imzosini hamda kassa
shtampini qo'yib, kvitantsiyani mijozga berishi lozim. Bankning kunduzgi kassasiga
asosan, jismoniy shaxslaming omonatlarini kirim qilish, bank xodimlari tomonidan
safar xarajatlari uchun olingan avans summalarining ishlatilmagan qismini va boshqa
pullami topshiradilar. Jismoniy va yuridik shaxslardan
turli omonatlar hamda
boshqacha qo'yilmalar bo'yicha naqd pul qabul qilish jarayoni buxgalteriya
xodimidan olgan maxsus shakldagi e'lonomani to'ldirib, topshiriladigan naqd pul
mablag'larini tegishli simvollarda rasmiylashtiriladi
Shuningdek, naqd pullami bank kassasiga qo'yish bo'yicha ba'zi bir
operatsiyalar kirim kassa orderlari bilan rasmiylashtirilishi ham mumkin.
Buxgalteriya xodimi tomonidan qabul qilingan yoki tuzilgan kirim kassa orderiga
imzo qo'yilib, m ablag'lami bankning ichki hisobvaraqlariga kirim qilinayoganda
kirim kassa orderi ikki nusxada to'ldirilishi va ulaming biri patta (kvitantsiya)
vazifasini bajaradi. Buxgalteriya xodimi kassadan kassiming imzosi qo'yilgan
andozali blanklar komplektidagi
ordemi qaytarib olgach, kassiming orderdagi imzosi
haqiqiyligini,
uning
namunasiga
solishtirib
tekshiradi
hamda
operatsiyani
buxgalteriya hisobida aks ettirish uchun uni ishlov berish maqsadida tizim bo'yicha
o'tkazadi.
Shu bilan bir qatorda, inkassatsiya xizmati xodimlaridan naqd pul va boshqa
qimmatliklar solingan xaltalami qabul qilish kassa va buxgalteriya xodimlari
tomonidan tayinlangan kechki kassa xodimlari qabul qiladilar.
Ushbu pullami kechki
kassaning kassiri inkassatorlar brigada boshlig'idan uning a'zolari guvohligida
yukxatlar, bo'sh xaltalar soni va tashrif varaqlari haqidagi hamda yo'nalishga beriladi
tashrif varaqlar haqidagi ma'lumotnomani qabul qilishlari lozim. Bunda, yukxati
bilan tashrif varaqlari bir-biriga mos kelishi tekshirib, tashrif varaqalarini ularga
qaytarib berishda nazoratchi-buxgalter inkassatorlar daftarining
ikkala nusxasiga
imzo qo'yadilar. So'ng, birinchi nusxasiga inkassatorlaming muhri bosilgan holda,
ikkinchi nusxasiga kechki kassaning muhri bosilgan holda inkassatorlar brigada
boshlig'iga beriladi. Qabul qilingan barcha naqd pullar qayta sanashdan o'tkazilib,
maxsus seyflarga solinadi va ikkita surg'uchli muhr bosiladi. Kalitning biri muhr
bilan kassirda va ikkinchisi buxgalter -nazoratchida saqlanadi. Keyingi operatsion
kun ertalab kechki kassa kassiri va nazoratchi-buxgalteri
bilan maxsus kassaning
naqd pul solingan qoplari hamda
yuk xatlari kassa mudiriga topshiradi va
ma’lumotnomaning har ikki nusxasiga imzo qo'diradi.
Qabul qilingan naqd pullar kassa jum aliga asosan, mijozlaming hisobvarag'iga
kirim qilinadi va buxgalteriya hisobida quyidagicha rasmiylashtiriladi:
Dt 10101- «Amaliyot (operatsion) kassadagi naqd pullar» hisobvarag'i
Kt 20200- «Talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlar» hisobvarag'i yoki
mijozning boshqa depozit hisobvarag'i.
Shundan so'ng, mijozlaming analitik va sintetik hisob ma'lumotlari olinib, ular
taqqoslangandan keyin mijozning hisobvarag'idan ko'chirm a bilan birga order
mijozga
beriladi, ya'ni bankka qo'yilgan naqd pullar bo'yicha mijoz ikkita hujjat
oladi - kvitantsiya v a order. Order mijozlar tomonidan bankka pullaming tushishi va
ulaming tegishli hisobvaraqlari bo'yicha amalga oshirilgan yozuvlaming to'g'riligini
tekshirishni ta'minlaydi. Naqd qo'yilm alarga e'lon kassirda qoladi va amaliyot kuni
oxirida boshqa hujjatlar va qimmatiiklar bilan birga bosh kassirga beriladi.
Dostları ilə paylaş: