T o sh k e n t d a V l a t iqtiso diyo t u niversiteti f. T. A b d u V a X id o V, Z. A. Um arov, K. N. D ju ra y ev


Faktoring operatsiyalari mazmuni va ularni rasmiylashtirish



Yüklə 29,58 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/108
tarix14.12.2023
ölçüsü29,58 Kb.
#178720
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   108
Banklarda buxgalteriya hisobi Abduvaxidov 2010 @iqtisodchi kutubxonasi (1)

5.6. Faktoring operatsiyalari mazmuni va ularni rasmiylashtirish
Faktoring - xo'jalik yurituvchi sub’ektlar — etkazib beruvchilami moliyalashga 
doir bank xizmatlarining bir turi bo'lib bunda, ular bank - moliyaviy ob’ektga etkazib 
berilgan tovarlar, bajarilgan ishlar yoki ko'rsatilgan xizmatlar uchun to'lovchilar 
tomonidan akseptlangan, lekin to'lov talabnomalari bo'yicha hali to'lanmagan 
to'lovni regress huquqisiz olish huquqini berishdir.
Banklar 
faktoring 
operatsiyalarini 
ulaming 
talab 
qilib 
olingungacha 
saqlanadigan depozitlar hisobvaraqlari joylashgan bankdagi mijozlar bilan shartnoma 
asosida amalga oshiradilar va ulaming buxgalteria hisobi amaldagi me'yoriy hujjatlar 
bilan tartibga solinadi15. Faktoring xizmatlarini ko'rsatish asosida to'lovchi 
tomonidan moliya agentiga pul talabini bajarish muddatlari 90 kundan oshmasligi 
kerak. Banklar to'lovchilardan qarzni undirish bo'yicha ushbu muddatda to'lanmagan 
majburiyatlariga doir choralami qonunlarda belgilangan tartibda amalga oshiradilar. 
Faktoring operatsiyasini o'tkazishda bank pul mablag'larini ulaming haqini to'lash 
huquqi faktoring shartnomasida ko'rsatilgan summada bankka taqdim etiladigan 
to'lov talabnomalari bo'yicha mijozning talab qilib olingungacha saqlanadigan 
depozit hisobvarag'iga o'tkazadi.
Bank tomonidan o'tkazilgan summa bilan shartnoma bo'yicha to'lov 
talabnomasi summasi o'rtasidagi farq bilan diskontini tashkil etadi. Bunda bank
15 Тиж орат банклари том онидан Ўэбекистон 
Республикаси йудудида факторинг операцияларини ўтказиш 
тартиби тўгриси даги низом. Ў з Р А В 0 3 .0 8 .2 0 0 0 йилда 95 3 -со н билан рўйхатга олинган.


tomonidan to'lovchida muddati o‘tgan kreditorlik qarzining yo'qligi e'tiborga olinib, 
faktoring xizmatlarini amalga oshirishlari mumkin. Faktoring shartnomasini 
rasmiylashtirish jarayonida mijoz shartnoma tuzilgunga qadar bankka quyidagi 
hujjatlami taqdim etadi: belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan va to'lovchi 
tomonidan imzolangan oldi-sotdi ishlami bajarish va xizmatlar ko'rsatish 
shartnomasini moddiy boyliklar berilgani, ishlar bajarilgani va xizmatlar 
ko'rsatilganini tasdiqlaydigan hujjatlar; to'lovchi tomonidan boshqa banklarda 
ochilgan hisobvaraqlar ro'yxati; to'lovchining moliyaviy holatini belgilash uchun 
zarur hujjatlar.
Bankning mijoz bilan faktoring xizmati ko'rsatishga doir shartnomasida 
quyidagilar ko'rsatiladi: ularga nisbatan pul talabining berilishi amalga oshirilayotgan 
xaridorlar; 
berilayotgan talablaming 
umumiy 
summasi; 
diskont 
summasi; 
shartnomaning amal qilish muddati; taraflar tomonidan shartnoma shartlari buzilgani 
uchun da'volami bayon etish muddatlari; shartnoma shartlari buzilgani uchun 
taraflaming ma’suliyati; shartnomani bekor qilish shartlari; qonun hujjatlarida 
nazarda tutilgan boshqa shartlar.
Faktoring xizmatlarini ko'rsatish shartnomasini tuzish chog'ida mijoz va bank 
moliyaviy agenti to'lovchini ushbu bitim tog'risida yozma ravishda xabardor qilishi 
kerak. To'lovni amalga oshirish uchun to'lovchining talab qilib olgungacha 
saqlanadigan depozit hisobvarag'ida mablag'lar yetishmagan taqdirda to'lovchining 
banki bank moliyaviy agentga to'lov topshiriqnomasining 2-son kartotekaga qabul 
qilganligini ma'lum etadi.
5.7. Banklarda faktoring operatsiyalarining buxgalteriy hisobi
Faktoring operatsiyalari bo'yicha to'lov hujjatlari hisobini yuritish uchun bank 
tomonidan kutilmagan holatlar hisobvaraqlarida 90966- «Xarid qilingan debitorlik 
qarzlari - faktoring» shaxsiy hisobvaraqlari ochiladi. Ushbu hisobvaraq debeti 
bo'yicha xarid qilingan debitorlik qarzlaming to'liq summasi aks ettiriladi, krediti 
bo'yicha esa to'lovchilar to'liq so’ndirgan, xarid qilingan debitorlik qarzlari hisobdan 
chiqariladi va quyidagicha buxgalteriya yozuvi amalga oshiriladi:
Dt 90966- “Sotib olingan debitorlik qarzlari - Faktoring”,
Kt 96331- “Sotib olingan debitorlik qarzlari-Faktoring bo'yicha kontr- 
hisobvaraq”.
Taraflar tomonidan faktoring pul talabini berish tog“ risidagi shartnoma 
imzolangandan keyin bank moliyaviy agent mablag'lami mijozning talab qilib 
olingungacha saqlanadigan depozit hisobvarag'iga diskont summasini chegirgan 
holda o'tkazishni amalga oshiradi va quyidagi buxgalteriya yozuvi bilan 
rasmiylashtiriladi:
Dt 11101- «Sotib olingan debitorlik qarzlari -Faktoring» hisobvarag'i,
Kt 20208- «Talab qilib olingungacha saqlanadigan depozitlar» va 
Kt 11195- «Sotib olingan debitorlik qarzlari -Faktoring - bo'yicha diskont» 
hisobvaraqlar.
Mablag'lami mijozning talab qilib olingungacha saqlanadigan depozit 
hisobvarag'iga o'tkazishni bank memorial orderlar bilan amalga oshiradi va ular ikki


nusxada rasmiylashtiriladi. Birinchi nusxa hisobvaraqlar bo'yicha buxgalteriya 
operatsiyalari 
amalga 
oshirilganidan 
keyin 
bankning 
kunlik 
hujjatlariga 
joylashtiriladi. Ikkinchi nusxasi belgilangan tartibda mijozga yuboriladi. Faktoring 
muddati tugaganidan so‘ng to'lovchi xaridordan kelib tushgan summaga quyidagi 
buxgalteriya yozuvi amalga oshiriladi:
Dt 20200-“Talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlar” 
to'lovchining 
hisobvarag‘i,
Kt 11101 -«Sotib olingan debitorlik qarzlari -Faktoring» hisobvaraq.
Diskont summasi debitorlik qarz bo'yicha to‘lovchidan mablag'lar kelib 
tushganidan so'ng, bank daromadiga o'tkaziladi:
Dt 11195-«Sotib olingan debitorlik qarzlari -Faktoring - bo'yicha diskont» 
hisobvarag’,
Kt 45217- «Sotib olingan debitorlik qarzlari bo'yicha daromadlar -Faktoring» 
hisobvarag'i va bir vaqtning o'zida to'lov hujjatlari balansdan tashqari hisobvaraqdan 
chiqariladi:
Dt 96331- “Sotib olingan debitorlik qarzlari-Faktoring bo'yicha kontr- 
hisobvarag’,
Kt 90966- “Sotib olingan debitorlik qarzlari - Faktoring- hisobvaraq.
Faktoring operatsiyalariga xos bo'lgan yuqori darajadagi xatar munosabati bilan 
banklar har oyda tijorat banklari tomonidan aktivlar sifatini tasniflash, ularga doir 
ehtimoliy talafotlami qoplash uchun barpo etiladigan zahiralami shakllantirish va 
ishlatish tartibiga muvofiq faktoring operatsiyalari sifatini tasniflab boradilar.
Zahiralar tashkil etilganda,
Dt 56814- «Sotib olingan debitorlik qarzlari -Faktoring bo'yicha ko'rilishi 
mumkin bo'lgan zararlami baholash» hisobvarag'i,
Kt 11199- «Sotib olingan debitorlik qarzlari-Faktoring-bo'yicha ko'rilishi 
mumkin bo'lgan zararlami qoplash zahirasi» hisobvaragi.
Agar zahira summasi hisobidan debitorlik qarzi qoplansa,
Dt 11199- «Sotib olingan debitorlik qarzlari-Faktoring-bo'yicha ko'rilishi 
mumkin bo'lgan zararlami qoplash zahirasi» hisobvaragi,
Kt 11101- «Sotib olingan debitorlik qarzlari -Faktoring» hisobvarag'i.

Yüklə 29,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin