68
foydalanishlari mumkin. Transliteratsiya tilni ma’lum tizim as osida o’zlashtirib ol-
masdan turib shu tilda muomala qila olish imkonini beradi.
Jahon xalqlari yozuvlarining yo’nalishlari ham bir-biridan farq qiladi.
1. O’zbeklar, Ruslar, olmonlar, inglizlar va boshqalar chapdan o’ngga q arab
yozadilar va o’qiydilar.
2. Arablar o’ngdan chapga qarab yozadilar va o’qiydilar.
3. Yaponlar yuqoridan pastga qarab yozadilar va o’qiydilar.
4. Xitoylar oxiridan oldinga qarab yozadilar va o’qiydilar.
5. Qadimgi greklar xarflarni teskari kilib yozganlar va o’qiganlar.
MASHQ VA NAZORAT UCHUN SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
- Yozuvning ahamiyati haqida nimalarni ayta olasiz?
- Yozuv, yozish va yozma nutq atamalarining ma’nolarini tushuntirib bering.
- Yozuvning paydo bo’lishi haqida qanday fikrlar mavjud?
- Yozuvning qanday turlarini bilasiz?
- Yozuv turlarini tavsiflab bering.
- Grafika nima bilan shug’ullanadi?
- Orfografiya nima?
- Orfografiyaning qanday prinsiplari mavjud?
- Jahon halqlari qaysi yozuvlardan foydalanadilar?
- O’zbek tili orfografiyasi haqida nimalarni bilasiz?
- Yozuvning maxsus turlari haqida nimalarni bilasiz?
- Yozuvning qanday yo’nalishlari mavjud?
Dostları ilə paylaş: