75
F o n o l o g i y a n i n g asosiy masalalari deganda: fonema nima? tillardagi
fonemalar soni, fonologik oppozitsiya, fonemalarning ma’no ajratuvchi xusus iyatlari,
fonemalarning kuchli va kuchsiz pozitsiyalari va boshqalar nazarda tut iladi.
Nutq tovushlari ikki guruhga bo’linadi:
a) unlilar,
b) undoshlar.
Unli tovushlar hosil bo’lish usuliga ko’ra o’pkadan chiqayotgan havoning
hech qanday to’siqqa uchramasdan bo’g’iz, og’iz yo ki burun bo’shlig’ida modi-
fikatsiya bo’lishi bilan hosil bo’lish jihati bilan undoshlardan ajralib turadi. Unlilar
quyidagicha klassifikatsiya qilinadi:
1. Og’izning ochilishiga ko’ra: keng, o’rta, tor unlilar.
2. Hosil bo’lish o’rniga ko’ra: old qator, o’rta qator, orqa qator unlilar.
3. Tilning ko’tarilishiga ko’ra: quyi ko’tarilish, o’rta ko’tarilish, yuqori ko’tarilish unli-
lari.
4. Lablarning ishtirokiga ko’ra: lablangan, lablanmagan.
5.Artikulyatsiyaning davomiyligiga ko’ra: cho’ziq, yarim cho’ziq, qis qa unlilar.
6. Artikulyatsiyaning turg’unligi (bir holatdan ikkinchisiga ) o’tishiga ko’ra: mono f-
tong, diftong.
Dostları ilə paylaş: