55
1.
GPJ tayyorlash uchun 1 l peptonli go‗sht sho‗rvasiga 100-120 g
maydalangan jelatin qo‗shiladi.
2.
Sho‗rvaga qo‗shilgan jelatinni eritish uchun kolba Kox qaynatkichida
yoki avtoklavda qizdiriladi. Аvtoklavning harorati 100
o
C dan ortib ketmasligi
uchun uning jo‗mragi ochiq bo‗lishi kerak, chunki jelatin yuqori haroratda o‗z
xususiyatini yo‗qotadi.
3.
GPJ aralashmasi Kox qaynatkichidan yoki avtoklavdan olingandan
keyin filtrlanadi. Buning uchun burmali filtr qo‗yilgan shisha voronka tunikadan
yasalgan ikki qavatli maxsus voronkaga joylashtiriladi va shu voronka ichiga
qo‗yilgan suv isitib turiladi. Bu filtrdan o‗tadigan go‗sht-pepton-jelatinnning
qotib qolishiga yo‗l qo‗ymaydi.
4.
Filtrat probirkaga yoki kolbalarga taqsimlanadi.
5.
Probirka va kolbalarning ogʼzi paxtadan yasalgan tiqin bilan berkitilib,
Kox qaynatkichi yoki avtoklavga joylanadi.
6.
GPJ eritmasidagi mikroorganizmlarning nobud qilish uchun 100
o
C da
15-20 daqiqa sterillanadi.
GPJ asosan sovuq sharoitda ishlatiladi, chunki harorat 24
o
C gacha isishi
bilan jelatin suyulib qoladi. Shuning uchun mikrobiologiya amaliyotida
ko‗pincha agar-agardan tayyorlangan ozuqa muhitidan foydalaniladi.
Go‗shtli pepton agari ozuqa muhiti (GPА) tayyorlash quyidagicha amalga
oshiriladi:
1.
GPА tayyorlash uchun kolbadagi 1 l peptonli go‗sht sho‗rvasiga 15-20 g
maydalangan agar-agar aralashtiriladi.
2.
Аralashmadagi agara-agarni eritish uchun kolba avtoklavga joylanib,
120
o
C haroratda 20 daqiqa qizdiriladi.
3.
Аgar-agar erigandan so‗ng bir dona tuxum oqi suvda suyultirilib,
avtoklav ichidagi eritmaga qo‗shiladi.
4.
Аvtoklavning qopqogʼi mahkam berkitilib, kolba ichidagi eritma 120
o
C
haroratda yana 15-20 daqiqa qizdiriladi.
5.
Eritma ichidagi oqsil va boshqa moddlar tuxum oqi ta‘sirida cho‗kadi,
tiniq eritma esa cho‗kma ustiga yigʼiladi.
6.
Shu tarzda tindirilgan GPА avtoklavdan olinib, issiq voronka orqali
filtrlanadi va probirkalarga yoki kolbalarga taqsimlanadi.
7.
GPА quyilgan idishlarning ogʼzi paxta tiqin bilan berkitilib, yana
avtoklavga joylanadi va 120
o
C haroratda yana 20-30 daqiqa sterillanadi.
Dostları ilə paylaş: