8
Bunda, instrumental-texnik tekshiruv ishlari uchun mablag‘lar Seysmologiya,
inshootlarning seysmik mustahkamligini va seysmik xavfsizlikni ta’minlash
sohasini qo‘llab-quvvatlash hisobidan qoplanishi belgilangan;
v) 2022 yil 1 oktyabrdan boshlab respublika hududidagi ko‘p kvartirali uy-
joylarni yillar kesimida zilzilabardoshlik bo‘yicha xatlovdan o‘tkazish amaliyoti
yo‘lga qo‘yiladi va xatlov natijasiga ko‘ra ekspluatatsiya muddatini o‘tab bo‘lgan
seysmik zaif va avariya alomatlari aniqlangan ko‘p kvartirali uy-joylar o‘rnida
bosqichma-bosqich
yangi
uy-joylar qurish
bo‘yicha
takliflar
mahalliy
davlat hokimiyati organlariga kiritib boriladi.
Bunda, Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi ko‘p kvartirali uy-
joylarni zilzilabardoshlik bo‘yicha xatlovdan o‘tkazishga mas’ul bo‘lgan davlat
boshqaruvi organi etib belgilangan;
g) 2023 yil 1 maydan boshlab suv omborlari to‘g‘onlarining
zilzilabardoshligini doimiy kosmik monitoring qilish tizimi yo‘lga qo‘yilib, mazkur
yo‘nalishdagi mas’ul davlat organlari kosmik suratlar hamda
ishlov berilgan
ma’lumotlar bilan ta’minlab boriladi.
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar
agentligi mazkur tizimni yo‘lga qo‘yish uchun mas’ul davlat organi etib belgilangan.
Bundan tashqari farmonning 7-bandida 2023 yildan boshlab respublikaning
seysmik faol zonalarida balandligi 9 qavat yoki undan yuqori bo‘lgan seriyali
qurilishi
rejalashtirilgan
yoki
tanlab
olingan
bino
va
inshootlarning
zilzilabardoshligini oshirish, sifatini ta’minlash hamda
kamchiliklarni oldindan
bartaraf etish maqsadida vibrodinamik uskuna yoki zamonaviy raqamlashtirilgan
instrumental asbob-uskunalar yordamida sinov va tekshiruv o‘tkazib borilishi, sinov
va tekshiruvlar qurilish ishlariga mas’ul bo‘lgan buyurtmachi tashkilotlar tomonidan
o‘tkazilishi belgilangan.
Shuningdek ushbu farmon bilan 2023 yil 1 yanvardan boshlab:
a) seysmik xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha davlat organlari rahbar kadrlari
va
xodimlarining
Aholining
barcha qatlamlarini
zilzilaga
tayyorlashga
mo‘ljallangan milliy elektron platforma orqali malakasini oshirish va qayta
tayyorlash kurslari o‘tkazib boriladi.
Bunda, malaka oshirish va qayta tayyorlash kurslari rahbar kadrlarning
aholiga zilzilalar vaqtida o‘zini tutish qoidalarini tushuntirish,
kuchli zilzilalardan
talafotlarsiz chiqish hamda kuchli zilzilalarga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha
ko‘nikmalarini oshirishga yo‘naltiriladi;
b) Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Fanlar akademiyasi:
har uch yilda malaka oshirish va qayta tayyorlash kurslarini tashkil etib
boradi;
milliy elektron platformaga malaka oshirish bo‘yicha zamonaviy dasturlarni
ishlab chiqib, kiritadi va muntazam ravishda yangilab boradi.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi Fanlar akademiyasi bilan birgalikda 2022 yil
1 dekabrga qadar milliy elektron platformaning yuritilishi hamda malaka oshirish
va qayta tayyorlash kurslarini o‘tkazish tartibini tasdiqlash va amalga kiritish
vazifasi belgilangan.
Ushbu farmonga asosan Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan:
9
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan
birgalikda 2022 yil 1 avgustga qadar aholining barcha qatlamini zilziladan oldin,
zilzila vaqtida va zilziladan so‘ng to‘g‘ri harakat qilishga mustaqil o‘rgatish uchun
mo‘ljallangan mobil ilovani ishlab chiqishi;
2023 yil 1 iyunga qadar O‘zbekiston Respublikasi
aholisini zilzilaga
tayyorlash
tartibi
to‘g‘risidagi
nizomni
tasdiqlashni
nazarda
tutuvchi Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqshi va belgilangan tartibda Vazirlar
Mahkamasiga kiritilishi belgilangan.
Dostları ilə paylaş: