3
Bu masalalarda Respublikamizda jiddiy o‘zgarishlar amalga oshirildi. Biroq,
dindan o‘z g‘arazli maqsadlari yo‘lida foydalanishga urinish,
dinni yagona
xukmron mafkuraga aylantirishga harakat qiluvchilar ham yo‘q emas edi. Ana
shunday sharoitda «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida» qonun qabul
qilish hayotiy zaruratga aylandi. Bu qonun mutlaqo yangi sharoitda dinning, diniy
tashkilotlarning jamiyatdagi o‘rnini, davlat va din munosabati tamoyillarini
belgilab berishi lozim edi.
1991 yil 14 iyunda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi ana shunday
qonunni qabul qildi.
1998 yil 1 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining XI
sessiyasida “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi qonunning 23
moddadan iborat yangi tahriri qabul qilindi. Qonunning 3-moddasi «Vijdon
erkinligi huquqi» deb nomlangan. Bu moddada quyidagi qoidalar yozilgan:
«Fuqaro o‘zining dinga, dinga e’tiqod qilishga yoki e’tiqod etmaslikka, ibodat
qilishda diniy rasm-rusumlar va marosimlarda qatnashish yoki qatnashmaslikka
nisbatan o‘z munosabatini belgilayotgan paytda
uni u yoki bu tarzda majbur
etishga yo‘l qo‘yilmaydi». Bu ayni vaqtida belgilangan hayotiy qoidadir.
Bu qoidani buzganlik uchun fuqaro O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat
Kodeksining 145-moddasiga ko‘ra, eng kam ish haqining 75 barobaridan 100
barobariga miqdorda jarima solish yoki 6 oygacha qamoq, yoxud 3 yildan 5
yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Qonunning 4-moddasi «Fuqarolarning dinga munosabatidan qat’iy nazar teng
huquqliligi» deb nomlangan.
Binobarin, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari dinga munosabatidan qat’i
nazar, qonun oldida tengdirlar.
Qonun talabiga ko‘ra, rasmiy hujjatlarda (masalan, fuqaro pasportida)
fuqaroning dinga munosabati ko‘rsatilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Fuqarolarning dinga
munosabatiga qarab huquqlari cheklanmaydi yoki ularga hech qanday imtiyozlar
berilmaydi. SHuningdek, bir-biriga nisbatan dushmanlik va adovat ko‘zg‘atish,
diniy yoki daxriylik xis-tuyg‘ulari uchun haqoratlash ta’qiqlanadi.
Bundan
tashqari, mazkur moddada hech kim diniy e’tiqodini ro‘kach qilib qonunda
belgilangan majburiyatlarni bajarishdan bosh tortishi mumkin emasligi ham qayd
etilgan.
Qonunning «Ta’lim tizimi va din» deb atalgan 7-moddasida quyidagilar yozib
quyilgan: «O‘zbekiston Respublikasida ta’lim tizimi dindan ajratilgan. Ta’lim
tizimining o‘quv dasturlariga diniy fanlar kiritilishiga yo‘l qo‘yilmaydi».
Bu qoidani quyidagicha tushunish kerak:
Respublikamizda davlat o‘quv yurtlarida diniy ta’lim berilmaydi, ya’ni
maktabgacha ta’lim, umumiy ta’lim, o‘rta maxsus va oliy o‘quv yurtlari o‘quv
rejalariga din dars sifatida kiritilmaydi. CHunki, bu o‘quv yurtlari dunyoviy
bilimlar beruvchi maskanlardir.
Lekin, fuqarolar mutlaqo diniy ta’lim olish huquqiga ega emas, degan ma’no
kelib chiqmaydi. O‘zbekiston fuqarolari diniy ta’lim olishlari mumkin. Biroq,
bunda albatta, qonunda belgilangan tartibga amal qilish shart. Xo‘sh, bu qonunning
tartiblari nimalardan iborat?
4
«Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida»gi qonunga ko‘ra
voyaga
etmagan bolalarni ularning ota-oanlari yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar
roziligisiz diniy tashkilotga jalb etish, diniy bilim berishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Oliy va o‘rta diniy o‘quv yurtlarida ta’lim olish uchun fuqarolarga umumiy
majburiy o‘rta ta’limdan keyin ruxsat etiladi. Bu diniy o‘quv yurtlari albatta davlat
ro‘yxatidan o‘tgan bo‘lishi lozim. Diniy o‘quv yurtlarida ta’lim beruvchilar albatta,
diniy ta’lim olgan bo‘lishlari hamda diniy ta’lim berishga qonunda belgilangan
tartibda ruxsat olgan bo‘lishlari lozim. Bu belgilangan qoidalardan boshqa
shakllarda diniy ta’lim berish qonun yo‘li bilan man etiladi.
Belgilangan
tartiblarning
buzilishi
qonunga
muvofiq
javobgarlikka
tortilishgacha olib keladi. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining
145-moddasiga ko‘ra voyaga etmagan bolalarni diniy
tashkilotlarga jalb etish,
shuningdek, ularni ixtiyoriga, ota-onalari yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar
ixtiyoriga zid tarzda diniy bilim berganlar eng kam ish haqining 50 barobaridan 75
barobarigacha miqdorda jarima solinishiga yoki 2 yildan 3 yilgacha ahloq tuzatish
ishlari, yohud 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Istiqlol yillarida din sohasida chuqur o‘zgarishlar sodir bo‘ldi. O‘zbekistonda
turli dinlarga mansub qadriyatlarni asrab-avaylashga, barcha fuqarolarga o‘z
e’tiqodini amalga oshirish uchun zarur sharoitlarni yaratib berishga,
dinlar va
millatlararo hamjihatlikni yanada mustahkamlashga, ular o‘rtasida qadimiy
mushtarak an’analarni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Jumladan,
1995 yilning oktyabr oyida Toshkent shahrida “Bir samo ostida” shiori ostida
xalqaro musulmon-xristian konferensiyasi o‘tkazilishi, 1996 yilning noyabrida Rus
pravoslav cherkovi Toshkent va Markaziy Osiyo eparxiyasining 125
yilligi
tantanalari o‘tkazilishi fikrimizning isbotidir.
2013 yilning 1 yanvar holatiga ko‘ra, respublikamizda 16 konfessiyaga
(Islom, Rus pravoslav
cherkovi, Rim-katolik cherkovi, Nemis-lyuteran cherkovi,
Arman-apostol cherkovi, To‘liq injil xristianlari, Evangel-xristian baptistlar
cherkovi, Novoapostol cherkovi, Ettinchi kun adventistlari, “Golos bojiy”, Iegovo
shohidlari, Koreys protestant cherkovlari, YAhudiylik,
Bahoiylik, Krishnani
anglash jamiyati, Buddaviylik) mansub 2224 ta diniy tashkilot rasman faoliyat olib
boradi. Jumladan, 2037 ta masjid, 2 ta markaz, Toshkent islom instituti, 9 ta o‘rta
maxsus islom bilim yurti, shuningdek, jami 175 ta noislomiy diniy tashkilot,
jumladan, Pravoslav va Protestant seminariyalari faoliyat ko‘rsatmoqda.
Dostları ilə paylaş: