JOURNAL OF MARKETING, BUSINESS AND MANAGEMENT(JMBM)/SJIF FACTOR: 5.57
www.jmbm.uz VOLUME 1, ISSUE 11 (February) ISSN: 2181-3000
Page 72
8.
Zargarlik buyumlarini
ta'mirlash va tayyorlash
Zargarlik buyumlari tayyorlash va ta'mirlash
hamda zebu-ziynat tayyorlanadigan toshlar va
ularni qotiruvchilarini qayta ishlashni o‘z ichiga
oladigan kompleks amallar
Xuddi shunday yana 18 ta maishiy xizmatlar tarkibiga kiruvchi faoliyat turlari
mavjud. Bular:
1. Mebel tayyorlash, restavratsiya qilish va ta'mirlash;
2. Kimyoviy tozalash va bo‘yash;
3. Kirlarni yuvish xizmati;
4. Uy-joy va boshqa binolarni ta'mirlash va qurish;
5. Transport vositalari, mashina va uskunalarga texnik xizmat ko‘rsatish;
6. Rasmxona, rasm chiqarish laboratoriyasi (fotoxizmat) xizmatlari;
7. Kino xizmatlari;
8. Hammom-sog‘lomlashtirish majmualari xizmati;
9. Sartarosh xizmati;
10. Yuz va tana terisini parvarishlash xizmati (kosmetika xizmati);
11. Qo‘l va oyoq tirnoqlari va terisini parvarishlash xizmati;
12. Postijyerlik xizmati;
13. SPA xizmati;
14. Kosmetik tatuaj;
15. Prokat;
16. Diniy marosim xizmatlari;
17. Tozalash bo‘yicha xizmatlar;
18. Uy xo‘jaligini yuritish bo‘yicha xizmatlar.
Maishiy xizmat ko’rsatish sohasi aholi turmush darajasi, farovonligi, o’zini
o’zi bandligi bo’yicha quyidagilarga yo’naltirilgan:
aholining uy xo’jaligi, yashash tarzi, daromadlaridan kelib chiqib, turli maishiy
xizmatlarga bo’lgan ehtiyojini maksimal qondirish;
aholining oila va uy xo’jaligida qo’l mehnati sarfini kamaytirish;
o’zini o’zi bandligini ta’minlash;
zamonaviy kasblar, IT bo’yicha bilim va ko’nikmalarni egallash;
sotuvdan keyingi servisni rivojlantirish;
turmush sharoiti va hayot faoliyatini yaxshilash imkonini beradi;
predmet va buyumlarning iste’mol qiymatini yanada oshirish hamda ularni
tiklashga imkon beradi;
ishchi kuchini takror kengaytirilgan ishlab chiqarishda ishtirok etadi.
Dostları ilə paylaş: