Umumiy qoidalar


 -modda. Tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini va (yoki) ularning banklardagi



Yüklə 2,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə154/271
tarix14.12.2023
ölçüsü2,57 Mb.
#179769
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   271
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi

192 -modda. Tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini va (yoki) ularning banklardagi
hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalarni qonunga xilof ravishda to‘xtatib turish
Tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini va (yoki) ularning banklardagi hisobvaraqlari
bo‘yicha operatsiyalarni qonunga xilof ravishda to‘xtatib turish, shunday harakatlar uchun
ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa, —
Oldingi
 tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda
jarima yoki uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud uch yuz soatdan uch yuz
oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud uch
yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
2
2
2
2
2
3


(192 -moddaning birinchi qismi sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi
O‘RQ-586-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y.,
03/19/586/4106-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 
241 -moddasi
.
O‘sha harakatlar:
a) ko‘p miqdorda zarar yetkazgan holda;
b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan bo‘lsa, —
Oldingi
 tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan besh yuz baravarigacha miqdorda
jarima yoki muayyan huquqdan mahrum qilib, uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash
yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(192 -moddaning ikkinchi qismi sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi
O‘RQ-586-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y.,
03/19/586/4106-son)
O‘sha harakatlar:
a) juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan holda;
b) uyushgan guruh manfaatlarini ko‘zlab sodir etilgan bo‘lsa, —
Oldingi
 tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining besh yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda
jarima yoki muayyan huquqdan mahrum qilib, besh yildan yetti yilgacha ozodlikdan mahrum
qilish bilan jazolanadi.
(192 -moddaning uchinchi qismi sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi
O‘RQ-586-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y.,
03/19/586/4106-son)

Yüklə 2,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   271




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin