199-modda. O‘simliklar kasalliklari yoki zararkunandalari bilan kurash talablarini buzish O‘simliklar kasalliklari yoki zararkunandalari bilan kurash talablarini buzish og‘ir
oqibatlarga sabab bo‘lsa, —
Oldingi tahrirga qarang. bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki
besh yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy
jamoat ishlari yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni
cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(199-moddaning sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son) LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Qishloq xo‘jalik o‘simliklarini zararkunandalar, kasalliklar va begona o‘tlardan himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonuni , O‘zbekiston Respublikasining “O‘simliklar karantini to‘g‘risida”gi Qonuni , O‘zbekiston Respublikasining “Urug‘chilik to‘g‘risida”gi Qonuni 26- moddasining oltinchi qismi , O‘zbekiston Respublikasining “O‘rmon to‘g‘risida”gi Qonuni 24-moddasi , O‘zbekiston Respublikasining “Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida”gi Qonuni 17-moddasi birinchi qismining o‘n oltinchi xatboshisi . Oldingi tahrirga qarang. 200-modda. Veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalarini buzish (200-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 26-dekabrdagi O‘RQ-416-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 52-son, 597-modda) Oldingi tahrirga qarang. Veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalarini buzish hayvonlarning yoki
parrandalarning epidemik kasalliklari (epizootiyalar) tarqalishiga, ularning yalpi qirilib ketishiga
yoki boshqa og‘ir oqibatlar kelib chiqishiga sabab bo‘lsa, —
(200-moddaning dispozitsiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 26-dekabrdagi O‘RQ-416- sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 52-son, 597-modda) Oldingi tahrirga qarang. bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki
besh yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy
jamoat ishlari yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni
cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(200-moddaning sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son) LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Veterinariya to‘g‘risida”gi Qonuni (Yangi tahriri).