Qarang: O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi 191-moddasining
ikkinchi qismi
.
Qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlarni tashkil etish yoki o‘tkazish uchun
telekommunikatsiya tarmoqlarida, shu jumladan Internet jahon axborot tarmog‘i provayderlari
tomonidan xizmatlar ko‘rsatish, tegishli dasturiy ta’minotdan nusxa ko‘paytirish, uni ko‘paytirish,
tarqatish, shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa, —
Oldingi
tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yetmish besh baravarigacha miqdorda
jarima yoki uch yuz soatdan uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud uch
yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
(278-modda to‘rtinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi
O‘RQ-586-sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y.,
03/19/586/4106-son)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi 191-moddasining
uchinchi qismi
.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 28-
martdagi PQ-608-sonli “Qimor o‘yinlarini tashkil etish va o‘tkazish bilan bog‘liq noqonuniy faoliyatning
oldini olish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi
qarori
va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
2007-yil 16-avgustdagi 176-sonli “Qimor o‘yinlarini tashkil etish va o‘tkazishni yanada tartibga solish
chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi
qarori
.
(278-modda to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-109-sonli
Qonuni
tahririda — O‘R QHT, 2007-y., 37-38-son, 377-modda)
Oldingi
tahrirga qarang.
Dostları ilə paylaş: