22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi
111-modda. Ehtiyotsizlik orqasida badanga o‘rtacha og‘ir yoki og‘ir shikast yetkazish Ehtiyotsizlik orqasida badanga o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish —
Oldingi tahrirga qarang. bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz
soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
(111-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son) Ehtiyotsizlik orqasida badanga og‘ir shikast yetkazish —
Oldingi tahrirga qarang. bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravaridan ellik baravarigacha miqdorda
jarima yoki uch yuz soatdan uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yildan
uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
(111-modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son) Ehtiyotsizlik orqasida ikki yoki undan ortiq shaxs badaniga o‘rtacha og‘ir yoki badanga og‘ir
shikast yetkazish —
Oldingi tahrirga qarang. bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yetmish besh baravarigacha miqdorda
jarima yoki uch yuz oltmish soatdan to‘rt yuz sakson soatgacha majburiy jamoat ishlari bilan
jazolanadi.
(111-modda uchinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son) LexUZ sharhi Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2007-yil 27- iyundagi 6-sonli “Badanga qasddan shikast yetkazishga oid ishlar bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarori 7-bandining uchinchi xatboshisi va 22-bandining birinchi xatboshisi .