22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi
IV bob. Jinsiy erkinlikka qarshi jinoyatlar 118-modda. Nomusga tegish Oldingi tahrirga qarang. Nomusga tegish, ya’ni zo‘rlik ishlatib, qo‘rqitib yoki jabrlanuvchining ojizligidan foydalanib,
jinsiy aloqa qilish, —
besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Nomusga tegish:
a) ikki yoki bir necha shaxsga nisbatan;
b) takroran, xavfli retsidivist tomonidan yoki ilgari ushbu Kodeksning
119
,
121
,
128
va (yoki)
129-moddalarida
nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etgan shaxs tomonidan;
v) bir guruh shaxslar tomonidan;
g) o‘ldirish bilan qo‘rqitib;
d) nogironlik belgisiga ega ekanligi aybdorga ayon bo‘lgan shaxsga nisbatan sodir etilgan
bo‘lsa, —
sakkiz yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Nomusga tegish:
a) o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxsga nisbatan;
b) yaqin qarindoshga, sobiq xotiniga (sobiq eriga), bir ro‘zg‘or asosida birgalikda
yashayotgan shaxsga yoxud umumiy farzandga ega bo‘lgan shaxsga nisbatan;
v) jabrlanuvchini tarbiyalash, o‘qitish va (yoki) unga g‘amxo‘rlik qilish majburiyatlarini
bajarayotgan shaxs tomonidan, shuningdek jabrlanuvchiga qarab turish majburiyatlari qonun
bilan zimmasiga yuklatilgan ta’lim, tarbiya, davolash yoki boshqa muassasaning xodimi
tomonidan;
g) ommaviy tartibsizliklar ishtirokchisi tomonidan;
d) o‘ta xavfli retsidivist tomonidan sodir etilgan bo‘lsa;
e) og‘ir oqibatlarga olib kelgan bo‘lsa, —
o‘n yildan o‘n besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O‘n to‘rt yoshga to‘lmagan shaxsning nomusiga tegish, —
o‘n besh yildan yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(118-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 11-apreldagi O‘RQ-829-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.04.2023-y., 03/23/829/0208-son) LexUZ sharhi Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2010-yil 29- oktabrdagi 13-sonli “Nomusga tegish va jinsiy ehtiyojni g‘ayritabiiy usulda qondirishga doir ishlar bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarori , O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2004-yil 24- sentabrdagi 13-sonli “Qasddan odam o‘ldirishga oid ishlar bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarorining 13-bandi .