1-jadval
Rejalashtirish usullarini uning bosqichlariga kiritish
Rejalashtirish bosqichlari
Rejalashtirish usullari
Maqsadlarni
shakllantirish
Muammolarni
qo’yish
Muqobil
variantlarni
topish
Prognoz
qilish
Baholash
Qarorlar
ni qabul qilish
Baholash
O’z xarajatlarini qoplash
nuqtasini tahlil qilish
X
Investistiya hisob-kitoblari
X
X
Foydalilik nazariyasi usullari
X
Xatarni tahlil qilish usuli
X
X
Foyda va xarajatlarni tahlil
qilish
X
Ta’sirchanlikni tahlil qilish
X
X
X
X
X
Qarorlar qabul qilish
Optimallashtirish usullari
X
X
X
Evristik usullar
X
X
X
Imitastiya
X
X
X
X
X
Qarorlar daraxti usullari
X
X
X
Quyidagi sharoitlarda
qarorlar qabul qilish:
aniqlik
X
X
X
ma’lum darajadagi xatar
X
X
noma’lum xatar
X
X
72
gap ketganda esa raqobatlashuvchi, ekstremal holatlarda – qarama-qarshi
maqsadlar nazarda tutiladi. Texnik-iqtisodiy jihat bozorning ushbu
sharoiti, quvvatlar, sarmoyani qo’llash va hokazolar uchun maqsad
qanchalik real tanlanganligini ko’rsatishi lozim (uning amalga oshirilish
darajasi, talablar darajasi). Kadrlar nuqtai nazaridan maqsadlarni tahlil
qilish ishga jalb etilgan xodimlarning malakasi va bilimi, shuningdek
ularning qiziqtirilishi belgilangan maqsadlarga erishish uchun qanchalik
etarli ekanligini aniqlab berishi zarur.
Shu tariqa tanlangan maqsadlar tizimi rejalashtirishning keyingi
bosqichlari bilan uyg’unlashganligi nuqtai nazaridan tahlil qilinishi kerak.
Rejalashtirishning keyingi bosqichlari vazifalarini bajarish jarayonida
belgilangan maqsadlarning o’zgarishi yoki mutlaqo yangi maqsadlarning
shakllanishi ehtimoldan holi emas, shuning uchun tanlangan maqsadlar
tizimi faqat boshlang’ich bo’lishi mumkin. Bundan kelib chiqadiki,
maqsadlarni shakllantirish bosqichida alohida muqobil variantlarga,
prognozlarga, shuningdek qabul qilingan qarorlarni baholashga mos
keluvchi alohida vazifalar paydo bo’ladi . Maqsadlarni shakllantirish
bosqichida maqsadlarni tahlil qilishning qator usullaridan foydalanish
mumkin, xususan: maqsadlar daraxti, indeksli, matristali usullar.
Muammolarni tashxis qilish (diagnostika) rejalashtirish jarayonining
ikkinchi bosqichi hisoblanadi.
Muammolarni tashxis qilish – bu maqsad bilan rejalashtirishning
qandaydir davri uchun obyektning prognoz qilinayotgan holati haqidagi
tasavvur o’rtasidagi farqlarni aniqlash.
Ushbu bosqich maqsadlarni shakllantirish bilan bog’liq, ya’ni
oldindan belgilangan maqsadlarsiz bironta muammo shakllantirilishi
mumkin emas. Faqat maqsad reja topshirig’i ko’rinishida ifodalangan va
belgilanganidan keyingina bundan keyin maqsadga erishish ta’minlanishi
uchun qanday tadbirlar amalga oshirilishi lozimligini belgilab olish
mumkin.
Ilmiy tadqiqotlarda hozirgi vaqtda hal etilmagan va shu tariqa fanni
rivojlantirish uchun muhim turtki bo’ladigan ilmiy vazifa muammo
hisoblanadi. Rejalashtirish munosabati bilan muammo amaldagi holat
bilan kelgusida prognoz qilinayotgan holat yoki qidirilayotgan (maqsad
bilan belgilangan) rejaviy holat o’rtasidagi farq sifatida belgilanadi. Agar
rejalashtirishning qandaydir davri uchun, masalan, ushbu davr uchun
kutilayotgan vaziyatni prognoz qilish mukin bo’lsa va u oldindan
belgilangan maqsaddan farq qilsa, o’lchangan farq rejalashtirish chog’ida
qo’yilgan muammoni o’zida mujassam etadi. Farqning kattaligini
73
“muammoli oraliq” sifatida belgilash mumkin. Agar ushbu oraliqni
aniqlashtirishga eltuvchi qadamlar haqida to’xtaladigan bo’lsak, ular
quyidagicha tarzda yoritilishi mumkin:
Dastlab mavjud vaziyat yoritiladi va tahlil qilinadi (vaziyatni tahlil
qilish).
So’ngra esa istiqbol uchun, agar mazkur davrda istalgan vaziyatni
shakllantirish yuzasidan qo’shimcha tadbirlar nazarda tutilmagan bo’lsa,
rejalashtirishning ko’rib chiqilayotgan davrida vaziyatning qanday
o’zgarishi yuz berishi mumkinligi aniqlanadi (vaziyatni prognoz qilish).
Yakuniy maqsad ushbu davrning prognoz qilinayotgan holati bilan
taqqoslanadi (muammoli oraliqni aniqlash).
Prognoz qilinayotgan holatning belgilangan maqsaddan farq qilishi
muammoli oraliq hisoblanadi va u rejani ishlab chiquvchi taklif etgan
tadbirlar yordamida bartaraf etilishi lozim.
Bunda prognoz qilinayotgan vaziyat muammoni hal etish yuzasidan
tadbirlarni amalga oshirish uchun zamin sifatida tushunilishi kerak.
Muammoli oraliqlar qanchalik aniq va erta aniqlansa, ularni hal etishning
muqobil variantlarini topish ehtimoli shunchalik yuqori bo’ladi.
Yalpi muammolarning hal etilishi rejalashtirishning alohida holati
hisoblanadi. Ular ko’pincha muammolarni qismlarga ajratish, ularning
tarkibiy qismlarini aniqlash maqsadida alohida muammolarni tahlil qilish,
shuningdek ayrim muammolar o’rtasidagi o’zaro bog’liqlikni tahlil qilish
uchun sabab bo’ladi. Alohida muammolarning o’zaro bo’ysunishi
muammolarning ko’rgazmali ierarxiyasini barpo etishga olib keladi, bu
umumiy yalpi muammoni maqsadli hal etish uchun boshlang’ich nuqtaga
aylanadi.
Muammoli oraliq sabablarni tahlil qilish usuli bilan tadqiq etilishi
mumkin . Bunga quyidagilar kiradi: tizimli tahlil, ABC-tahlil va b.
Uchinchi bosqich muqobil variantni qidirishdan iborat. Muqobil
variant – bu belgilangan maqsadga erishishning boshqa ehtimoliy
usullardan farq qiluvchi usuli. Odatda, muqobil variant echimni
shakllantiruvchi
muayyan
o’zgaruvchanlar
(tadbirlar)
kombinastiyalaridan
tarkib
topadi.
O’zgaruvchanlar o’zgarganda
muayyan muqobil variantga erishiladi, bunda shuni nazarda tutish
lozimki, turli darajadagi muvaffaqiyatli turli muqobil variantlar maqsadga
erishishga, bu bilan esa muammoning hal etilishiga olib keladi.
Muammoning hal etilishi bir necha muqobil variantlarni nazarda
tutsa, ularning har biri uchun muqobil reja tuzilishi mumkin. Agar
muammoni tizimli va to’liq hal etish maqsad qilinsa, u holda hamma vaqt
74
qaysi muqobil variantlar iqtisodiy, texnik, ijtimoiy, huquqiy va ekologik
sharoitlarni hisobga olgan holda amalga oshirilishi mumkinligini bilish
lozim. Amalga oshirilishi mumkin bo’lgan barcha muqobil variantlar yo’l
qo’yiladigan qiymatlar sohasini tashkil etadi.
Yo’l qo’yiladigan qiymatlar sohasi – bu hozirgi vaqtda rejani
tuzuvchining ixtiyorida mavjud bo’lgan amalga oshirish uchun yaroqli
hisoblangan ko’plab muqobil variantlar. Ushbu muqobil variantlar bir
birini inkor etadigan darajada shakllantirilishi kerak.
Yo’l qo’yiladigan soha muqobil variantlarning yakuni yoki cheksiz
miqdorini o’zida mujassam etishi mumkin. Biroq rejalarni tuzuvchi
o’ziga xos yo’l qo’yiladigan sohani cheklashidan avval, u muqobil
variantlarni aniqlash, ularni shakllantirish va tahlil qilishdek murakkab
vazifani hal etishiga to’g’ri keladi. Yo’l qo’yiladigan sohani bir necha
muqobil variantlar yoki bitta muqobil variant bilan muddatidan oldin va
shoshilinch cheklash og’ir oqibatlarni keltirib chiqaruvchi noto’g’ri
qarorlarning qabul qilinishiga olib kelishi mumkin. Muqobil variantning
kelgusidagi oqibatlar qanday, ya’ni uning yordamida maqsadga
erishishning qanday darajasiga erishish mumkinligi oqibatlarni prognoz
qilish yo’li bilan belgilanishi lozim. Reja ishlab chiquvchisining ijodi
ijobiy
oqibatlarni
keltirib
chiqarvchi
muqobil
variantlarni
shakllantirishdan iborat.
Tarkibiga ko’ra sodda va kombinastiyalangan (yalpi) muqobil
variantlar mavjud. Sodda muqobil variantlar ierarxik va vaqtga ko’ra
alohida muqobil variantlarga yoki tadbirlarga ajralmaydi, ular muqobil
zanjir bo’g’inlari hisoblanamaydi, ular vaqtga ko’ra o’zgarmasdan qoladi
va keyingi muqobil variantlar bo’yicha qabul qilinadigan qarorlarga
bog’liq emas. Yalpi muqobil variantlar esa ierarxi yuqori yoki quyi
turuvchi, vaqtga ko’ra esa o’tgan va keyingi alohida muqobil variantlarga
ajratilishi mumkin yoki muqobil zanjirda bo’g’inlar bo’lgani holda
avvalgi va keyingi muqobil variantlarga bog’liq bo’ladi. Lekin ular –
huddi sodda muqobil variantlar singari, – odatda noaniq voqealar yoki
sharoitlarga bog’liq bo’ladi, demak, ushbu muqobil variantlar ham turli
sharoitlarda har xil oqibatlarga ega bo’lishi mumkin. Qarorlarni qabul
qilish daraxti vaqtga ko’ra bir-birining ketidan keluvchi alohida muqobil
variantlar zanjirida umumiy muqobil variantlarni aniqlashning oddiy usuli
hisoblanadi. Alohida muqobil variantlar bunda ehtimoliy voqealar bilan
shartlanadi.
Muqobil variantlarni qidirish deganda maqsadlarga erishish
usullarini muntazam aniqlash, shakllantirish va tahlil qilish tushuniladi.
75
Ushbu vazifani bajarish uchun quyidagi alohida vazifalardan tarkib
topgan qidiruv jarayonini amalga oshirish zarur:
alohida g’oyalar (muammolarni hal etish yuzasidan ko’rsatmalar,
yondashuvlar)ni muntazam va ko’p tomonlama qidirish;
alohida g’oyalarni mustaqil muqobil variantlarga aylantirish;
topilgan muqobil variantlarni aniq ifodalash;
muqobil variantlar tarkibini va alohida muqobil variantlarning
o’zaro nisbatini tahlil qilish;
yo’l qo’yiladigan sohada muqobil variantlarni cheklash (ikkinchi
darajali sharoitlar mavjud bo’lganda amalga oshirilishi mumkin bo’lgan
muqobil variantlarni chiqarib tashlash);
yo’l qo’yiladigan sohaning to’liqligini tekshirish.
Yo’l qo’yiladigan sohaning aniqlanishi muqobil variantlarni
qidirishni nihoyasiga etkazadi. Qidirish jarayonida erishilgan natija
hududiy qaror sifatida rejalashtirish, prognozlashtirish va qarorlar qabul
qilishni baholashning keyingi bosqichi uchun asosni hosil qiladi.
G’oyalarni qidirish usullari sifatida quyidagi usullar qo’llaniladi: miya
hujumi usullari, morfologik va sinektik usullar.
Rejalashtirish jarayonining to’rtinchi bosqichi – prognozlashtirish.
Rejalashtirish uchun kelgusidagi ishlarning ahvoli haqida tasavvur
beruvchi axborot muhim ahamiyat kasb etadi; o’z mohiyatiga ko’ra bu
prognoz axboroti. Prognoz axborotining o’z prognoz deb, unga erishish
jarayoni esa prognozlashtirish deb nomlanadi.
Prognozlashtirish va rejalashtirish ularni muayyan izchillikda
bajarish qarorlarning samaradorligini ta’minlash imkonini beruvchi
uslubiy usullar tizimi hisoblanadi. Bu shu bilan bog’liqki, tizimli birlikka
va bosqichlarning belgilangan izchilligi: «qidiruv prognozi – normativ
prognoz – strategik rejalashtirish – biznesni rejalashtirish – istiqboliy
rejalashtirish – joriy rejalashtirish – tezkor rejalashtirish»ga amal qilish
tashkiliy-ishlab chiqarish tizimining tashqi bozor muhiti, tashkiliy-ishlab
chiqarish tizimi va uning kichik tizimlari – alohida ishlab chiqarishlar,
bo’linmalarning holati bilan bog’liq noaniqliqlarni izchil ochib berishga
imkon yaratadi.
Muqobil variantlarni baholash va qarorlarni qabul qilish.
Maqsadlarni
shakllantirish,
muammolarni
qo’yish,
muqobil
variantlarni qidirish va prognozlashtirish bosqichining vazifalari
bajarilgach reja tuzuvchisi yoki reja guruhi ular maqsadining
samaradorligi tekshiriladigan rejalarning cheklangan sonini ishlab
76
chiqadi. Amalga oshirish uchun faqat bir reja taklif etilishi mumkinligi
bois ishlab chiqilgan muqobil rejalar bo’yicha qaror qabul qilish lozim.
Qaror qabul qilish – bu ikkinchi darajali sharoitlarni hisobga olgan
holda maqsad qo’yilganda optimal muqobil variantni tanlash.
Ishlab chiqilgan muqobil harakatlarning barcha ijobiy va salbiy
oqibatlarini chamalab eng optimal muqobil rejani tanlash zarur.
Muqobil rejani qabul qilish to’g’risidagi qaror oqilona tanlov
harakati hisoblanadi. Qarorlar qabul qilish mantig’i nuqtai nazaridan
baholash – bu muqobil variantlar yordamida maqsadga erishish darajasini
tavsiflovchi kattalik.
Baholash natijasida ko’rib chiqish uchun qabul qilingan barcha
muqobil variantlar saflanadi, bu oqilona qaror qabul qilish imkonini
beradi. Ayrim holatlarda, masalan, bir necha nazarda tutilayotgan
maqsadlar ko’zlanganda muqobil variantlarni darajalar bo’yicha
tasniflash zarur bo’lishi mumkin. Yakuniy tanlov qaysi muqobil variantga
tushishi qaror qabul qilishning qabul qilinadigan qoidalariga bog’liq.
Dostları ilə paylaş: |