Foydalanilgan adabiyotlar
1.
Karimov I.A. O’zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish
yo’lida.-T.: O’zbekiston, 1995.
2.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to’g’risidagi Qonun.
3.
Vaxabov A.V. Aktualnie problemi aktivizastii investistionnoy
deyatelnosti kommercheskix bankov. Doklad na Forume ekonomistov
Uzbekistana. -T.: IPMI,2010 (4str).
4.
Jumaev N.X., O.Q. Abduraxmonov. Jahon moliyaviy-iqtisodiy
inqirozi: sabablari va uni bartaraf etish muammolari. – T.: Akademnashr,
2010.—160b.
5.
Chepel S.V. Alternativnie ssenarii i strategii dolgosrochnogo
razvitiya nastionalnoy ekonomiki. Doklad na Forume ekonomistov
Uzbekistana.-T.: IPMI,2010 (17 str).
6.
Davlat byudjetining g’azna ijrosi. Normativ huquqiy hujjatlar
to’plami. -T.: O’zR Moliya vazirligi, 2010.-271 b.
7.
O’zbekiston iqtisodiyoti. Axborot tahliliy sharh, 2007 y, 2008 y
“O’zbekiston”, - Toshkent.; 2008, 2009.
107
7-bob.
INDIKATIV REJALASHTIRISH USULLARI
7.1. Indikativ rejalashtirishda umumiy yondashuvlar.
7.2. Indikativ rejalashtirishda tizimli yondashuv.
7.1. Indikativ rejalashtirishda umumiy yondashuvlar
Har qanday fan metodologiyasi umumiy dunyoqarash, umumiy
metodologik tamoyillar, bilishning umumiy ilmiy usullari va o’ziga xos,
xususiy metodologiya birligini o’zida namoyon etadi. Metodologiya – bu
haqiqatni bilish va o’zgartirish maqsadida tadqiqot o’tkazish usullarining
yig’indisidir. Rejalashtirish metodologiyasi indikativ rejalashtirishning
ilmiy asosi hisoblanadi. Rejalashtirish metodologiyasi – bu amaliy
faoliyatda iqtisodiyotning rivojlanishini belgilab beruvchi qonunlardan
foydalanish
imkoniyatlarini
o’rganish
vositasidir;
rejalashtirish
muammolarini hal etish usullari va ularni amaliyotga joriy etish usullarini
ishlab chiqish.
Metodologik yondashuv – bu barja darajadagi prognozlar, dasturlar,
rejalar va vaqt gorizontlarini ishlab chiqishda strategik rejalashtirish
mantig’i, tamoyillari va usullaridan foydalanishning yaxlit yo’nalishi.
Indikativ
rejalashtirish
rejalashtirishga
nisbatan
umumiy
metodologik yondashuvlardan foydalanishni inkor etmaydi, lekin bunda
ularga rejalashtirishning o’ziga xos Funksiyalari bilan shartlangan
tuzatishlarni kiritadi (tizimli yondashuv, rejalashtirishning o’zini o’zi
rivojlantiruvchi interaktiv sxemasi, o’zi o’qib, o’rganuvchi konsepsiya va
rejalashtirishning moslashuvchan tizimi).
Avvalgi tajribani hisobga olish va reja qarorlarining izchilligi
reaktiv yondashuvning afzalligi hisoblanadi. Reaktiv rejalashtirishning
kamchiliklari jumlasiga quyidagilarni kiritish mumkin:
– rejalashtirish tizimlarining tarkibiy unsurlari o’rtasida o’zaro
hamkorlikning mavjud emasligi;
– tashkilotlar xo’jalik faoliyati umumiy samaradorligining
pasayishi;
– boshqaruvning byurokratik tizimi.
Innovastiyalarning
mavjud
emasligi,
muhit
o’zgarishiga
moslashishga
qodir
emaslik,
xodimlar
mustaqilligi
va
ijodiy
108
salohiyatining
cheklanganligi
rejalashtirishga
nisbatan
inaktiv
yondashuvning asosiy kamchiligi hisoblanadi.
Rejalashtirish tashqi muhit va rejalashtirish subyektlari ichki
faoliyatining kelgusi o’zgarishlarini prognoz qilishdan iboart. Bunda
rejalashtirish tadbirlari “yuqoridan quyiga” qarab amalga oshiriladi.
Rejalashtirishga nisbatan preaktiv yondashuvning kamchiligi – to’plangan
tajribadan to’liq foydalanmaslik, kelajakni tadqiq etish usullaridan
foydalanishga haddan ziyod kirishib ketish.
Rejalashtirish
metodologiyasi
ko’ngildagi
kelajakni
“loyihalashtirishga” va uni tuzish yo’llarini o’zgartirishga asoslangan.
Shu munosabat bilan rejalashtirishga nisbatan “moslashtiruvchi” yoki
“vaziyatli” yondashuv keng tarqaldi. Ushbu metodologik yondashuv ichki
va tashqi sharoitlarning o’zgarishini hisobga oluvchi va erishilgan
samaradorlik darajasining pasayishiga yo’l qo’ymaydigan barqaror
qarorlarni qabul qilish imkonini beradi.
Atrof muhitdagi barcha o’zgarishlarni hisobga oluvchi va ulardan
foydalanuvchi
rivojlanishning
optimal
rejasini
tuzish
uchun
“optimallashtiruvchi yondashuv” qo’llaniladi. Rejalashtirishga nisbatan
say-harakatlarni kamaytirishga emas, balki optimal qarorlarni qidirib
topishga yo’naltirilgan optimallashtiruvchi yondashuv metodologiyasi
preaktiv yondashuvga mos keluvchi yo’nalishlarga ega.
Metodologik yondashuvlardan foydalanish indikativ rejalashtirishni
rejalashtirish xillarining umumiy qiyosiy sxemasiga va rejalashtirish
tizimlarining tasnifiy (klassifikastion) tuzilishiga kiritish imkonini beradi.
Maqsadlar – indikativ rejalashtirishda ideal holat yoki rejalashtirish
obyektining ma’lum vaqt oralig’ida faoliyat ko’rsatish natijalari sifatida
tushunladi.
Vazifa – bu rejalashtirish davri doirasida ma’lum vaqt oralig’ida
erishilishi ko’zda tutilgan maqsadlar. Vazifalar rejalashtirilayotgan davr
mobaynida amalga oshirilishi lozim.
Ideal – bu erishilib bo’lmaydigan, lekin unga cheksiz ravishda
yaqinlashish mumkin bo’lgan maqsad.
Konsepsiya – bu global maqsadlar va reja davrida ijtimoiy-iqtisodiy
tizimning ustuvor yo’nalishlarini belgilashda o’z ifodasini topuvchi
prognozlar, dasturlar loyihalari va rejalarning umumiy maqsadi hamda
unga erishish yo’llari, shakllari va usullarini aniqlash.
Taktik rejalashtirish – taktik vazifalarni tanlashni va ma’lum
strategiya va ideal doirasida ularga erishish vositalarini tanlashni nazarda
tutadi.
109
Tezkor rejalashtirish ko’zlangan maqsadlarga erishish vositalarini
tanlashni nazarda tutadi.
Normativ rejalashtirish faoliyatni rejalashtirishda katta erkinlik bilan
tavsiflanadi.
Dostları ilə paylaş: |