Italyancha: banco stol



Yüklə 174,07 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix14.12.2023
ölçüsü174,07 Kb.
#180464
Bank - Vikipediya



Bank
Bank
(italyancha: banco — stol) — 
kredit
-
moliya
 muassasasi; asosan, vaqtincha
boʻsh 
pul
mablagʻlarini toʻplash,
korxonalarga va umuman pulga
muhtojlarga kredit, ssuda berish, naqd
pulsiz hisob-kitoblarini amalga oshirish,
pul va turli qimmatbaho qogʻozlar
chiqarish, 
oltin
va chet el valyutalari bilan
bogʻliq operatsiyalarni bajarish va boshqa
faoliyatlar bilan shugʻullanadi.


1970
Bank ishining asosiy yoʻnalishlari 
depozit
(omonat) qabul qilish, 
kreditlar
berish va
mijozlarga kredit-hisob xizmati
koʻrsatishni amalga oshirish hisoblanadi.
Bank qimmatbaho qogʻozlarni saqlash,
saqlashga oʻtkazilgan qimmatbaho
qogʻozlarni joriy boshqarish, birja
topshiriqlarini bajarish, 
seyflarni
ijaraga
berish kabi pulli xizmatlar ham koʻrsatadi.
Turli iqtisodiy xizmatlarni amalga
oshiruviga koʻra hozirgi vaqtda bankning
Vazifasi va turlari


quyidagi asosiy turlari faoliyat koʻrsatadi:
markaziy (emissiya) banki va tijorat
banki.
Markaziy bank
Markaziy bank („banklarning banki“)
(Milliy bank va AQShda Federal rezerv
tizimi) mamlakatning jami kredit tizimini
nazorat qiladi, davlat pul-kredit siyosatini
amalga oshiradi va kredit stavkasini
nazorat qiladi, naqd pul va qimmatbaho
qogʻozlar emissiyasi bilan shugʻullanadi,
mamlakatning oltin-valuta zahiralarini
saqlaydi, davlat va tijorat bankiga
kreditlar beradi.


Tijorat banki
Tijorat banki oʻz navbatida universal va
ixtisoslashgan banklarga boʻlinadi.
Ixtisoslashgan bank investitsiya banki,
jamgʻarma (omonat) banki, maxsus bank,
kooperativ bank va boshqalardan iborat.
Tijorat banki universal bank boʻlib
jismoniy va yuridik shaxslarga xilma-xil
bank xizmatlari koʻrsatadi (depozitlarni
jalb etish, veksel hisobi, kredit berish,
qimmatbaho qogʻozlarni sotish va sotib
olish). Bu bank bank va kredit tizimining
oʻzagini tashkil etadi. Universal bank
hamma turdagi asosiy bank harakatlarini
amalga oshiradi. Ixtisoslashgan bank
biron-bir faoliyatga, sohaga va tarmoqqa


xizmat koʻrsatadi. Investitsiya banki,
asosan, emissiyataʼsischilik operatsiyalar
bilan shugʻullanadi va qimmatbaho
qogʻozlar savdosini oʻtkazadi. Maxsus
bank muayyan mijozlar guruhiga xizmat
koʻrsatadi yoki ayrim sohalarda
ixtisoslashadi (jamgʻarma, savdo, tashqi
savdo, ipoteka va boshqalar). Kooperativ
bank tovar ishlab chiqaruvchilar
tomonidan pay asosida barpo etiladi,
taʼsischilarning kredit va bank
xizmatlariga boʻlgan ehtiyojlarini
qondiradi. Tarmoq va hududiy prinsiplar
boʻyicha tashkil topadi, tijorat bankining
bir koʻrinishi hisoblanadi.


Investitsiya banki
Investitsiya banki korxonalarning
qimmatli qogʻozlari va bondlarni
chiqaradi, sarmoya boshqaruvi xizmatlari,
kapital bozorda firmalarga maslahat
berib boradi, birja bozorlarini yaratadi va
yuritadi.
Islom banki
Islom banklarining faoliyati Islomiy qoida
va qonunlarga asoslanib olib boriladi.
Bunday banklarning eng muhim jihati
sarmoya yoki qarzlar uchun foiz hisobida
xizmat haqi undirilmaydi, chunki bunday
faoliyat Islom dinida taqiqlangan. Banklar


mijozlarga moʻljallangan binolarni
moliyalashtirishdan tushgan foydalar
hisobiga yuritiladi. Islom banki dastlab
Misrda paydo boʻlgan, keyinchalik qator
Islom davlatlarida,hattoki rivojlangan
Yevropa mamlakatlarida ham Islom
banklari oʻz faoliyatini boshlagan. Islom
banki oʻzining barqarorligi bilan dunyo
mamlakatlarini eʼtiborini tortmoqda.
Tashqi banklar
Tashqi banklar yoki ingliz tilida 'offshoreʼ
banklar past soliqli va kam cheklovli
xorijiy davlatlarda joylashgan banklardir.
Ularning aksariyati xususiy banklardan
iborat.


Mulk shakliga koʻra turlari
Mulk shakliga koʻra banklarning quyidagi
turlari bor: davlat banki, davlat
ishtirokidagi aralash bank, davlatlararo
bank, xalqaro bank, chet el sarmoyasi
ishtirokidagi bank, aksiyadorlik bank,
bankirlar uyi, kooperativ bank, mahalliy
oʻz-oʻzini boshqarish banki, kommunal
bank, xususiy bank va boshqalar.
Bank ishining dastlabki belgilari quldorlik
jamiyatida paydo boʻlgan. Ular asosan,
savdogarlarning pul bilan bogʻliq hisob-
kitob ishlarini bajargan ijro-banklar
(mijozlar Oʻrtasida hisob-kitoblarni naqd
Tarixi


pulsiz olib boradigan banklar) shaklida
vujudga keldi. Shu bilan bir qatorda
maxsus sarrofxonalarda sarroflar pul
almashtirish va yirik pullarni maydasiga
almashtirib berish ishlari bilan
shugʻullangan. Bankning ayrim belgilariga
ega boʻlgan muassasalar oʻrta asrlarda
shimoliy Italiya shaharlarida, soʻngra
Gollandiya va Germaniyaning savdo
markazlarida yuzaga keldi.
Kapitalizmning vujudga kelishi va
rivojlanishi bilan bankning ahamiyati ortib
ketdi. Bank ishining hozirgi tamoyillari
birinchi boʻlib 17-asrdan boshlab
Angliyada, soʻngra boshqa
mamlakatlarda yuzaga kela boshladi.


Shu davrdan boshlab bank kapital va
tadbirkorlikni ishga solishning maxsus bir
sohasiga aylandi. bankning koʻpayishi
bilan ssuda kapitali kapitalning asosiy
shakllaridan biri boʻlib qoldi. Asta-sekin
bank yiriklashib, ular bajaradigan
operatsiyalar doirasi kengayib bordi.
bank muomalaga xususiy veksellar
oʻrnida ishlatiladigan kredit pullari —
banknotlar (bank biletlari) chiqara
boshladi. Koʻpgina mamlakatlarda
cheklar bilan amalga oshiriladigan naqd
pulsiz hisob-kitoblar paydo boʻldi.
Kapitalizmning rivojlanishi bilan kredit va
toʻlovlarda vositachilik vazifasini
bajaradigan muassasalarga talab ortib
bordi. bank boʻsh pul vositalarini yigʻib,


ularni turli muddatlarga ssudaga berdi,
ular korxonalarning joriy hisob varagʻini
yuritib, korxonalar oʻrtasida oʻzaro
hisobkitoblarni olib bordi. Asta-sekin
bank oʻrtasida eng yiriklari paydo boʻldi.
Ayniqsa, 19-asr oxiriga kelib bank ishlab
chiqarishning konsentratsiyalanishi
oqibatida bankning yiriklashuvi bank
sonini qisqarishiga va bank
monopoliyalarining vujudga kelishiga, ular
oʻrtasida oʻzaro raqobat kurashining
kuchayishiga sabab boʻldi. bank toʻlov va
kredit operatsiyalarida vositachilik qilish
bilan kifoyalanmay, sanoat korxonalari
aksiyalarini sotib ola boshladi yaʼni
korxonalarga egalik xuquqini
rasmiylashtirishni yoʻlga qoʻydi va


ularning xoʻjaliklari yoki muassislaridan
biriga aylandi, yangi korxonalar taʼsis
etishda hamkorlik qildi. Yirik bank va
sanoat kapitalining birga qoʻshilib ketishi
natijasida moliya kapitali va moliya
oligarxiyasi vujudga keldi, bu oligarxiya
mamlakatlarning iqtisodiy va siyosiy
hayotida katta mavqeni egalladi.
Hozirgi davrda koʻpgina mamlakatlarda
koʻplab (masalan, 90-yillar boshida
AQShda 14,5 mingdan ortiq bank boʻlgan)
bank boʻlishiga qaramay, ulardan 3—4
tasigina yetakchi oʻrinda turadi. Turli
mamlakatlardagi yirik bank nihoyatda
sertarmoq boʻlib, oʻz mamlakati
doirasidagina emas, shu bilan birga


jahonning juda koʻp mamlakatlarida
boʻlim va filiallariga ega. Rivojlangan
mamlakatlarda bank iqtisodiyotni
boshqarish va ragʻbatlantirish
muassasasi vazifalarini bajaradi. bank
pul kapitalini iqtisodiyotning sohalari va
tarmoqlari boʻyicha taqsimlanishida
qatnashib, foyda normasining
tenglashuvini taʼminlaydi.
Oʻzbekistonda birinchi bank muassasasi
1875-yil Toshkentda ochilgan Rossiya
imperiyasi davlat bankning filiali boʻlgan.
19-asrning oxirida Turkistonda rus
kapitali ishtirokidagi Oʻrta Osiyo
aksiyadorlik banki (1881), Volgakama
Oʻzbekistondagi bank tizimi


banki (1893), Rus-Xitoy (Rus-Osiyo) banki
(1903), Azov-Don savdo banki (1910),
Nijniy Novgorod-Samara banki (1899),
Poltava Yer banki (1901)ning filial, boʻlim
va agentliklari faoliyat olib bordi.
Oktabr toʻntarishidan soʻng barcha bank
sovet hokimiyati tomonidan
natsionalizatsiya qilindi. Oʻzbekistonda
bank tizimi 1924-yildan boshlab sobiq
SSSR bank tizimining tarkibiy qismi
sifatida tashkil qilindi. 1992-yilga qadar
SSSR Davlat banki (1923; 1921 — 23-
yillarda RSFSR Davlat banki), SSSR
Qurilish banki (1959; 1922 — 59-yillarda
SSSR Savdo banki), SSSR Tashqi savdo
banki (1924)ning Oʻzbekiston idora


(kontora)lari respublikadagi bank
muassasalari ishiga rahbarlik qildi.
SSSRning parchalanishiga qadar
Oʻzbekistonda mustaqil bank tizimini
yaratish maqsadlarida 1991-yil 15-
fevralda Respublika Oliy Kengashi
sessiyasida respublika hududidagi bank
Faoliyatining huquqiy asoslari belgilab
berilgan Oʻzbekiston Respublikasining
„Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida“gi
Qonuni qabul qilindi va shu vaqtdan
boshlab respublikaning haqiqiy, mustaqil
bank tizimi shakllana boshladi. Sobiq
SSSR bankining respublika idoralari
mustaqil bank sifatida OʻzR Markaziy
banki tomonidan roʻyxatga olindi.


Oʻzbekiston Respublikasi bank tizimini
shakllantirish va rivojlantirish strategiyasi
iqtisodiyotni xoʻjalik yuritishning bozor
sharoitlariga bosqichmabosqich
oʻtkazish dasturiga mos keladi. Oʻtgan
davrda bank islohotlari davomida milliy
bank tizimining 2 bosqichli strukturasi
(yuqori bosqichda — Markaziy bank, quyi
bosqichda — tijorat banklari) huquqiy
jihatdan mustahkamlandi; bankning soni
va ular koʻrsatadigan xizmat turlari
koʻpaydi.
1995 — 96-yillarda bank qonunchiligi
yanada takomillashdi. OʻzRning
„Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy
banki toʻgʻrisida“gi (1995-yil 21-dekabr)


Qonuni bank tizimining huquqiy asoslarini
toʻldiribgina qolmasdan, Oʻzbekiston
Respublikasi markaziy bankining alohida
maqomi, maqsadlari, vazifalari hamda
vakolatlarini ham aniq belgilab berdi.
OʻzRning „Banklar va bank faoliyati
toʻgʻrisida“ 1996-yil 25-apreldagi yangi
Qonuni esa tijorat banki faoliyatining
barcha huquqiy asoslarini xalqaro
standartlar darajasida belgilab berdi.
Tarkibida Qoraqalpogʻiston Respublikasi,
12 viloyat va Toshkent shahar
boshqarmalari boʻlgan Oʻzbekiston
Respublikasi Markaziy banki OʻzRning
bosh banki hisoblanadi (1992-yil
sentabrgacha sobiq SSSR Davlat
bankining Oʻzbekiston boʻlimi).


Respublikada bank tizimining quyi
bosqichini paychilik, aksiyadorlik asosida,
shuningdek chet el kapitali ishtirokida
tashkil etilgan bank, ularning filial va
vakolatxonalari, kooperativ va xususiy
bank tashkil etadi.
Bank sohasini monopoliyadan chiqarish
bank islohotlarining eng muhim
yoʻnalishlaridan biridir. Dastlabki
bosqichda bu asosan iqtisodiyotning
ayrim sohalariga xizmat koʻrsatuvchi
ixtisoslashtirilgan bankni tuzish yoʻli bilan
amalga oshirildi. Ixtisoslashtirilgan
bankning tashkil etilishi bozorga
yoʻnaltirilgan bank tizimini yaratish
yoʻlidagi zaruriy va tabiiy bosqich boʻldi.


1995 — 96-yillarda „Asaka“
ixtisoslashtirilgan davlat-aksiyadorlik
tijorat banki, „Aloqabank“ aksiyadorlik
tijorat banki, „Toshkentijtimoiyuyjoy-bank“
aksiyadorlik tijorat banki,
„Uzsayohatinvestbank“ Oʻzbekiston
aksiyadorlik tijorat investitsiya banki va
„Zamin“ ixtisoslashtirilgan davlat-
aksiyadorlik ipoteka banklari tashkil
etildi. „Oʻzdehqonsanoatbank“
aksiyadorlik tijorat banki „Paxtabank“
ixtisoslashtirilgan aksiyadorlik tijorat
bankiga, „Oʻzjamgʻarmabank“ Xalq
bankiga aylantirildi.
Tijorat banki xalq xoʻjaligining turli
sohalaridagi korxonatashkilotlarini


kreditlash, moliyalash va ularga
hisobkitob xizmati koʻrsatishni amalga
oshiradi. Bu bank toʻla mustaqildir.
Ularning aksiyalari turli mulk shakllariga
mansub boʻlgan korxonalar, shuningdek
jismoniy shaxslar oʻrtasida
taqsimlangan. Tijorat bankining xususiy
zaxiralari yetishmay qolganda ular kredit
resurslari bozoridan zarur pul
mablagʻlarini sotib olishlari mumkin.
OʻzRning barcha mintaqalarida 800 ga
yaqin filiallarga ega boʻlgan 35 Tijorat
banki faoliyat koʻrsatadi, ulardan 5 tasi
chet el kapitali ishtirokida, 11 tasi xususiy
banklardir (2000).


Xususiy bankning huquqiy bazasini
rivojlantirishda Respublika Prezidentining
1997-yil 24-apreldagi „Xususiy tijorat
banklarini tashkil qilishni ragʻbatlantirish
choratadbirlar toʻgʻrisida“ Farmoni muhim
ahamiyatga ega boʻldi. Farmonga koʻra,
respublika hududida faoliyat
koʻrsatayotgan tijorat banki bilan bir
qatorda xususiy bank ham tashkil etila
boshladi (muassis jismoniy shaxslar
hissasi bank ustav kapitalining kamida
50 % ni tashkil etishi lozim). 1998-yilda 5
ta xususiy („Alp Jamol“, „Turkiston“,
„Istiqbol“, „XIFbank“ va „Oʻktambank“)
bankga bank operatsiyalarini amalga
oshirish uchun dastlabki ruxsatnoma
berildi.


1995-yil 24-oktabrda Oʻzbekiston Tijorat
banki uyushmasi tashkil topdi (uning
tarkibiga xususiy banklar ham kirgan).
Respublikada 1992-yildan „Oʻzbank-
audit“ — banklararo aksiyadorlik jamiyati
shaklida tashkil etilgan auditorlik firmasi
ish olib boradi. 1996-yildan buyon
„Oʻzbankaudit“ bilan bir qatorda „Deloyt
end Tush“ va „Ernst end Yang“ kabi 5 ta
xalqaro auditorlik konsalting firmalariga
hamda „Xolis“ guruhi va „Odil audit“
mahalliy audit firmalariga OʻzR Markaziy
banki tomonidan bank auditi oʻtkazish
huquqini beruvchi tegishli sertifikatlar
berildi. Ular banklar, kredit muassasalari,
sugʻurta kompaniyalari, tashkilot va


korxonalarning buyurtmasi bilan ularning
moliyaviy-xoʻjalik faoliyatini tekshiradi
(taftish qiladi), xolisona xulosalar beradi,
ekspertizalar oʻtkazadi.
Hozirgi davrda Oʻzbekistonda chet el
bank va xalqaro moliya muassasalari
kapitali ishtirokida qoʻshma bank faoliyat
koʻrsatadi. Ular jumlasiga Oʻzbekiston —
Gollandiya „Oʻzprivatbank“ va „ABN
Amrobank— Oʻzbekiston Milliy banki
aksiyadorlik jamiyati“, Oʻzbekiston —
Turkiya „OʻTbank“, Oʻzbekiston — Jan.
Koreya „OʻzDEUbank“ kiradi. 13 ta chet el
banki Toshkentda oʻz vakolatxonasini
ochgan. Bular katorida Doyche bank,
Berliner Bank, Meybank (Malayziya),


Kredit Sviss (Shveysariya), „Kredi
Kommersial de Frans“, „Sosyete Jeneral“
(Fransiya), Pokiston Milliy banki, Cheyz
Manxetten (AQSH), „Rossiyskiy kredit“ va
„Sakura bank LTD“ (Yaponiya) banklari
bor.
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki
Xalqaro valyuta fondi va Jahon bankning
doimiy maslahatchilari xizmatidan
foydalanadi.
2000-yil 1-yanvarda Oʻzbekiston
Respublikasi banklari tomonidan
mijozlarga 529 mlrd. soʻmlik kredit
qoʻyilmalari ajratilib, shundan 237 mlrd.
soʻmi qisqa muddatli, 292 mlrd. soʻmi


oʻrta va uzoq muddatli kreditlarni tashkil
etdi. Oʻrtacha foiz stavkasi qisqa
muddatli kreditlar boʻyicha 33,7 %, oʻrta
muddatli kreditlar boʻyicha 23 %, uzoq
muddatli kreditlar boʻyicha 13 % dan
iborat boʻldi.
OʻzME
. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ko‘proq o‘rganish
Ushbu maqolada
Oʻzbekiston milliy
ensiklopediyasi
 (2000-
2005) maʼlumotlaridan
foydalanilgan.
Adabiyotlar


Bu sahifa oxirgi marta 27-Avgust 2023, 06:13 da
tahrir qilingan.

Ushbu maqola 
chaladir
. Siz uni 
boyitib, (ht
tps://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=
Bank&action=edit) Vikipediyaga
 yordam
berishingiz mumkin.
Bu andozani 
aniqrogʻiga
almashtirish kerak.
"
https://uz.wikipedia.org/w/index
.php?title=Bank&oldid=3844309

dan olindi


Matndan 
CC BY-SA 4.0
litsenziyasi boʻyicha
foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan
boʻlsa).

Yüklə 174,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin