35
Markaziy bankining kursi bo'yicha berilgan. Tijorat kursi (AQSh dollarini
va evroni sotib olish-sotish) O'zbekiston Respublikasi milliy banki (O'zR TIF
milliy banki) ma'lumotlariga asosan berilgan. Turli banklarda sotish va sotib olish
kursi bir-biridan farq qiladi.
Kurslar O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining ushbu kurs bo'yicha
valyutalarni sotib olish yoki sotish majburiyatisiz belgilanadi.
14-rasm. Bugungi valyutalar kursi:
28.01.2021 yilda
AQSh dollari (USD), Rossiya rubli (RUR), evro (evro)
va Shveytsariya franki
(CHF) o'zbek so'miga bugun - 13.01.2021 yil va boshqa sanalar O'zbekiston
Respublikasi Markaziy banki kursi bo'yicha berilgan..
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 2-sentabrdagi "valyuta
siyosatini liberallashtirish bo'yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to'g'risida"
gi PF-5177-sonli Farmoniga muvofiq valyuta bozorini yanada liberallashtirish
sohasidagi davlat iqtisodiy siyosatining ustuvor yo'nalishlaridan biri "milliy
valyutaning
chet
el
valyutasiga
nisbatan
kursini
belgilashda
bozor
mexanizmlaridan alohida foydalanish" deb belgilandi» 2017 yil 5
sentyabrdan
boshlab so'mga nisbatan bozor kursi o'rnatildi.
36
2019-yil 20-avgustga qadar O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki har
dushanba kuni dollar kursini valyuta operatsiyalari bo'yicha buxgalteriya hisobi,
statistik va boshqa hisobot maqsadlari uchun, shuningdek, O'zbekiston
Respublikasi hududida bojxona va boshqa majburiy to'lovlarni hisoblash uchun
o'tgan hafta valyuta birjasining savdolarida qayd etilgan kurslarning o'rtacha
qiymati deb belgilagan.
20 avgustdan so'ng O'zbekiston Respublikasi
Markaziy banki valyutani
sotish va sotib olish uchun narxlarni belgilamaydi (kurs o'zgarishlariga 0,5%
kunlik limiti bekor qilinadi), bu narx bozorda mustaqil ravishda tuziladi. Bundan
tashqari, 20 avgustdan boshlab tijorat banklariga naqd xorijiy valyutani mijozning
identifikatsiyasiga ega bo'lgan valyuta ayirboshlash shoxobchalari
orqali sotishga
ruxsat berildi (ya'ni, mijozning pasportini taqdim etish).
Dostları ilə paylaş: