veb-sayt: www.tilvaadabiyot.uz
35
2023-yil 7-son
Tadqiqot
Semantika so‘zni foydalanish sharoitlari va kontekstidan tashqarida ko‘rib chiqish orqali nimani anglatishini
o‘rgansa, pragmatika, aksincha, aynan shu holatlarni ta’kidlaydi. Pragmatika, birinchi navbatda, jumlalarni to‘g‘ri
shakllantirish qoidalari haqida emas, balki tilning muloqotda qanday ishlatilishi haqida bahs yuritadi. Muloqot
kamida ikkita tomonning - so‘zlovchi va tinglovchining yoki yozuvchi va o‘quvchining mavjudligini nazarda tutadi.
Shuning uchun pragmatikada kommunikantlarning o‘zaro ta’siri doimo ko‘rib chiqiladi.
Shunday qilib, pragmatika nafaqat ma’no jihatidan aytilgan narsaga, balki sotsial-madaniy vaziyat nuqtayi
nazaridan ham aytilishi kerak bo‘lgan narsaga asoslangan murakkab talqin jarayonlarini o‘z ichiga oladi. Bu
ma’noda pragmatika “aytilmagan narsalarni tahlil qilish san’ati”dir [2;145]. Pragmatikaning asosiy savoli: “Notiq
(yozuvchi) aytilgan (yozilgan) bilan nimani nazarda tutadi va bu vaziyatda tinglovchi (yoki o‘quvchi) tomonidan
qanday tushuniladi?”.
So‘zlanayotgan voqea ma’nosi haqidagi xulosalar uchun aloqa sodir bo‘lgan konteks katta ahamiyatga ega.
Muloqot har qaysi faoliyat turiga qarab turlicha rivojlanadi. Tildan foydalanuvchi so‘zlovchining shaxsi, tinglovchiga
munosabati, faoliyat turi va so‘zlovchining pozitsiyasi kabi omillarni o‘z ichiga olgan ijtimoiy vaziyatga qarab
lingvistik shaklni tanlaydi. Bundan tashqari, nutqni tushunish har xil turdagi signallarga asoslanadi. Interpretatsiya
ham og‘zaki ifodalarga, ham og‘zaki bo‘lmagan ifodalarga, masalan, prosodiya, kinesika, imo-ishora va mimikaga
bog‘liq. Darhaqiqat, tinglovchilar bir vaqtning o‘zida bitta (odatda eshitish-vizual) tasvir shaklida uzatiladigan va
qabul qilinadigan turli xil aloqa quyi tizimlaridan o‘zaro ta’sir qiluvchi xatti-harakatlarning yig‘indisidan xulosa
chiqaradilar [3;188]
Bundan tashqari, bayonotlarni talqin qilish nazariyasi dialogik yondashuvga ega bo‘lishi kerak. Aytilgan narsa
har doim boshqa birov tomonidan ilgari aytilgan narsaga javob sifatida qaraladi. Biz aytadigan yoki yozgan
narsalarimiz (qanday shaklda yoki vaziyatda bo‘lishidan qat’iy nazar) boshqa odamning javobi uchun kontekst
yaratadi va ularning javobi biz ushbu javobga qanday munosabatda bo‘lishimiz uchun yanada ko‘proq kontekstni
beradi va hokazo.
Hozirgi vaqtda ko‘pgina zamonaviy pedagogik tadqiqotlarning asosini kompetentsiyaga asoslangan yondashuv
tashkil etadi. Bu esa ta’lim tizimiga nisbatan turlicha qarashga imkon beradi. Asosiy kasbiy ta’lim dasturini
o‘zlashtirish natijasida talabalar olingan bilimlardan amaliy faoliyatda foydalanishga imkon beradigan bir qator
umumiy madaniy, umumiy kasbiy va kasbiy kompetentsiyalarni shakllantirishlari kerak.
Universitetda ona tilini o‘qitishning asosiy maqsadi - ona tilining kommunikativ kompetentsiyasini shakllantirish,
shu jumladan subkometensiyalarning barcha tarkibiy qismlari va xorijiy kommunikativ kompetensiyani shakllantirish
nazarda tutiladi. “Boshlang‘ich ta’lim” yo‘nalishi bo‘yicha OTM bitiruvchisi “ona tilida muloqot qila olishi, uning ichki
imkoniyatlarini bilishi va dunyoning umumiy manzarasidagi o‘rnini tushunishi” kerak. Shu munosabat bilan ona
tilini bilish ona tili o‘qitish metodikasi kommunikativ kompetensiyasining barcha komponentlarini, shu jumladan
pragmatik kompetentsiyani mutanosib ravishda egallashni nazarda tutadi.
Ona tilidagi kommunikativ kompetentsiya doirasidagi subkompetentlik sifatida pragmatik kompetentsiya –
Dostları ilə paylaş: