F. R. Xolboyev, D. A. Azimov, E. Sh. Shernazarov z o o g e o g r a f I y a



Yüklə 5,13 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə81/92
tarix15.12.2023
ölçüsü5,13 Mb.
#180671
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   92
Zoogeografiya. Xolboyev F. Azimov D

Nazorat topshiriqlari
1. X aritadan foydalan ib Nearktika zoogeografik oblastining geo-
grafik о ‘m i va tabiiy sharoiti to 'g'risida so ‘zlab bering.
2 Oblastning ekologik sharoitlarini hayvonlarningyashash muhiti
sifatida tavsiflang.
3. Nearktika faunasiga tegishli turlarga m isollar keltiring.
4. Q aysi turlar Nearktika hamda Palearktika oblastlari uchun
umumiy hisoblanadi va bu umumiylikning tarixiy sabablari to ‘g ‘risida
so ‘zlab bering?
5. Nearktika faunasini boshqa oblastlar fau n asi bilan qiyoslang
va tahlil qiling.
158


5.5. Neotropik zoogeografik oblasti
Geografik o ‘mi va tabiiy sharoiti. Neotropik oblasti butun Janu- 
biy Amerikani, Markaziy Amerikaning katta qismini (shimolda Mek- 
sika yassi tog‘liklarigacha), Katta va Kichik Antil, Bagam, Galapa­
gos, Xuan-Femandes kabi orollami hamda bir qator mayda orollami 
o‘z tarkibiga kiritadi. Bu oblast asosan tropik mintaqada joylashgan 
bo‘lib, faqat uning eng janubiy chekka qismi mo‘tadil mintaqani egal- 
laydi (17-rasm).
17-rasm. 
Neotropik zoogeografik oblasti (Darlington, 1966).
159


Oblastda o ‘simlik qoplamlarining tarqalishi iqlimiy xususiyatlar 
bilan bog‘liq. Amazonkaning tekisliklari va boshqa tropik mintaqa- 
dagi rayonlarda nam ekvatorial o ‘rmonlar (gileyalar) shakllangan. 
Janubiy Amerika gileyalarining umumiy maydoni 5 mln. kv.km dan 
ortiq maydonni egallaydi. Bu joylardagi 
0
‘rtacha yillik yog‘in miq 
dori 2500-3000 mm ni tashkil etadi, o ‘rtacha oylik harorat 23-29°C, 
yillik harorat esa 24-27°C atrofida tebranadi. Amazonka o ‘rmonlariga 
xos b o ‘lgan xususiyatlardan biri botqoqlashgan yoki davriy ravishda 
suv bosib turadigan maydonlaming k o ‘pligidir. Janubiy Amerikaning 
ekvatorial nam o ‘rmonlari o ‘zining tashqi qiyofasi bilan shu tipdagi 
Afrika o ‘rmonlariga o ‘xshaydi, ammo florasining tarkibidagi turlar 
soni Afrikaga qaraganda k o ‘p (bu yerda gulli o ‘simliklaming 15000 
dan ortiq turlari uchraydi).
Faunasiga umumiy tavsif. Neotropik oblastning boshqa oblastlar 
bilan uzoq muddat aloqada b o ‘lmaganligi, y a ’ni alohidalashganligi 
bu yerda juda o ‘ziga xos va tarkibida turlar soni ko‘p bo‘lgan fau 
naning shakllanishiga olib kelgan. Bu yerdagi fauna tarkibida betak- 
ror xususiyatlarga va yuqori taksonlardagi endemiklarga ega bo‘lgan 
hayvonot dunyosi shakllangan. Oblastda boshqa oblastlarda keng 
tarqalgan k o ‘pgina hayvon guruhlari uchramaydi. Masalan, bu yer­
da hasharotxo'rlardan krotlar va tipratikanlar tarqalmagan. Mazkur 
oblastda kam sonda uchrovchi yerqazarlar esa bu yerga juda yaqinda 
Nearktikadan kirib kelgan. Viverralar, sirtlonlar va qunduzlar ham 
oblastda uchramaydi. Tuyoqlilar faunasining vakillari kam va ular 
orasida kovakshoxlilar mutlaqo uchramaydi (18-rasm).
- Neotropik 
oblastida 
sutemizuvchilardan Avstraliyada 
ham 
uchraydigan xaltalilaming bitta kenja turkumi, y a’ni k o ‘p keskichlilar 
(Polyprotodontia) tarqalgan . Oblastda xaltali kalamushlar yoki opos- 
sumlaming 70 dan ortiq turlari tarqalgan. Ulaming ayrimlari, jum
ladan, oddiy shimol opussumi Nearktikada ham uchraydi. Suv opos­
sumi yoki plaun suv muhitidagi hayotga yaxshi moslashgan yagona 
xaltali b o ‘lib, Janubiy Amerika xaltalilarining yirigi sanaladi.
160


18-rasm . 

Yüklə 5,13 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin