Ассалому алайкум


Mavzuning o‘rganilganlik darajasi



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/14
tarix16.12.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#181104
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
фитрат нозима bmisi (2)

Mavzuning o‘rganilganlik darajasi. 
Jadidchilik va jadid adabiyotini 
o‘rganish bo‘yicha yirik asarlar yaratgan olim, filologiya fanlari doktori, professor 



Begali Qosimovning “Maslakdoshlar”, “Milliy uyg‘onish: ma'rifat, jasorat, 
fidoyilik”
1
kabi tadqiqotlarida va olim rahbarligidagi mualliflar guruhi tomonidan 
yaratilgan “Milliy uyg‘onish davri o‘zbek adabiyoti” darsligi
2
da Fitratning ilmiy 
biografiyasi, ijodiy-ilmiy merosi, asarlarining jadid adabiyotida tutgan o‘rni kabi 
muhim masalalar tadqiq qilingan. Fitrat biografiyasi va ijodiy faoliyatiga oid juda 
ko‘p yangi ma'lumotlar aniqlanib, tahlil etilgan.
Hamidulla Boltaboevning “Fitrat va jadidchilik” monografiyasi
3
da buyuk 
adibning jadidchilik harakatidagi faol ishtiroki, madaniy-ma'rifiy va matbuot 
sohasida olib borgan ishlari o‘rganilgan. Uzoq Jo‘raqulovning “Fitratning 
tadqiqotchilik mahorati”, “Hududsiz jilva”, “Nazariy poetika masalalari”
4
singari 
kitoblarida Fitratning adabiy-tanqidiy asarlari tahlilga tortilgan, uning ushbu 
yo‘nalishdagi asarlari sohaning keyingi rivoji uchun ham asos vazifasini bajargani 
isbot etilgan. Professorlar Naim Karimov
5
, Ilhom G‘aniev
6
ilmiy asarlarida ham 
Fitratning o‘zbek jadid adabiyoti rivojida tutgan o‘rni, adib dramalari poetikasi va 
adabiy merosining boshqa qirralarini o‘rganishga alohida e'tibor berilgan. 
Bitiruv malakaviy ishining maqsadi. 
Jadid adabiyotining yirik 
namoyandasi Abdurauf Fitrat asarlarida Sharq va G‘arb madaniyatiga oid 
qarashlarning yoritilishi masalasini qiyosiy aspektda o‘rganish bitiruv malakaviy 
ishining asosiy maqsadidir. 
Ishning vazifalari
quyidagilardan iborat: 
-
ijodkor adabiy-publitsistik merosi misolida Sharq madaniyatining 
ildizlariga doir qarashlarni o‘rganish;
-
Fitrat asarlaridagi Sharq va yevropa madaniyatiga doir fikrlarni qiyosiy 
tahlil etish; 
1
Қосимов Б. Маслакдошлар. - Т.: “Шарқ”, 1994; Ўша муаллиф. Миллий уйғониш: жасорат, маърифат, 
фидойилик. – Т.: “Маънавият”, 2002.
2
Қосимов Б., Юсупов Ш., Долимов У. ва б. Миллий уйғониш даври ўзбек адабиёти. . – Т.: “Маънавият”, 
2004.
3
Болтабоев Ҳ. Фитрат ва жадидчилик. Т.: Ўзбекистон Миллий кутубхонаси нашриёти, 2007.
4
Жўрақулов У. Фитратнинг тадқиқотчилик маҳорати. -Т.: “Университет”, 2000; Ўша муаллиф. Ҳудудсиз 
жилва. - Т.: “Фан”, 2006; Ўша муаллиф. Назарий поэтика масалалари. - Т.: Ғафур Ғулом номидаги НМИУ, 
2015.
5
Каримов Н. ХХ аср адабиёти манзаралари. - Т.: “Ўзбекистон”, 2008; ўша муаллиф. Т.: “Мумтоз сўз”, 2013.
6
Ғаниев И. Фитрат драмалари поэтикаси. - Т.: “Фан”, 2005



-
“Munozara” asaridagi ikki madaniyat, taraqqiyot va inqirozga oid adib 
fikrlarini qiyosiy o‘rganish; 
-
“Sharq siyosati” asarini mavzu yuzasidan o‘rganib, adib qarashlarining 
ahamiyatini yoritish; 
-
shoir qarashlarining yosh avlodni milliy ma'rifat ruhida tarbiyalashda 
tutgan o‘rnini aniqlash. 

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin