262
Dastlabki tadqiqotlar bosqichida
tadqiqotlar vazifalari, ularni
amalga oshirish usullari va ketma-ketligi aniqlanadi. Ushbu tadqiqotlar
bosqichiga atroflicha tayyorgarlik ko‘rish,
uning yakuniy natijalariga
ko‘p jihatdan ta’sir qiladi. Bajarilishi kerak bo‘lgan vazifalarning
xususiyatlari va tadqiqotlarning hajmi ekspertiza tayinlash to‘g‘risidagi
qaror va ekspertiza oldiga qo‘yilgan savollar bilan tanishish orqali
amalga oshiriladi. O‘z oldiga qo‘yilgan vazifalarni aniqlab olganidan
so‘ng ekspert, tadqiqot obyektlarining o‘rami to‘g‘riligi va butunligi,
ekspertiza tayinlash to‘g‘risidagi qarorda ko‘rsatilgan obyektlarning
barchasi mavjudligi (qarorda ko‘rsatilganiga mos kelishi), ushbu
obyektlarni ekspertizaga yuborishda vujudga kelishi mumkin bo‘lgan
turli shikastlanishlarning yo‘qligini tekshirishi lozim. Ushbu
bosqichda
ekspert, kelgusi tekshirishlar yordamida aniqlanadigan o‘z ekspertiza
tusmollarini tuzadi. Aynan ana shu tusmollarni inobatga olgan holda
ekspert taqdim etilgan obyektlarni tadqiq qilish usul va yo‘llarini hamda
vositalarini aniqlaydi, kerakli asbob–uskuna va
materiallarni tanlab
tayyorlaydi.
Alohida tadqiqotlar bosqichi
o‘z navbatida quyidagi bosqichlardan
iborat bo‘ladi: alohida tadqiqotlar, ekspert eksperimentlari va taqqoslash
tadqiqotlari. Ushbu bosqichlar umumiy shaklda mustaqil bosqichdek
ko‘rinsa–da, ular o‘zaro uzviy bog‘liq. Ko‘p hollarda
alohida holatlarni
aniqlash maqsadida ekspert, yana qayta o‘tkazilgan bosqichlarga qaytishi
(ularni qayta o‘tkazishi) mumkin.
Alohida tadqiqotlar bosqichida ekspert tadqiqotga taqdim etilgan
o‘qlarni va o‘qotar qurolni tekshiradi.
Otilgan
o‘qning alohida tadqiqotlari
jarayonida quyidagilar
aniqlanadi:
⎯
tadqiqotga taqdim etilgan otilgan o‘q bir qismi hisoblangan
patronning turi va namunasi, shuningdek ushbu patronni otish uchun
mo‘ljallangan
qurolning tizimi, rusumi va namunasi;
⎯
o‘q, uning kalibriga mos bo‘lmagan kalibrdagi quroldan
otilganmi (otilmaganmi);
⎯
o‘q, otish ovozini o‘chiruvchi moslama (ovoz o‘chirgich) bilan
ta’minlangan quroldan otilganmi (otilmaganmi);
⎯
otilgan o‘qda, uning to‘siq bilan ta’sirlashi natijasida hosil
bo‘lgan shikastlanishlar (izlar) mavjudmi;
⎯
tadqiqotga taqdim etilgan o‘q otilgan qurolning tizimi, rusumi va
namunasi;
263
⎯
ushbu qurol stvoli kanalining yeyilish
darajasi;
⎯
qurol stvoli kanalining o‘qdagi izlarining identifikatsiya uchun
yaroqliligi.
Tadqiqotga taqdim etilgan o‘q bir qismi bo‘lgan patronning turi va
namunasi ushbu o‘qning tuzilishi va ishlab chiqarish xususiyatlarini
o‘rganish orqali aniqlanadi: o‘lchamlari, og‘irligi, tuzilishi, o‘q
boshchasi
va tubining shakli, yetakchi hoshiyalar (kamarchalar)ning
mavjudligi va miqdori, o‘qning gilzaga mahkamlanish usuli, o‘q
qobig‘ining materiali, o‘q boshchasi bo‘yog‘ining rangi.
O‘qning uzunligi va diametri 0,01
mm
gacha aniqlikda o‘lchanadi.
Ta’kidlash joizki, o‘qning birlamchi o‘lchamlari, o‘q to‘siq bilan
to‘qnashganda yoki kichikroq kalibrli quroldan
otilishida deformatsiyaga
uchrashi natijasida o‘zgarishi mumkin.
O‘qning og‘irligi 0,01
Dostları ilə paylaş: