. Silliq stvolli o‘qotar quroldan otilgan, tekshirilayotgan
(yuqorida) va eksperimentdan olingan (quyida) o‘q konteynerlaridagi
izlarni taqqoslash. Markazdagi qoramtir soha
⎯
⎯
izlarning
profilogrammasi.
Konteynerning ekspertiza tadqiqotlarida undagi, qurol stvoli
kanalining izlari bilan ushbu konteynerni tayyorlashda hosil bo‘lgan
izlarni o‘zaro farqlash zarur bo‘ladi.
Konteynerni tayyorlash izlari konteynerga bo‘ylama va ko‘ndalang
tarzda joylashgan ishqalanish, shilinish va mayda ariqchalardan iborat
bo‘ladi hamda ularning uzunligi konteynerning uzunligiga (ayniqsa,
silindrsimon sirtlarda) teng bo‘ladi. Ishlab chiqarish qoliplaridan qolgan
xususiyatlarni aks ettiruvchi belgilar konteynerning sirtida bir tekisda
joylashadi.
Qurol stvoli kanalining izlari konteyner materialining kuyish (erishi)
bilan konteynerni tayyorlash izlaridan chegaralangan va konteynerni
tayyorlash izlarini qoplab ketadi. Konteyner materialining bir qismi,
konteynerning stvol kanali bo‘ylab harakatining yo‘nalishiga teskari
tomonga siljigan bo‘ladi. Izli sohalarning atrofida, konteynerning siljigan
materialining ko‘p qismi, konteynerning orqa stabilizatoriga yaqin
tomonda joylashadi. Ba’zida konteynerning siljigan materiali «baliq
tangachalari» ko‘rinishida bo‘ladi va qurol stvoli kanalining izlari
mavjud bo‘lmasligi mumkin.
Konteynerlardagi izlar ko‘p hollarda, ushbu konteynerlar otilgan
o‘qotar qurollarni identifikatsiya qilish uchun yaroqli bo‘ladi.
3-§. Silliq stvolli o‘qotar qurolni snaryadlardagi izlarga
ko‘ra identifikatsiya qilish metodikasi
Ushbu turdagi ekspertiza tadqiqotlarini o‘tkazish uchun sarflana-
digan vaqt, vositalar va ekspertiza oldiga qo‘yilgan savollarga aniq javob
berish imkoniyati ekspertga taqdim etilgan dastlabki ma’lumotlarning
286
hajmiga bevosita bog‘liq bo‘lganligi uchun
dastlabki tadqiqotlar
bosqichining ahamiyati katta bo‘ladi. Bir qator hollarda ekspertlarda,
ekspertiza oldiga qo‘yilgan vazifalarni hal etish maqsadida alohida
sharoitlarni aniqlashtirish zarurati tug‘iladi. Bu maqsadda quyidagi
sharoitlar aniqlanishi lozim:
— hodisa sodir bo‘lgan joyda o‘qotar qurolning qaysi stvoli (chap,
o‘ng, yuqori, quyi)dan o‘q otilgan;
— o‘q otilishidan so‘ng, qurolda qanday o‘zgarishlar yuz bergan;
— hodisa joyida o‘q otilgunicha quroldan necha marta o‘q otilgan;
— qurol oxirgi marta tozalanganidan so‘ng qancha vaqt o‘tgan;
— otilishda ishlatilgan patron qaysi usulda tayyorlangan.
Ushbu sharoitlar ekspertiza tayinlash haqidagi qarorda keltirilmaydi.
Ularni aniqlash uchun ekspert ko‘rilayotgan ish bo‘yicha quyidagi
qo‘shimcha materiallarni, ya’ni hodisa sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan
kechirish bayonnomasi, guvoh, jabrlanuvchi va gumon qilinuvchilarni
so‘roq qilish bayonnomasi, sud-tibbiy va sud-ballistik ekspertizalarining
xulosalarini so‘rab olishi mumkin.
Ushbu tadqiqot bosqichi jarayonida ekspertizaga taqdim etilgan
obyektlarning o‘rami tekshiriladi. Bunda sochma o‘qlar va kartechlarni
to‘g‘ri o‘rab-joylashtirilganligiga alohida e’tibor qaratish lozim. Sochma
o‘q va kartechlarni noto‘g‘ri o‘rab-joylashtirish oqibatida, ulardagi qurol
stvoli kanalining izlari yo‘qolib ketishi mumkin. Taqdim etilayotgan
qurol stvoli kanali izlarini o‘zida aks ettirgan sochma o‘qlar, kartechlar
yoki konteynerlar har biri alohida qog‘oz, doka yoki paxtaga o‘ralishi
lozim.
Alohida tadqiqotlar
bosqichida ekspert identifikatsion vazifalarni
bevosita bajarish uchun zarur bo‘lgan harakatlarni amalga oshiradi.
Tadqiqotga taqdim etilgan o‘qlar, sochma o‘qlar va kartechlar hamda
konteynerlarni ko‘zdan kechirishdan boshlanadi. Ushbu ko‘zdan
kechirish jarayonida o‘q, sochma o‘q va kartechlar hamda
konteynerlarning turi, miqdori, o‘rtacha o‘lchamlari va o‘rtacha og‘irligi,
deformatsiyalanish darajasi va turli begona moddalar bilan ifloslanish
darajasi aniqlanadi.
Tadqiqotga taqdim etilgan snaryadlarning turi, ularning tuzilishi
xususiyatlari, o‘lchami va og‘irligi o‘rganilgandan keyin maxsus
adabiyotlardagi ma’lumotlar bilan solishtirib tekshirib ko‘riladi.
Snaryadlarning deformatsiyalanish darajasi snaryad borib urilgan
to‘siqning materialiga bog‘liq bo‘ladi. Tekshirilayotgan snaryadlarning
287
alohida tadqiqotlar bosqichida aniqlangan katta deformatsiyalari,
identifikatsion tadqiqotlarni o‘tkazish imkoniyatini yo‘qqa chiqarishi
mumkin, chunki snaryaddagi qurol stvoli kanalining izlari ushbu
deformatsiya natijasida butkul yo‘qolib ketishi mumkin. Bu kabi katta
deformatsiyalar snaryadlarni qattiq to‘siqlar (suyak, metall, g‘isht, tosh,
beton suvoq va hokazolar) bilan ta’sirlashganida vujudga kelishi
mumkin.
Ayrim hollarda tadqiqotga taqdim etilgan sochma o‘qlar (kartechlar,
o‘qlar)da turli tolalar va qon qatlamlari aniqlanishi mumkin va ular
snaryadlarning sirtidagi izlarni o‘rganishga xalal berishi mumkin.
Shuning uchun ushbu soch va qon qatlamlarini ketkazish maqsadida,
snaryadlarni kam miqdorda kir yuvish vositalari aralashtirilgan issiq
suvda 2 — 30 soatgacha ivitib qo‘yish tavsiya etiladi. Bunda
snaryadlarni paxta yoki doka matoga joylashtirish va eritma (kir yuvish
vositasi aralashtirilgan issiq suv) va paxta (doka mato)ni muntazam
ravishda almashtirib turilishi lozim.
Snaryadlarni yuqoridagi eritmada ivitilganidan so‘ng, ularning
sirtidagi tolalar va qon qatlamlari nam tamponlar yordamida olib
tashlanadi. So‘ng tadqiqot obyektlari suv bilan yuviladi va paxta
yordamida quritiladi.
Quritilgan sochma o‘qlar yoki kartechlar qurol stvoli kanalining
izlari qolgan sochma o‘q va kartechlar donalarini aniqlash maqsadida
mikroskop ostida tekshiriladi.
Sochma o‘q va kartechlar donalarida ta’sirlashish dog‘larining
mavjudligi, ushbu sochma o‘q va kartechlar donalarini o‘ziga jamlagan
polisnaryad silliq stvolli o‘qotar quroldan otilganligidan dalolat beradi.
Tadqiqotlar sochilgan va og‘ma nurlar ostida o‘tkaziladi. Sochma
o‘q va kartechlar donalaridagi qurol stvoli kanalining izlari ellips
shaklida bo‘ladi va ushbu ellipsning katta diametri, izdagi chiziqlarning
yo‘nalishiga perpendikular yo‘nalgan bo‘ladi. Izning kengligi o‘lchanadi,
undagi mikrorelyef va uning ifodalanganlik darajasi aniqlanadi. Izlarda
yaxshi ifodalangan chiziqlar mavjud bo‘lsa, ular taqqoslash tadqiqotlari
yoki identifikatsiya uchun yaroqli deb topiladi. Izlar maydonlarining
kattalashishi va ulardagi yirik va mayda chiziqlar guruhidan iborat
hamda o‘lchamlari va snaryadlardagi joylashishi betakror (individual)
yig‘indini tashkil etadigan xususiy belgilarning miqdori ortishi bilan
identifikatsion tadqiqotlarning samaradorligi ortadi.
Yuqoridagilardan keyin tekshirilayotgan sochma o‘q, kartech va
konteyner otilgan qurol stvoli kanalining diametri aniqlanadi. Silliq
288
stvolli qurol stvoli kanalining diametrini otilgan sochma o‘q va
kartechlar donalaridagi izlarga ko‘ra aniqlashning bir necha usullari
mavjud. Ushbu usullar yoki hisoblash izlarni oldindan ma’lum bo‘lgan
shablonlar bilan solishtirish orqali amalga oshiriladi. Masalan, V.F.
Guchin (1973) tomonidan dastlabki ma’lumotlarni MBS mikroskopining
okulyar-mikrometri yordamida iz qabul qiluvchi elementlarning
segmentini o‘lchash orqali hisoblash usuli taklif qilingan.
Izlarning profilogrammasini oldindan ma’lum bo‘lgan shablonlar
bilan solishtirishga asoslangan usulni Y
е
.I. Stashenko va X.M. Taxo–
Godilar ishlab chiqqanlar. Ushbu usullarni qo‘llashda qurol stvoli kanali
sirtining izlarda aks etgan kengligining 2,5 — 3,0
mm
gacha o‘lchami
identifikatsion tadqiqotlar uchun yetarli bo‘lishini inobatga olish lozim.
Yuqoridagilardan tashqari, Ekspert-kriminalistik xizmatlarining
amaliyotida hisoblash usuli ham keng tarqalgan. Ular quyidagi
formulalar yordamida bajariladi:
h
h
L
R
8
4 2
2
+
=
,
h
h
L
D
4
4 2
2
+
=
,
bu yerda:
R
— qurol stvoli kanalining radiusi (
mm
),
D
— qurol
stvoli kanalining diametri (
mm
),
L
— izning o‘ng va chap chegaralarini
tutashtiruvchi chiziq (xorda)ning uzunligi (
mm
),
h
— izdan xordaning
o‘rtasiga tushirilgan perpendikular (
mm
) (53-rasm).
53-rasm.
Dostları ilə paylaş: |