angiografiya yoki gastrofibroskopiya o ‘tkazish jarayonida
yurakning reflektor to ‘xtashi;
jartohlik amaliyotini o‘tkazish arafasida ruhiy-emotsional
shok natijasida to‘satdan o‘lim holati.
Shunday qilib, baxtsiz hodisalarda bemoming sog‘lig‘iga
zarar yoki uning o iim i kutilmagan,
oldindan bilish mumkin
boim agan tasodifiy holat yoki sharoitlar natijasida vujudga keladi.
Vrach xatosidan farqli ravishda ular vrachning harakati yoki
harakatsizligiga bog iiq emas. Aynan shu sababli baxtsiz hodisalar
tibbiy xodimning biron-bir ko‘rinishdagi javobgarligini yuzaga
keltirishi mumkin emas. Vrach xatosi kabi, baxtsiz hodisalar
natijasidagi noxush oqibatlar ham
tibbiy muassasada albatta
o ‘rganilishi va tahlil etilishi lozim.
Yatrogeniya
“Yatrogeniya” atamasi (grekchadan Iatros - vrach, gennao -
yuzaga keltiraman) 1925 yilda nemetspsixiatri О. В umke tomonidan
taklif etilgan. Uzoq vaqtlar davomida yatrogeniya deganda vrach
so‘zlari yoki harakatlarini bemor ruhiyatiga bevosita yoki bilvosita
noxush ta’siri oqibatida yuzaga kelgan kasalliklar inobatga olingan.
I. A. Kassirskiy (1970) yatrogen kasalliklar sifatida nafaqat tibbiy
xodim tomonidan bemor ruhiyatining bevosita yoki bilvosita
shikastlanish holatlarini, balki mulojalami noto‘g ‘ri bajarish, dori-
darmonlarni noto‘g‘ri qoilash kabi holatlami ham nazarda tutishni
taklif etdi. So‘nggi vaqtlarda yatrogeniya tushunchasini yanada
kengaytirishga harakatlar kuzatilmoqda.
Ayrim holatlarda yatrogeniya vrach emas, balki o‘rta tibbiy
xodim tomonidan sodir etilishi mumkin. Shundan kelib chiqib,
vengriyalik psixoterapevt I. Xardi (1972) yatrogeniya analogi
sifatida tibbiy hamshiralar harakatlari
natijasida yuzaga kelgan
noxush oqibatlami tavsiflash uchun “sororigeniya” atamasini
(lotinchadan soror - hamshira) taklif etdi.
Yatrogeniya turli mualliflar tomonidan turlicha tavsiflanadi.
Ayrimlar ushbu tushunchaga barcha turdagi tibbiy xodimlarning
kasb huquqbuzarliklarini kiritsa, boshqalar - faqat qasddan sodir
etilmagan, ya’ni ehtiyotsizlik natijasida
yuzaga kelgan holatlami
nazarda tutadi. Ba’zi mualliflar yatrogeniyani vrach xatosining bir
ko‘rinishi sifatida e’tirof etadi (V. I. Akopov, 2000).
Yatrogeniyaning quyidagi ta’rifi ma’qulroq.
Yatrogeniya - bu diagnostika,
davolash, profilaktika yoki
reabilitatsiya muolajalarini o‘tkazish bilan bevosita yoki bilvosita
bog‘liq holatda bemor salomatligiga zarar etkazishdir (Yu. D.
Sergeev, S. V. Erofeev, 1998).
Shuningdek, yatrogeniyaning A. V. Shaposhnikov (1998)
tomonidan taklif etilgan nisbatan salmoqli va umumiy ko‘rinishga
ega bo‘lgan tavsifi ham mavjud: “Yatrogeniya
- bemor yoki
sog‘lom insonga o‘z kasb va xizmat majburiyatlarini bajarish davri
va o‘mida buyruq berish va ijro etish vakolatiga ega bo‘lgan tibbiy
xodimlaming harakati va so‘zlarini bevosita yoki bilvosita nojo‘ya
ta’siri natijasida vujudga kelish vaqtidan qat’iy nazar ruhiy va
jismoniy salomatligidagi o‘zgarishlar tushuniladi”.
Hozirgi vaqtda umum qabul qilingan talqinga ko‘ra,
yatrogeniya deganda tibbiy omillar ta ’sirida yuzaga kelgan yangi
patologik holat tushuniladi. Tibbiy omil, jamlanma tushuncha
sifatida, o ‘zida tibbiy texnologiyaning barcha elementlarini
(diagnostika, davolash, profilaktika, reabilitatsiya va bosh. ) va
bemor bo‘lgan tibbiy-profilaktika muassasasi sharoitlami tutadi.
Mos tarzda yatrogeniyaning diagnostik, davolash (davolash,
jarrohlik, jismoniy), ruhiy-emotsional va informatsion, profilaktik,
davolamaslik (tibbiy yordamga kechikib murojaat qilish) va boshqa
turlari farqlanadi.
Xulosa
qilganda,
kasb
huquqbuzarliklari
oqibatida
vujudga kelgan barcha noxush oqibatlami, shu jumladan tibbiy
xodimlaming jinoyati, qilmishlari, vrach xatosi,
baxtsiz hodisalami
yatrogeniyaning ko‘rinishlari sifatida talqin etish mumkin.
Yuqorida qayd etilganlami inobatga olib tibbiy xodimlaming
kasb huquqbuzarliklarini quyidagicha tasniflash mumkin.