2-LABORATORIYA ISHI
Mavzu: Kombinatsion elementlarni o’rganish va ular asosida
mantiqiy elementlarni
loyihalashtirish.
Laboratoriya ishining maqsadi.
HAM-EMAS mantiqiy elementini tadqiq etish.
Sxemada belgilanishi. Rostlik jadvali. HAM-EMAS ME asosida HAM, YOKI va
EMAS MEini yasash.
Laboratoriya ishi topshirig‘i.
2.1.
HAM-EMAS mantiqiy elementini sxemada belgilanishi o’rganish.
2.2.
HAM-EMAS mantiqiy elementini rostlik jadvalini bilish.
2.3.
HAM-EMAS ME asosida HAM, YOKI va EMAS MEini yasash.
2.4.
Berilgan funksiyaning elektron sxemasini HAM-EMAS ME asosida yasash.
Nazariy ma’lumotlar
HAM-EMAS mantiqiy elementi.
HAM-EMAS funksiyasi algebraik ko’rinishi
ifodalanadi. Bu funksiyaning rostlik jadvali 1-jadvalda keltirilgan.
1-
jadval.
Raqamli tizimlarda HAM-EMAS funksiyasi HAM-EMAS elementi deb
ataluvchi elektron sxema
yordamida amalga oshiriladi. 1-rasmda HAM-EMAS elementining belgilanishi ko’rsatilgan.
1-rasm. HAM-EMAS elementining belgilanishi.
Rostlik jadvali shuni ko’rsatadiki, agarda HAM-EMAS elementining 1ta yoki 2ta kirishida mantiqiy
«0» bo’lsa, u holda uning chiqishida mantiqiy «1» bo’ladi. Qalin shriftlar bilan ko’rsatilgan rostlik
jadvalining 2ta satri HAM-EMAS elementining A kirishida barcha vaqt mantiqiy «1» bo’lgandagi
holatini xarakterlaydi. Bu satrlarni ko’rib chiqsak, agarda B=0 bo’lsa f=1 bo’ladi hamda B=1 bo’lsa
f=0 bo’ladi (2-rasm).
2-
rasm. 2 ta kirishli HAM-EMAS elementining A kirishida barcha vaqt mantiqiy «1» bo’lgandagi
holati.
HAM, YOKI va EMAS elementlarini HAM-EMAS elementlari yordamida amalga oshirsa bo’ladi.
Topshiriqda talabalar berilgan funksiyaning
elektron sxemasini
HAM-EMAS mantiqiy elementlari yordamida
yasashi va rostlik
jadvalini tuzishi kerak (Multisim dasturida).
Hisobot tarkibi
1.
Laboratoriya ishining nomi va uni bajarishdan maqsad.
2.
O’lchash prinsipial sxemasi.
3.
Har bir talaba berilgan variant asosida rostlik jadvalini tuzadi hamda Multisimda
berilgan variantning prinsipial sxemasini tayyorlaydi va
rostlik jadvali bilan
natijalarni solishtiradi.
4.
Xulosa.
Nazorat savollari
1.
Haqiqiylik jadvalidan foydalanib, konyuktor mantiqiy amalini izohlang.
2.
Konyuktor, dizyunktor ME shartli belgisini tasvirlab bering.
3.
Bul
algebrasida HAM, YOKI, EMAS mantiqiy funksiyasini yozib bering.