4
bosqichdan iborat boʻlib, birinchi bosqichda baholanuvchining erishgan natijalari
aniqlanadi,
ikkinchi bosqichda esa, natijalar mezonlarga taqqoslanadi va
oʻlchanadi.
Mezonga asoslangan (yoki maqsadli) baholashning afzalliklari:
Oʻquv maqsadiga muvofiq baholanadi, baholash oʻzining aniq
koʻrsatkichlariga ega boʻladi;
Ta’lim oluvchining oʻzlashtirish darajasi ob’ektiv baholanadi;
Ta’lim oluvchining olgan bahosi uning yoʻl qoʻygan xatolarini yaqqol
koʻrsatib beradi;
Baholanuvchini ta’lim olishga yoʻnaltiradi, ta’lim mazmunini aniqlab
beradi;
Baholanuvchilarning baholanayotgan
sohadagi kuchli va kuchsiz
tomonlarini xolisona aniqlab beradi, ularning oʻz bilimi va malakalariga boʻlgan
ishochini oshiradi;
Baholanuvchilarning oʻz faoliyati natijalariga boʻlgan mas’uliyatini
oshiradi;
Kamchiligi
Mezonlarni ishlab chiqish koʻp vaqt talab qiladi.
Mezonlarning xolisligi, aniqligi va haqqoniyligini ta’minlashga nisbatan
talablarning koʻpligi;
Oʻquvchilar bilimini baholash usullari.
Oʻquvchilarning bilim, koʻnikma va malakalarini baholash mezonlari
hamma vaqt bahstalab mavzu boʻlib kelgan. Shu bois u turli adabiyotlarda turlicha
yoritilgan. Biroq, mavjud qarashlarni
umumlashtirib aytish mumkinki,
oʻquvchilarning bilim, koʻnikma va malakalarini baholash mezonlari har bir
fanning maqsad va vazifalari, shuningdek, sinf (guruh)dagi oʻquvchilarning
oʻzlashtirish darajasiga tayangan holda belgilanadi. Shuningdek,
baholash
mezonlarini ishlab chiqishda oʻquvchilarning ogʻzaki javob berishlariga, koʻnikma
va malakalariga alohida-alohida yondashiladi. Masalan; musiqa madaniyati
darsidan baholash mezonlariga oʻquvchilarning ijrolari, musiqa ifoda vositalarini
5
bilishlari, ritm va obertonlarni his qilishlari va amalda mavjud bilimlarini
namoyish eta olishlari inobatga olinadi.
Agar, oʻquvchida quyidagi bilimlar namoyon boʻlsa, uni “5”
baho bilan
baholaymiz:
1.
Oʻrganilayotgan mavzu yuzasidan toʻgʻri javoblar berilsa;
2.
Qoʻshiq ijrosida musiqaga gamohanglik va aniqlik namoyon boʻlsa;
3.
Nota misollarini oʻqish jarayonida oʻqituvchi talabi bilan tuzatilgan ikki-
uchta unchalik ahamiyatga ega boʻlmagan xatolarga yoʻl qoʻyilsa;
4.
Oʻrganilgan nazariy mavzular boʻyicha asosiy ma’lumotlarning
mohiyatini ochib bera olsa.
Agar, oʻquvchilarda quyidagi holatlar namoyon boʻlsa, “4” baho qoʻyiladi:
1.
Oʻqituvchi tomonidan olib borilgan mashgʻulotlarda egallangan bilimlar
sayoz boʻlsa;
2.
Qoʻshiq ijrosi jarayonida aksariyat hollarda laddan chiqib ketish holatlari
kuzatilsa va qoʻshiqning takrorlanuvchi qismlarini yaxshi eslab qola olmasa.
3.
Ogʻzaki javob berishda jiddiy xatolarga yoʻl qoʻymasa;
4.
Oʻqituvchining qoʻshimcha savollari bilan xatolarini toʻgʻrilay olsa.
Amalda, bilimlarni namoyish etishda “3” baho quyidagi holatlar namoyon
boʻlganda qoʻyiladi:
1. Oʻquvchi oʻrganilgan mavzuni oʻzlashtirgan, lekin mustaqil tushuntirish
berishda oʻqituvchining aniqlashtiruvchi savollariga ehtiyoj sezsa;
2. Savollarning mantiqiy tuzuilishini oʻzgartirib berganda, javob berishga
qiynalsa;
3. Notalarni yozishda xatolarga yoʻl qoʻysa.
“2” baho quyidagi vaziyatlarda qoʻyilishi mumkin:
1. Oʻquvchi oʻrganilgan mavzu haqida tushunchaga ega boʻlmasa;
2. Mavzuni oʻzlashtirmagan, musiqaning ifoda vositalarini yozishda qoʻpol
xatolarga yoʻl qoʻygan boʻlsa;
3. qoʻshiq
ijrosida temp, ritm va obertonlarni umuman his qilmasa, darsda
faol faol boʻlmasa.
6
Oʻquvchilarning oʻquv-bilish faoliyatini nazorat qilish natijalari uni
baholashda ifodalanadi. Baholash - bu biror bilimning darajasi yoki sifatini
belgilashdir. Baholashning sifat koʻrsatkichini pedagogik-psixologik
ahamiyati
ham mavjud-ki ushbu “Baholash sifat koʻrsatkichi” soʻzlar bilan ifodalanadigan
maqtov iboralari orqali namoyon boʻlishi mumkin (masalan; “Barakalla”, “Siz
zoʻrsiz!”, “Qoyil”…).
XULOSA
Oʻquvchilarning bilimlari, koʻnikma va malakalarini xolisona baholash,
ularning bilim olishga boʻlgan qiziqishlarini ragʻbatlantirish va reytingini
aniqlashdan iborat.
Baholash - ta’lim jarayonining ma’lum bosqichida oʻquv
maqsadlariga
erishilganlik darajasini oldindan belgilangan mezonlar asosida oʻlchash, natijalarni
aniqlash va tahlil qilishdan iborat jarayondir.
Bunda, baholashning samarali boʻlishi uning yuqorida qisqacha bayon
qilingan ilmiy, uslubiy asoslarga muvofiq ish olib borilishi bilan bogʻliq.