R. D. Dusmuratov, A. S. Boltayev moliyaviy tahlil



Yüklə 5,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə174/307
tarix16.12.2023
ölçüsü5,36 Mb.
#181690
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   307
Молиявий таҳлил Дарслик қўлёзмаси

11.2-jadval 
“Sharq” fermer xo‘jaligida yalpi foyda va uning o‘zgarishiga ta’sir 
ko‘rsatuvchi omillar tahlili 
№ 
Ko‘rsatkichlar 
O‘tgan 
yil 
Hisobot 
yili 
Qayta 
hisob-
langan 
Farqi 
(+;-) 
shu jumladan 
Sotishdan 
olingan sof 
tushum 
o‘zgarishi 
hisobiga
Sotilgan 
mahsulot 
tannarxi 
o‘zgarishi 
hisobiga 

Mahsulot 
sotishdan 
olingan sof tushum, ming 
so‘m 
653350 683292 683292 +29942 



Sotilgan 
mahsulotlar 
ishlab chiqarish tannarxi, 
ming so‘m 
546908 583648 546908 +36740 


3 Yalpi foyda, ming so‘m 
106442 
99644 
136384 
-6798 
+29942 
-36740 
Fermer xo‘jaligida yalpi foydaning o‘tgan yilga nisbatan kamayishiga 
quyidagi omillar ta’sir ko‘rsatgan bo‘lib, ularning ta’sir darajalari quyidagicha 
bo‘lgan: 
-
birinchi omil, mahsulot sotishdan olingan sof tushum summasining hisobot 
yilida o‘tgan yilga nisbatan 29942 ming so‘mga ko‘payishi yalpi foyda summasini 
29942 ming so‘mga oshishiga ta’sir ko‘rsatgan: 
136384 - 106442 = + 29942 ming so‘m 
-
ikkinchi omil, sotilgan mahsulotlar ishlab chiqarish tannarxining hisobot 
yilida o‘tgan yilga nisbatan 36740 ming so‘mga ko‘payishi, yalpi foyda summasini 
36740 ming so‘mga kamayishiga ta’sir ko‘rsatgan: 
99644 - 136384 = - 36740 ming so‘m. 
Ushbu omillarning ta’siri natijasida yalpi foyda summasi o‘tgan yilga 
nisbatan hisobot yilida 6798 ming so‘mga kamayib ketgan. Ya’ni, sotilgan 
mahsulotlar ishlab chiqarish tannarxining hisobot yilida o‘tgan yilga nisbatan 
36740 ming so‘mga ko‘payishi, mahsulot sotishdan olingan sof tushumning 29942 
ming so‘mga ko‘payishini ham to‘liq qoplab ketgan holda yalpi foydaning 
o‘zgarishiga salbiy ta’sir ko‘rsatgan. 


243 
Agarda sotilgan mahsulotlar ishlab chiqarish tannarxi hisobot yilida 
ko‘paymasdan, o‘tgan yilgi ko‘rsatkichni tashkil qilganda edi, yalpi foyda summasi 
mahsulot sotishdan olingan sof tushumning hisobot yilida o‘tgan yilga nisbatan 
ko‘payishi hisobiga 29942 ming so‘mga oshgan bo‘lar edi. 
Shundan so‘ng, fermer xo‘jaligida yetishtirilgan har bir mahsulot turi 
bo‘yicha ham olingan yalpi foyda va uning o‘zgarishiga ta’sir ko‘rsatuvchi 
omillarni tahlil qilib o‘rganish lozim deb hisoblaymiz. Chunki, fermer xo‘jaligi 
rahbariyati to‘g‘ri boshqaruv qarorlarini qabul qilishi uchun avvalo xo‘jalikda 
yetishtirilgan qaysi mahsulot unga yuqori daromad keltirgani, ya’ni yuqori 
baholarda iste’molchilar tomonidan sotib olinganligi, qaysi mahsulot turining fizik 
miqdorining oshganligini va qaysi mahsulotni yetishtirish kam xarajatli ekanligi 
kabi savollarga javob topishi zarur bo‘ladi. Buning uchun albatta fermer 
xo‘jaligida har bir yetishtirilgan mahsulot turi bo‘yicha olingan yalpi foyda 
ko‘rsatkichini omilli tahlil qilib o‘rganish lozim. Shu sababli, biz tahlil qilib 
o‘rganayotgan “Sharq” fermer xo‘jaligida mahsulot sotishdan olingan yalpi foyda 
va uning o‘zgarishiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar tahliliga to‘xtalib o‘tmoqchimiz. 
Fermer xo‘jaligida mahsulot sotishdan olingan yalpi foyda ko‘rsatkichi ham 
yuqoridagi kabi aniqlanadi, biroq uning o‘zgarishiga ta’sir ko‘rsatuvchi asosiy 
omillarga yordamchi omillarni kiritish orqali quyidagicha matematik formula 
ko‘rinishida ifodalash mumkin: 
YaF = SST - IT = (M×B) – (M×T), (11.2) 
bunda, 
M – sotilgan mahsulot miqdori; 
B – 1 s mahsulotni o‘rtacha sotish bahosi; 
T – 1 s mahsulotni o‘rtacha ishlab chiqarish tannarxi. 
Yalpi foyda ko‘rsatkichini aniqlashda bunday yordamchi omillarni kiritish, 
tahlil natijalari samaradorligini oshiradi. 
Mazkur formuladan ko‘rinib turibdiki, mahsulot sotishdan olingan yalpi 
foydaning o‘zgarishiga bevosita quyidagi omillar ta’sir ko‘rsatadi: 
-
sotilgan mahsulot miqdorining o‘zgarishi; 
-
1 s mahsulotning o‘rtacha sotish bahosining o‘zgarishi; 


244 
-
1 s mahsulotning o‘rtacha ishlab chiqarish tannarxining o‘zgarishi. 
Endi, “Sharq” fermer xo‘jaligida yetishtirilgan va sotilgan bug‘doy misolida 
11.3-jadval ma’lumotlari asosida yalpi foyda va uning o‘zgarishiga ta’sir 
ko‘rsatuvchi omillarni tahlil qilib o‘rganamiz. 

Yüklə 5,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   307




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin