62
Masalan, ekin maydoni, chorva mollari bosh soni, hosildorlik,
mahsuldorlik, yalpi
hosil va boshqa shu kabi omillar agrar sohaga tegishli bo‘lgan o‘ziga xos
omillardir.
Tovar oboroti, ulgurji baho,
muomala xarajatlari, savdo ustamasi va
savdo chegirmasi kabi omillar esa savdo faoliyati bilan shug‘ullanuvchi xo‘jalik
yurituvchi subyektlarga tegishli omillar hisoblanadi.
Omillar ta’sir qilish xarakteri bo‘yicha ham tasniflanadi.
Omillar ushbu
belgisi bo‘yicha quyidagicha guruhlanadi (3.4-rasm).
Ekstensiv omillarga miqdorning ortishi bilan bog‘liq, ya’ni qo‘shimcha
resurslarni jalb qilish hisobiga natijani o‘zgartiruvchi omillar kiradi. Masalan, agrar
sohada yalpi hosil natija ko‘rsatkichi bo‘lib, uning miqdorini o‘tgan yilga (biznes
rejaga) nisbatan ortishini ta’minlash uchun ekin maydonini ko‘paytirish chorasi
qo‘llanilsa, unda yalpi hosilning o‘zgarishiga ta’sir ko‘rsatuvchi ekstensiv omil bu
ekin maydoni hisoblanadi. Bundan tashqari bu guruh omillariga tahlil qilinayotgan
obyektga, tahlilning
maqsad va vazifalariga, tahlil qilinayotgan sohaga ko‘ra
ko‘plab misollar keltirish mumkin.
3.4-rasm. Omillarning ta’sir qilish xarakteri bo‘yicha tasnifi
Natijaning o‘zgarishiga miqdor ko‘rsatkichini ko‘paytirish hisobiga emas,
balki sifat ko‘rsatkichini oshirish evaziga erishish bugungi kunning qat’iy
talabi
hisoblanadi. Shu sababli, mavjud resurslardan foydalanish samaradorligini oshirish
hisobiga natijani o‘zgartiruvchi omillar intensiv omillardir. Ular jumlasiga
hosildorlik, mahsuldorlik, mehnat unumdorligi kabi ko‘plab omillarni kiritish
mumkin. Albatta, ushbu omillar hisobiga iqtisodiy o‘sishga
erishish subyekt
moliya-xo‘jalik faoliyatining umumiy samaradorligini oshiradi.
Omillar ta’sirini o‘lchash mumkinligi jihatidan ham tasniflanadi. Mazkur
belgisi bo‘yicha omillar ikki guruhga bo‘linadi (3.5-rasm).
Dostları ilə paylaş: