A. B. Radjiyev Abdulla Avloniy nomidagi Xalq ta’limi tizimi rahbar va mutaxassis



Yüklə 123,47 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/77
tarix16.12.2023
ölçüsü123,47 Kb.
#181746
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   77
8-informatika

16-
dars
. WEB SAYT DIZAYNI BILAN ISHLASH
2
3
4
1
1. Web-saytning dizayni nima?
2. Web-saytga shablon qanday o‘rnatiladi? 
3. Web-sayt nomi va logotipi qaysi bo‘lim orqali tahrirlanadi?
4. Vijetlar nima va ular qanday maqsadda ishlatiladi?
5. Shablon kodlarini o‘zgartirish mumkinmi, agar mumkin bo‘lsa, qaysi bo‘lim orqali 
o‘zgartiriladi?
TAKRORLASH UCHUN SAVOLLAR
17
-dars

AMALIY ISH. 
1. Maqsadga yo‘naltirilgan sayt mazmunidan kelib chiqib, sayt mavzusiga mos 
shablon tanlang va uni o‘rnating.
2. Saytning nomi, logotipi hamda dizayni (fon, tasvirlar va h. k.)ni tahrirlang.
3. Saytning umumiy tuzilmasi va maketini shakllantiring. Sayt shablonini maqsadga mos 
ravishda o‘zgartiring.
4. Saytga elementlar (menyu, qidiruv bo‘limi, sahifalar, bloglar, kalendar, xarita va b.)ni 
qo‘shing va ularni tahrirlang.
AMALIY TOPSHIRIQ
WORDPRESSDA WEB-SAYT DIZAYNI BILAN ISHLASH


54
III BOB. 
CMS — KONTENTNI BOSHQARUV TIZIMLARI
18
-dars

WEB-SAYT TARKIBI BILAN ISHLASH
Barcha CMSlarning ishlash prinsipi deyarli bir xil, ya’ni ularning hammasida sayt dizayni va tarkibi 
bilan ishlash ko‘zda tutiladi. Odatda, sayt dizayni kamdan-kam hollarda o‘zgaradi, tarkibi esa 
nisbatan tez-tez o‘zgarib turishi mumkin. 
CMSlarning aksariyati vizual muharrir WYSIWYGdan foydalanishga asoslangan. Ushbu muharrir 
Office dasturlaridagi matn muharrirlariga juda o‘xshash bo‘lib, saytga vizual interfeys orqali 
ma’lumot qo‘shish va uni o‘zgartirish imkonini beradi. Sayt tarkibi hamda kiritilgan ma’lumotlar 
ma’lumotlar bazasida (MySQL) saqlanadi va mijoz so‘roviga ko‘ra sahifaga chiqarilishi mumkin.
BUNI BILASIZMI?
Sayt sahifalariga qanday ma’lumotlar joylashtiriladi?
Sayt sahifalariga audio va video ma’lumotlarni ham 
joylashtirish mumkinmi?
DIQQAT
Maqsadga yo‘naltirilgan sayt muvaffaqiyatining 
darajasi uning tarkibi va mazmuni bilan 
belgilanadi. Yuqori sifatli tarkib nafaqat matn, balki rasm, 
video, audio, shuningdek, ma’lumotnoma, sarlavha va 
metateglardan iborat bo‘ladi. Biznes loyihalarni yuritishda 
tarkibning sifati bilan birga, uning vaqti-vaqti bilan yangilanib 
turishi ham muhim ahamiyatga ega. Shuningdek, saytning 
tarkibi bilan ko‘proq foydalanuvchi tanishishi uchun ijtimoiy 
tarmoqlardan keng foydalanish kerak.
Foydalanuvchilar e’tiborini o‘ziga jalb etadigan yuqori sifatli sayt yaratish uchun uning tarkibini 
kontentlar bilan to‘ldirish lozim. Buning uchun quyidagilarga e’tibor qaratish zarur:
1. 
Kontentning o‘ziga xosligi.
Kontentdagi muallif matnlari takrorlanmas, o‘ziga xos, yuqori 
sifatli, sodda, ravon hamda jozibali bo‘lishi lozim. 
2. 
Kontentning mazmundorligi.
Internet tarmoqlarida mazmunsiz maqolalar juda ham ko‘p 
bo‘lib, ular orasidan o‘quvchi har doim ham foydali ma’lumotni topavermaydi. Demak, kontent 
foydali, mazmunga boy bo‘lishi bilan birga, professional tarzda tayyorlanishi lozim.
3. 
Savodxonlik.
Matnning savodsizlarcha tayyorlanishi aksariyat saytlar uchun juda katta 
muammo tug‘diradi. Sayt sahifalarida uchraydigan g‘aliz va to‘mtoq jumlalar, ularda uslubiy 
va imloviy xatolarning ko‘pligi manbaga bo‘lgan qiziqishni so‘ndirishi muqarrar. Aksincha, 
professional muharrirlar faoliyat yuritadigan saytlar foydalanuvchilar tomonidan ko‘proq e’tirof 
etiladi.
TAYANCH 
TUSHUNCHALAR
Menu 
(menyu)

sayt 
sahifalariga o‘tishni 
osonlashtiradigan 
bo‘lim nomlari (menyu 
elementlari) bilan 
bog‘langan guruhlardan
iborat to‘plam. Menyu 
elementlarini matn yoki 
belgi — ikonkalar bilan 
belgilash mumkin. Har 
bir saytning o‘z menyusi 
bo‘lishi lozim. 


55

Yüklə 123,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   77




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin