A. B. Radjiyev Abdulla Avloniy nomidagi Xalq ta’limi tizimi rahbar va mutaxassis


IV BOB.  LMS — TA’LIMNI BOSHQARUV TIZIMLARI



Yüklə 123,47 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə45/77
tarix16.12.2023
ölçüsü123,47 Kb.
#181746
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   77
8-informatika

IV BOB. 
LMS — TA’LIMNI BOSHQARUV TIZIMLARI
Google Classroom
(https://classroom.google.com/) — ta’lim uchun 
mo‘ljallangan platforma bo‘lib, kurs/sinfni yaratish va o‘quvchilarni qo‘shish, 
kerakli o‘quv materiallarini kiritish va o‘quvchilarga taqdim etish, o‘quvchilarga 
topshiriqlar berish, ularning ishlarini baholash va faoliyatini kuzatib borish, 
o‘quvchilar bilan muloqot qilish kabi imkoniyatlarni taqdim etadi. Google 
Classroomda Googleda akkauntga ega xohlagan foydalanuvchi kurs yaratishi 
mumkin. 
Moodle
(Modular Object-Oriented Dynamic Learning Environment) (http://
moodle.org/) masofaviy ta’lim olish muhiti hisoblanib, sifatli masofaviy 
kurslarni yaratish uchun mo‘ljallangan. Bu dasturiy mahsulot dunyoning 100 
dan ziyod mamlakatlarida ishlatiladi. Bepul tarqatiladigan bu dasturiy majmua 
o‘zining funksional imkoniyatlari, o‘rganishdagi soddaligi va ishlatishdagi 
qulayligi bilan foydalanuvchilarning ko‘plab talablarini qanoatlantira oladi. 
Moodle masofaviy ta’limda o‘qitish jarayonini to‘la qo‘llab-quvvatlash uchun keng doiradagi, 
jumladan, o‘quv materiallarini turli usullarda berish, bilimlarni tekshirish va o‘zlashtirish nazoratini 
amalga oshirish kabi imkoniyatlarni beradi.


67
21-
dars
. LMS PLATFORMALARINING TURLARI VA VAZIFALARI
LearnDash
— ommabop kontent boshqaruv tizimi (CMS)da 
sinflar yaratish, ularni boshqarish, o‘zgartirish va nashr etish 
imkonini beruvchi ishonchli plagin. Bu plagin WordPress 
platformasi tarkibida ishlaydi. Shu sababli, agar ta’lim muassasasi 
kompyuteriga WordPress o‘rnatilgan bo‘lsa, qo‘shimcha ravishda 
LearnDash plaginini o‘rnatgan holda o‘quv kurslarini yaratish mumkin.
Plagin bir necha kursni yaratish va ularning tarkibini bitta sinfdan boshqa sinfga nusxalash 
imkonini ham beradi. Shuningdek, kontent tarkibidagi funksiyalar yordamida sertifikat hamda 
nishonlarni rasmiylashtirish mumkin.
1. LMS platformalari nimaga xizmat qiladi?
2. Bulutli LMS platformalari qanday prinsip asosida ishlaydi?
3. Serverga asoslangan LMS platformalarida o‘quv kurslarining ma’lumotlari qayerda 
saqlanadi?
4. CMS bilan integratsiyalashgan LMSlarga misollar keltiring.
5. Bulutli LMS platformalariga misollar keltiring. Masalan, Google Classroom, … .
6. Serverga asoslangan LMS platformalariga misollar keltiring. Masalan, Moodle, … .
7. CMS bilan integratsiyalashgan LMS platformalariga misollar keltiring. Masalan, LearnDash, … .
TAKRORLASH UCHUN SAVOLLAR


68

Yüklə 123,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   77




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin