9
2-
dars
. SMM PLATFORMALAR BILAN TANISHISH.
FACEBOOK TARMOG‘I
2-dars. SMM PLATFORMALAR BILAN TANISHISH.
FACEBOOK TARMOG‘I
SMMda asosiy e’tibor ijtimoiy tarmoqlar orqali ma’lumot tarqatuvchi qiziqarli kontent
yaratilishiga qaratiladi. Ijtimoiy tarmoqlarda ishlovchi SMM mutaxassislarining
ijtimoiy
marketingni rivojlantirishdagi asosiy vazifalaridan biri — ijtimoiy media platformalar bilan ishlash.
O‘zbekistonda SMM mutaxassislari brendni, asosan, Facebook, Telegram, Instagram, Youtube
kabi ijtimoiy tarmoqlarda keng targ‘ib qilish, reklama berish ishlari bilan shug‘ullanishadi.
BUNI BILASIZMI?
Facebook
platformasi, asosan, qanday ma’lumotlarni tarqatish uchun ishlatiladi?
Videoroliklarni joylashtirish uchun qaysi platformadan foydalangan ma’qul?
Sizningcha, yaratmoqchi bo‘lgan loyihangiz qaysi platformalarda ko‘proq mijoz yig‘a oladi?
Facebook
dunyodagi eng yirik ijtimoiy tarmoqlardan biri bo‘lib, uning yordamida yaqinlar
bilan xabarlashish, mustaqil ta’lim olish hamda biznes loyihalarni yuritish mumkin. Facebook —
2004-yilda Garvard universiteti talabasi Mark Suckerberg
hamda Eduardo Saverin, Dustin
Moskovitz, Chris Hughes tomonidan asos solingan ijtimoiy tarmoq.
DIQQAT
FACEBOOK TARMOG‘IDAN FOYDALANISH
Facebook tarmog‘i bilan tanishish uchun har bir foydalanuvchi unda o‘z
profilini yaratishi zarur. Buning uchun ro‘yxatdan o‘tish talab etiladi.
ESLAB QOLING
Ijtimoiy tarmoqlarda ro‘yxatdan o‘tishdan avval yodingizda bo‘lsin, profilingizga yuklangan
barcha xabar, rasm va boshqa ma’lumotlaringiz doimo onlayn holatda saqlanadi. Siz
o‘chirib
tashlaganingizda ham, maxsus usullar bilan uni qayta tiklab, nashr etish
imkoni
mavjud.