A. B. Radjiyev Abdulla Avloniy nomidagi Xalq ta’limi tizimi rahbar va mutaxassis



Yüklə 123,47 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə55/77
tarix16.12.2023
ölçüsü123,47 Kb.
#181746
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   77
8-informatika

28-
dars
. MOOC PLATFORMALARI TURLARI VA VAZIFALARI
DIQQAT
Google Classroom platformasida ta’lim olish
Zamonaviy texnika taraqqiyotining natijasi o‘laroq, o‘quvchilar qo‘lida mobil telefon, planshet, 
noutbuklarning mavjudligi ularga masofadan turib ta’lim olish imkoniyatini beradi. MOOC 
kurslari orqali o‘quvchi yil davomida yoki qisqa sessiyalarda ta’lim olishi mumkin. Hozirgi 
paytda dunyoga mashhur Garvard va Massachusets singari nufuzli ta’lim muassasalari MOOC 
platformalari orqali turli yo‘nalish va darajadagi onlayn kurslarni taqdim etmoqda. MOOC kurslari 
bir vaqtning o‘zida minglab o‘quvchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish bilan birga, yil davomida qat’iy 
belgilangan yoki xohlagan vaqtda kursga a’zo bo‘lib, undan ta’lim olish imkonini beradi.
28
-dars
. MOOC PLATFORMALARINING TURLARI VA 
VAZIFALARI
Inson borki, bir umr bilim olishga, olgan bilimlarini rivojlantirishga 
va ular tufayli egallagan hayotiy tajribalarini boyitishga harakat 
qiladi. Bu borada MOOC zamonaviy pedagogik tushuncha 
va texnologiyalar asosida yaratilgan, ommaga mo‘ljallangan, 
bepul (qo‘shimcha ravishda pullik funksiya va imkoniyatlari ham 
mavjud) tizim bo‘lib, internet orqali faoliyat yuritadi.
Shu bilan bir qatorda, u o‘zida norasmiy ta’limning yangi shakl va 
usullarini mujassam etgan holda aralash ta’limning zamonaviy 
pedagogik texnologiyalarini ham taqdim etadi. MOOC kurslari 
tarkiban boshqa ta’lim tizimlaridan farqli ravishda, asosan, 
videoma’ruzalar, matn, forum hamda bilimlarni mustahkamlash 
uchun mashqlardan tashkil topgan.
BUNI BILASIZMI?
MOOC platformalarining qanday turlari bor?
Nima uchun topshiriqqa asoslangan MOOClar deb 
nomlangan?
TAYANCH 
TUSHUNCHALAR
Aralash ta’lim 
— 
o‘qituvchi bilan yuzma-
yuz olib boriladigan 
an’anaviy ta’lim va 
onlayn ta’limning 
birlashtirilgan shakli.
Subtitr 

videorolikning asl tili 
yoki tarjimasidagi 
umumiy mazmunni 
ifodalovchi matn. 
U videokadr usti yoki 
tagida bir vaqtda 
namoyon bo‘ladi. 
MOOC platformalarida ta’lim olish usullarining quyidagi turlari mavjud:
• kurslarda o‘qish va sertifikat olish – bepul;
• kurslarda o‘qish – bepul, sertifikat olish – pullik;
• kurslarda o‘qish va sertifikat olish – pullik. 


82

Yüklə 123,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   77




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin