A. B. Radjiyev Abdulla Avloniy nomidagi Xalq ta’limi tizimi rahbar va mutaxassis


VI BOB. WEB-FREELANCE — INTERNET ORQALI DAROMAD OLISH



Yüklə 123,47 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə67/77
tarix16.12.2023
ölçüsü123,47 Kb.
#181746
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   77
8-informatika

VI BOB.
WEB-FREELANCE — INTERNET ORQALI DAROMAD OLISH
33
-dars
. WEB-FREELANCE SAYTLARI BILAN 
TANISHISH
So‘nggi paytlarda odamlarning ko‘pchiligida erkin faoliyat yuritish, ish joyiga muqim bog‘lanib 
qolmaslik, qo‘shimcha daromad topish kabi istaklar paydo bo‘la boshladi. Erkin faoliyat yuritish — bu 
imkon qadar o‘ziga mos grafikni o‘zi tuzishi va o‘ziga yoqqan sharoitlarda ishlash demakdir. 
Oqibatda, bugungi kunda rivojlangan mamlakatlarda freelancerlik ommalashib bormoqda.
Freelancerlik — iste’dod yoki sevimli mashg‘ulotni pulga aylantirishning eng yaxshi usullaridan 
biri. Har bir shaxs o‘zi yoqtirgan va o‘ziga ma’qul kelgan loyihalar ustida ishlashi mumkin. 
Freelancerlik sohasi shu qadar keng qamrovliki, har qanday inson o‘z qobiliyatini ishga solgan 
holda internet orqali daromad topishi mumkin. Masalan, siz fotoapparatda suratga olishning 
ustasimisiz? Marhamat, suratga olish xizmatini taklif etib, freelancerlik bilan shug‘ullaning! 
Har bir insonda yashirinib yotgan qobiliyat yoki imkoniyat xuddi shunday tarzda internet orqali 
daromad keltirishi mumkin!
BUNI BILASIZMI?
Freelance saytlari qanday imkoniyatlarni taqdim etadi?
Freelance saytlari tekinmi yoki pullik? 
CMS platformalarida yaratilgan qanday saytlarni bilasiz?
DIQQAT
Freelance web-saytlar — ish qidirayotganlar va ish 
beruvchilar o‘z takliflarini joylashtiradigan platformalar. 
Ushbu web-saytlardan foydalanish mustaqil karyera 
yaratish uchun mustahkam poydevor qo‘yish, birinchi 
mijozni topish va ish beruvchilar ishonchiga kirishga 
yordam beradi. Shuningdek, freelancer har xil ish 
beruvchilardan turli loyihalarni olib, o‘z mahoratini doimiy 
ravishda oshirib borishi mumkin. Natijada, portfolio boyiydi 
va ish bo‘yicha tushgan takliflar ko‘payadi.
TAYANCH 
TUSHUNCHALAR
PR
(
ingl. 
public 
relations — 
jamoatchilik bilan 
aloqalar) — tashkilot 
va jamoatchilik 
o‘rtasidagi axborot 
oqimini boshqarish. 
PRning maqsadi 
potensial iste’molchi 
va boshqa manfaatdor 
tomonlarda 
tashkilotning ijobiy 
imijini yaratishdan 
iborat.


99

Yüklə 123,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   77




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin